YAngi materialni mustahkamlash
. Tyekshirishning bu usulidan o’qituvchi oldida
o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini, birinchi navbatda nazariy bilimlarini tyekshirish zarur
bo’lib qolganda foydalaniladi. SHu maqsadda o’qituvchi yangi mavzuni mustaxkamlashga oid
savollar qo’yadi, bu savollarda asosan yangi bayon qilingan mavzuning mazmuni qamrab
olinadi. YAngi o’quv materialini mustahkamlashni o’qituvchi boshqacha ham tashkil etishi
mumkin. Masalan, agar o’quv materiali o’quvchilarning tushunishi uchun nazariy jihatdan
qiyinlik qilsa, unda bayon qilinayotgan mavzuni qismlarga, mantiqan tugal bo’laklarga bo’lish
maqsadga muvofiq bo’lib, ana shu har bir qism o’quvchilar tomonidan mustaxkamlanishi kerak.
O’quv materialini mustahkamlash vaqtida o’qituvchi jurnalga fakat yaxshi javoblar uchun
baho qo’yishi mumkin va bu baho o’quvchiga nima uchun qo’yilganligini aytib o’tish kerak.
Bunday holda qoniqarsiz baho qo’ymaslik zarur, chunki har bir o’quvchi ham darsda yangi
materialni to’liq o’zlashtirishga qodir bo’lavyermaydi.
Uyga berilgan topshirikni bajarilganini tyekshirish. O’quvchilar bilimi va ko’nikmalari
darajasini tyekshirishning bu usuli butun tyekshirish sistemasida asosiy usullardan biri
hisoblanadi.
Psixologlarning tasdiqlashicha, o’quv materialini kitob bo’yicha yoki o’qituvchining
so’zlaridan eslab qolish yo’li bilan bir marta ishlab chiqqanda, hatto kuchli o’quvchilar ham
uning taxminan 70-75 foizinigina yaxshi o’zlatirishga muvaffaq bo’ladi. Dyemak, uyga berilgan
topshiriklarni tyekshirish nazoratning boshqa usullari bilan bir qatorda, o’quv materialini
o’zlashtirish sifatini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Uyga berilgan vazifalarni tyekshirish vaqtida tyekshirishning bir usuliga ko’proq e’tibor
qaratish va bunda boshqa usullarni inkor etish yaxshi natija byermaydi. Kyeyingi vaqtlargacha
o’qituvchilar uyga berilgan topshiriklarni darsning boshlanishidan oldin so’rash tarafdori edilar.
Buning natijasida yangi materialni o’tish uchun vaqt yetishmas, yangi mavzu shoshma-
shosharlik bilan tushuntirilar, bu esa o’quvchilarning uyga berilgan navbatdagi vazifalarga
tayyorgarlik ko’rishida qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirar edi. Lyekin bundan uyga berilgan
vazifalarni tyekshirishning ushbu usulidan foydalanmaslik kerak degan xulosa chiqarmaslik
lozim. Aksincha, agar yangi o’rganilgan mavzu o’tilgan mavzu bilan mustahkam bog’liq bo’lsa
bu usulning ahamiyati kattadir.
O’quv materialining haraktyeriga, dars tipiga, uning maqsad hamda vazifalariga to’la-
to’kis muvofiq kyeladigan tyekshirish uslubi to’g’ri tanlangan uslub hisoblanadi.
Uyga berilgan vazifalarni tyekshirish yangi mavzuni o’rganish yoki darsda ilgari
tayyorlangan vazifalarga o’xshash mashqlarini bajarish bilan qo’shib olib borish, nazoratning
texnika vositalaridan foydalanish va bu vositalar tyekshirishning boshqa usullari bilan qo’shib
olib borilishi o’zining ijobiy samarasini byeradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |