bog’lab, haqiqat, ozodlik, to’g’rilik, odamiylik, oliyjanoblik g’oyalarini targ’ib
etadi. Shuning uchun ular bolani o’ziga ko’proq jalb etadi. Ertaklar ham didaktik,
10
“Bulbuligo’yo”, “Ur to’qmoq”, “Uch og’a-ini botirlar”, “Bo’ri bilan qo’zichoq”,
“Baxtli kal” singari ertaklar shular jumlasidandir. Ertaklarning hayvonlar, qushlar
haqidagi turlari, mitti polvonlar (“No’xatvoy”, “Quloqvoy”, “Handalak polvon”,
“Yapaloqpolvon”) haqidagi turlari, bir yoki ikki epizodli satirik ifoda vositasida
salbiy tarbiyaviy sifatlarni tanqid, masxara qiluvchi etnopedagogika turidir.
o’zbeklarda latif qaytarish, so’zga chechanlik musobaqasi shaklida o’tkaziladi.
Ma’naviy –axloqiy tarbiya masalalari ifodalangan ertaklardan namunalar
keltiramiz:
Shirin uyqu (ertak)
Bir donishmandning uchta o’g’li bo’lib, ota o’limi oldidan o’g’illarini o’z
oldiga chaqirib shunday vasiyat qilibdi: “Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin
qilib yeng”. Ikki aka ota vasiyatiga amal qilib, ko’rpachalarni qavat-qavat qilib
to’shabdilar. Har xil ovqatlarni qildirib, ustma-ust yeb yota beribdilar. Mehnat
bilan shug’ullanmabdilar. Yegan ovqatlari singmabdi. Ko’zlariga uyqu kelmabdi.
Borgan sari mol-dunyolari kamayib qashshoqlashib keta beribdilar. Uchinchi o’g’il
esa ertadan kechgacha mehnat qilar ekan. Borgan sayi davlati ko’payib, uyqusi
shirin bo’lib, ovqati mazali bo’lib boribdi. Demak, ertakdan shunday xulosa
chiqadi, barcha rohatlarning otasi –mehnatdir. Aka-ukalar buni hammalari har xil
tushunibdilar. Ota nasihatini to’g’ri tushungan kenja o’g’il o’z murod-
maqsadiga yetibdi.
“Qumursqa” ertagida dunyodagi eng zo’r mavjudot mehnatkash inson
ekanligi maktab yoshidagi bolalar ruhiyatiga mos holda bayon etiladi.
Muz, bulut, kun, yomg’ir, yer, ot, mol, bo’ri, sichqoncha, mergandan “kim
zo’r?” deb so’raganda, biri ikkinchisini ko’rsataveradi. Oxirida qumursqa:
“otangning olti yuz botmon oshirib yeganman; pochchangning yuz botmon
buydoyini yeti tog’dan oshirib yeganman. Men zo’rman, men zo’r deydi.” Bu
yerda qumursqalarning mehnatsevar qilib ko’rsatilishi, xalq og’zaki poetik ijodida
xos mubolag’a va xayoliy lavhalarda bolalarga qiziqarli bayon qilingan. Bunday
usul bolalarning asar mazmuni va g’oyasini osonlik bilan o’zlashtirib olishga
yaqindan yordam beradi.
11
O’zbek xalq ijodida mehnat va mehnat ahlini hamisha ulug’lab, unga mehr-
muhabbat bilan qarashga, do’stlikni qadrlashga chaqirib kelgan. “Qumursqa”
ertagida ham shu g’oya ertakka xos uslubda, ajoyib o’xshatishlarda kulguga boy
quyidagicha suhbatda bayon etilgan:
- Qorning nima uchun katta?
- Jigarim zo’r, -dedi qumursqa.
- Beling nima uchun ingichka?
- Mehnatim zo’r!
- Kallang nima uchun katta?
- Davlatim zo’r! Mehnatim zo’r, savlatim zo’r, men zo’r, men zo’r,- javob
beradi qumursqa.
Do'stlaringiz bilan baham: