M U N D A R I J A
KIRISH
1."O’quvchilarni tarbiyalashda oila, maxalla, maktab xamkorligi" Konsepsiyasini o’rganish
2.O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari
3.O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda oila, mahalla, maktab hamkorligi jarayonida mahallaning vazifalari
4. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar mazmuni
UMUMIY XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Muammoning dolzarbligi. Mustaqil Respublikamiz kelajagi, istiqboli, xalqimizning farovon turmushi, tinch-totuvligi, boshqa xalqlar bilan tengligi fan, texnika va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqdir. Fan va madaniyatning rivojlanishi o’z navbatida ta’lim-tarbiya ishini qanday yo’lga qo’yilganligiga bog’liq bo’lganligi sababli u, respublikamizda davlat miqyosidagi ustivor soxa deb e’tirof etilgan. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, yuqorida keltirilgan vazifalarning samarali amalga oshishida “Oila, mahalla va maktab hamkorligi”ning o’rni beqiyosdir. Ana shu masalani yaxshi anglagan yurtimiz rahbariyati, xususan, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993 yilda "O’quvchilarni tarbiyalashda oila,maxalla, maktab xamkorligi" Konsepsiyasi1 ishlab chiqilib hayotga tadbiq etildi. Shundan so’ng Konsepsiyada keltirilgan tadbirlar yuzasidan qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlakatimizda har yilning o’ziga xos nom bilan atalishi hamda ana shu yillarda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan qator tadbir va ishlarning amalga oshirilib borilayotganligi, bu hamkorlikni shakllantirishga katta e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev “Yuksak bilimli va intellektual rivjlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti”2 mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida so‘zlagan nutqida hozirgi kunda dunyodagi deyarli mutlaq ko‘pchilik davlatlar 2017-yilda boshlangan, global miqyosdagi yangi retsessiya to‘lqinlarini keltirib chiqarish xavfini tug‘dirayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri ostida qolib kelayotgan bir paytda yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti ekanligini alohida ta’kidlab o‘tib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tadilar: Bugungi kunda umumiy e’tirofga ko‘ra, XXI asr globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet asri, jahon maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga hojat yo‘q, albatta.
Bunday sharoitda inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan investitsiya va qo‘yilmalarning o‘sishini, hozirgi zamonda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilash borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini doimo o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yadigan davlatgina o‘zini namoyon eta olish mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchilarni hayotga, mehnatga va ma’lum turdagi kasblarga tayyorlashda mehnat va kasb ta’limi uzviyligi muhim ahamiyat kasb etadi. Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni yuqori 8-9-sinflarda “Kasb tanlash”, “Ishlab chiqarish asoslari” o‘quv kurslarini hamda ommaviy va an’anaviy kasb yo‘nalishlari bo‘yicha mehnat ta’limini amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘rgatish. O‘rta maxsus hunar o‘quv yurtlarida ma’lum kasblarni asoslarini egallagan bitiruvchilarga tegishli hujjatlar va attestatsiya mazmunini yoritish lozim bo‘ladi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi3dagi qonunda yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlash ongli ravishda mehnat va kasb mahoratini egallashda ta’lim va tarbiya tamoyillariga amal qilishga o‘quvchilarda ijtimoiy foydali mehnatga munosabat va urf-odatni tarbiyalash o‘quvchilarning g‘oyaviy bilimlarini kengaytirish O‘zbekistonning buyuk maqsad yo‘lida faol kurashchilarni shakllantirish, yo‘naltirishdir. Kasbga yo‘naltirish o‘quvchilarning mustaqil kasb tanlashga ilmiy va amaliy jixatlardan tayorlash tizimidir. Bu jarayonida shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini ham davlat manfaatlari uchun mehnat qilish va taqsimlash zaruriyatini ham hisobga olish kerak. Bu joyda umumiy foydali jamiyat manfaati uchun har qanday ishga tayyorgarlik qobiliyatlarini, intilishini talab etiladi. Kasbga yo‘naltirishning maqsadi yosh avlodni ongli kasb tanlashga tayyorlashdir. Avvalo o‘quvchilarni xulq-atvor va fazilatini ijtimoiy ahamiyatiga molik ichki ruhiy rezul’tatlarini shaklantirish lozim bo‘ladi.
Ta’lim sohasidagi izchil islohotlar har bir o‘quvchi shaxsiga alohida yondashuvni talab etadi. Bolalarning qobiliyati, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, ularning o‘zi qiziqqan sohalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida psixolog xizmati joriy etilgan. Bu o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi, ma’naviy, intellektual rivojlanishi, qobiliyatini namoyon etishida muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda bolalarning kasb-hunarga oid qiziqish va imkoniyatlarini aniqlash, o‘quvchi – o‘qituvchi – ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri shakllantirishda, maktab yoshidagi har bir bolaning ruhiyatini tahlil etish, ularning ko‘ngliga yo‘l topa olishda maktab psixologining xizmati katta bo‘lmoqda.
Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi davrda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini yanada takomillashtirish, umumta’lim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘qitishda pedagogik-psixologik jihatlar, psixologik xizmatni tashkil etishning samarali usullarini joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |