TARBIYALASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN
FOYDALANISHNING MAZMUNI, SHAKL, METOD VA VOSITALARI
2.1. O„quvchilarni ma‟naviy shakllantirishda ommaviy axborot vositalardan foydalanish
O„zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov Respublika Oliy Majlisi har ikki palatasining 2005 yil 28 yanvarida bo„lib o„tgan qo„shma yig„ilishidagi o„z nutqida shunday degan edi: «Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo„layotgan voqealar to„g„risida xolis va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat organlari va boshqaruv tuzilmalari faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlarni, islohotlar va yangilanishlar yo„lidan ilgari borishimizga to„siq bo„lib turgan nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muammolar xususida oshkora, professional tahliliy materiallarni kutadi»12.
Umuman olganda, OAV dan milliy qadriyatlar, diniy qarashlarning ijtimoiy hayotga qay tarzda kirib kelayotganligini anglab etish kerak. Barcha sohalarda axborot xurujlarni oldini olish, turli tarzdagi axborot zararlaridan saqlanish muhitini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Bugun ta‟lim muassasalarida ta‟lim olayotgan, lekin ming afsuski, o„z mustaqil fikriga ega bo„lmaganlar bilan ishlashda qo„yidagilarga e‟tiborni qaratish darkor:
Birinchidan, xulq-atvordagi xatoliklar eng avvalo fikrlash tarzidagi xatoliklarning oqibati bo„lgani uchun o„quvchilarning negativ fikrlash tarzining sxemasini o„zgartirish lozim.
Ikkinchidan, fikrlash tarziga ta‟sir ko„rsatish uchun pedagoglar o„zlarining tushuntirish uslublarini, tarbiya metodlarini o„zgartirishlari lozim. YA‟ni,
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз-жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. Тошкент, «Ўзбекистон», 2005. 52 -бет.
ilgari, yuqori tonlarda, direktiv ohangda, «katta roli»da o„quvchi bilan muloqot qilgan pedagog, endi kerak bo„lsa, «tengma-teng», demokratik ohangda, bosqichma-bosqich xatta-xarakatlarni birgalikda tahlil etishga o„tishlari lozim.
Uchinchidan, o„quvchining o„z-o„zini idroq qilishini, o„ziga bo„lgan bahosini o„zgartirish, ya‟ni, talabani ijobiy ishlarga yo„naltirish orqali o„ziga bo„lgan bahosini o„zgartirishga erishish kerak.
Nihoyat, shunday vaziyat yaratish lozimki, o„quvchi ijobiy tajriba orttirsin,ya‟ni, o„zigi, oilasi yoki sinfdosh do„stlariga, maktabiga manfaatli ish qilib, olqish olsin, ya‟ni, ularni jamoat ishlariga keng jalb etish amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim. Demak, ta‟lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratishi lozim, aks holda uning ongi tayyor shablonlar, stereotiplarga shu qadar o„rganadiki, ular oxir-oqibat har qanday bit‟at yoki yot g„oyalarga ergashib ketaveragan bo„lib qoladi. YA‟ni, darsni tashkil etishning no‟ananaviy usullariga keng yo„l ochish, darslarda o„quvchilar bilan interaktiv muloqotni tashkil etish, ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashiga yordam beradi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uning maqsadi «…ta‟lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik darajasida, yuksak ma‟naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir»13, -deb alohida ta‟kidlangan.
Prezident I.A.Karimov yosh avlodda yuksak ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish uchun ular orasida ma‟naviy-ma‟rifiy targ„ibot-tashviqotining samarasini oshirish zarurligini ta‟kidlab, «YUksak ma‟naviyat-engilmas kuch» nomli asarida shunday yozadi: «Ma‟naviyat haqida harqancha da‟vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatlarimizni har tomonlama puxta o„ylangan, tizimli ravishda tashkil etmasak tabiiyki, biz ko„zlagan maqsadga erisholmaymiz, ya‟ni inson qalbiga yo„l topaolmaymiz.
13 Ўзбекистон Республикасининг «Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури» //Баркамол авлод- Ўзбекистон тарақиѐтининг подевори. -Т.:-Шарқ. 1997.-39-б.
Shuning uchun ham biz bugungi kunda ta‟lim-tarbiya sohasidan boshlab matbuot, televidenie, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san‟atiga, bir so„z bilan aytganda insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta‟sir etkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma‟naviy extiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur»14.
«Milliy istiqlol g„oyasi: asosiy tushuncha va tamoillar» risolasida milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning «ta‟lim va tarbiya, fan va ilmiy muassasalar; madaniyat va ma‟naviyat muassasalari; adabiyot va san‟at; din; jismoniy tarbiya va sport; urf-odat, marosim va bayramlar; oila, mahalla va mehnat jamoalari; siyosiy partiyalar; nodavlat tashkilotlar; ommaviy axborot vositalari» kabi 13 vositasi ko„rsatilgan15.
Shu munosabat bilan ushbu tizimning har bir komponentini hamda ularning o„zaro aloqadorlik (integratsiyasi)dagi faoliyatini talabalarning ma‟naviy щakllantirishdagi samarasini o„rganish muhim vazifa hisoblanadi.
Ma‟naviyat, milliy g„oya, mafkura va milliy qadriyatlarga bag„ishlangan anjumanlar va adabiyotlarda bo„lajak o„qituvchilarni milliy istiqlol g„oyasi asosida ma‟naviy shakllantirish bo„yicha yuqorida ko„rsatilgan vositalar orasidan eng asosiy, qudratli va ta‟sirchan, ijtimoiy fikrni o„zgartiradigan vosita sifatida ommaviy axborot vositalari (OAV) nisbatan ko„proq o„rganilgan. Jumladan, keyingi yillarda talaba-yoshlarni ma‟naviy, mafkuraviy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining rolini yoritishga bag„ishlangan izlanishlarga e‟tiborni kuchayganini ta‟kidlash joizdir.
Ayni paytda mamlakatimizda 870 tadan ziyod gazeta va jurnallar, 100ga yaqin davlat va nodavlat radiotelestudiyalar faoliyat ko„rsatayotganligini hisobga olganda yuqorida ko„rsatilgan tadqiqotlarning ko„lamini etarli emasligini ta‟kidlash lozim.
Каримов И. Юксак маънавият-енгилмамас куч. –Т.: Маънавият, 2008.-129-б.
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар.- Т.: Ўзбекистон, 2000.-3-б.
Mazkur tadqiqotlarda milliy istiqlol g„oyasini targ„ibot-tashviqot qilish orqali xalqimiz ongiga va qalbiga ma‟naviyatni singdirish bo„yicha asosan markaziy OAVlarining imkoniyatlari yoritilgan, xolos. Ularni ro„yobga chiqarishning shakl, metod va vositalari esa e‟tibordan chetda qolgan desak xato bo„lmaydi.
SHuningdek, markaziy gazeta va jurnallar hamda maxalliy matbuotda bosilgan islom dinining ma‟rifiy mohiyatini, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni, mustaqillik yillarida keng quloch yoygan tadbirkorlik harakatini, mamlakatimizni jaxon hamjamiyatida tobora mustahkam o„rin egallab borayotganligini targ„ibot-tashviqot qilishning birgina o„zi talabalarda mamlakatimiz kelajagi buyuk ekanligiga etarli darajada iymon keltira olmaydi, desak xato bo„lmaydi.
Har qanday g„olib mafkuralar sahnaga chiqqanida o„zining g„oyaviy ta‟sirini mustahkamlash va o„z mavqeini mustahkam tutib turish uchun emotsional – axborotli vosita (bayram, dabdabali marosim va h.k.) lardan foydalanganliklari bizga uzoq o„tmishdan ma‟lum. Jumladan, bundan uch ming yil avval yaratilgan «Avesto» muqaddas kitobining guvohlik berishicha, ajdodlarimiz badiiy bezatilgan ommaviy mafkuraviy tadbirlarni fuqorolik bag„ishlovlarning keng targ„ib qilishib, mafkuraviy tarbiyaviy tajribalarini keyingi avlodlarga meros qilib qoldirganlar. Prof. T.Mahmudov «Avesto» nomli kitobida «inson ruxini, dilini, tasavvurini ulug„lash va ko„tarish, insonning ma‟naviy tomonga parvoz etishida madadkor bo„lish «Avesto» qo„shiqlarining romantik tantanavorligida o„z ifodasini topgan», deb yozadi.
Badiiy bezatilgan emotsional obrazli ommaviy bayramlar namunasini mustaqillik yillarida qayta tiklangan va vujudga kelgan «Navro„z» va «1-sentyabr –mustaqillik kuni» bayramlari tantanalarida ko„rishimiz mumkin.
OTM o„quv-tarbiya jarayonida o„quvchilarni OAVlari yordamida ma‟naviy shakllantirish masalasi matbuotining bu sohadagi imkoniyatlarini ham o„rganish maqsadga muvofiq. CHunki, bugungi kunda YUqorida ko„rsatilgan imkoniyatlarning barchasini hisobga olgan taqdirdagina ma‟naviyat bilan bog„liq
ishlarimiz mazmuniga o„zimiz yashab turgan vaqt (davr)ning ruhi, nafasini muntazam ravishda singdirib borish mumkin.
Ta‟lim-tarbiya jarayonida o„quvchilarni OAVlari orqali ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish bo„yicha o„tkazilgan taxlillar akademik guruh rahbarlari va fanlar o„qituvchilarining bu sohada etakchi o„rin egallashlarini ta‟kidlash barobarida, ular faoliyatida uchraydigan kamchiliklarni namoyon qilishga imkon berdi:
dars va darsdan tashqari mashg„ulotlarda o„quvchilarni ma‟naviy
shakllantirish maqsadi, mazmuni, vazifalari, shakl, vosita, metodlari haqida cheklangan va ko„p hollarda mujmal tasavvurlarga ega ekanligi;
- hozirgi zamon o„quvchisining ma‟naviy qiyofasi, uning etuk ma‟naviy fazilatlari, talaba shaxsini samarali rivojlantirish uchun o„quv materialining mazmuniga ma‟naviy yo„naltirilgan ta‟lim-tarbiya elementlarini uyg„unlashtirishda etarli bilim va ko„nikmalarni etishmasligi;
- o„quvchilar shaxsini ma‟naviy shakllantirishda asrlar sinovidan o„tgan urf-odatlar, axloqiy qarashlarni ifodalovchi qonun-qoidalar, pand-nasihatlar, hadislardan va h.k. foydalanib suhbat, bahs-munozara o„tkazish texnologiyalari bo„yicha etarli tayyorgarligi yo„qligi;
tarbiyaviy va ma‟naviyat soatlarida asossiz ravishda o„tmish ajdodlari merosi, odob-axloqni talabalar orasida bir tomonlama tashviqot-targ„iboti bilan cheklanib, mustaqillik yillarida xalqimizning yaratuvchilik ishlari, zamonamiz qahramonlari, «elim deb, yurtim deb» mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar, davra suhbatlarini o„tkazishni asossiz ravishda diqqat-
e‟tibordan chetda qoldirayotganligi;
tarbiyaviy va ma‟naviyat soatlarida dunyo xalqlarining taraqqiyot darajasini, yuksalishini tan olishga, ularning turmush tarzidagi ijobiy jihatlarini
o„zlashtirishga talabalarni odatlantirish, akademik guruh talabalarida bag„rikenglik, tolerantlikni tarbiyalash bilan bog„liq vazifalarni bajarishga ojizligi;
o„z ona tilini, betakror boy madaniyatini yaxshi bilmagan o„quvchilar o„zbek xalqining kiyinish madaniyati, qadriyatlari, turmush tarziga bepisandlik
bilan mensimasdan qarash, ularda o„zgalar tilini yaxshi bilish, millat ruhiyatiga yaqinlik, shu millat ruhiyati, madaniyatiga intilish barobarida o„zi mansub bo„lgan millat ruhiyatidan uzoqlashishni paydo bo„layotganligini hisobga olib ular bilan individual ishlash yo„l-yo„riqlari to„g„risida juda sayoz tasavvurga ega ekanligi;
- dars va darsdan tashqari mashg„ulotlarda barcha o„quvchilarni barobar ma‟naviy shakllantirib bo„lmasligini hisobga olib, ularni dunyoqarashi, ruhiyatiga, xulq-atvoridagi o„ziga xos jihatlarini muntazam ravishda namoyon qilib borish bo„yicha tasavvur va tushunchalarining juda sayozligi;
- xulq-atvori, dunyoqarashida salbiy jihatlar, chekinishlar sodir qilgan o„quvchilar balan ishlash uchun individual, tabaqalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishga umuman tayyor emasliklari;
-guruh o„quvchisiga ma‟lum qobiliyat, ba‟zan esa tug„ma qobiliyat va iste‟dod ato etilishini, uni avvalo o„zi uchun, oilasi, millati va xalqi, davlatining farovonligi, baxt-saodati uchun to„liq baxshida etsagina bunday jamiyat naqadar kuchli taraqqiyotga erishishi uning kasbiy burchi ekanligi haqida tasavvurga ham ega emasliklari; va h.k.
SHu munosabat bilan dars va darsdan tashqari mashg„ulot va tadbirlarda OAVlari orqali o„quvchilar ma‟naviyatini shakllantirish samaradorligini oshirish maqsadida akademik guruh murabbiy va fan o„qituvchilariga quyidagilar:
Milliy ma‟naviyatimizga doir materiallarni izlab topish, qayta ishlash, umumkasbiy va mutaxassislik fanlari o„quv dasturlari mazmuniga singdirish yo„l-
yo„riqlari;
Tarbiyaviy va ma‟naviyat soatlari va fanlar mavzulari bo„yicha mashg„ulotlarda foydalanish uchun istiqlol yillarida respublikamizning xalq
xo„jaligini barcha sohalarida erishgan yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish uchun tayyorlangan jadval, diagramma, magnit va tasviriy vositalarning namunalari;
Fan dasturi va darsliklariga kiritilmagan yoki etarli darajada yoritilmagan masalalar bo„yicha vaqtli matbuotda bosilgan materiallar asosida baxs-munozara, tadqiqot olib borishga sabab bo„ladigan muammolarni shakllantirish; va h.k.lar
bo„yicha tavsiyalar berildi.
o„quvchilarni ma‟naviy shakllantirishning eng qulay, oson va ta‟sirchan samarali usul va vositalarini izlab topish va qo„llash bo„yicha olib borgan izlanishlarimiz televidenieda berilayotgan umummilliy mazmunga ega bo„lgan ko„rsatuvlarni, Prezidentimiz I,A Karimovning ma‟ruza nutqlarini, bayram shodiyonalarini video va kompakt diskka yozib olib, barcha rusumlardagi televizor va kamp‟yuterlarda namoyish qilishning ustunligini ko„rsatdi. CHunki, kamp‟yuter namoyishi markazlashgan tarmoq orqali amalga oshirilsa, uni bir vaqtni o„zida, jihozlangan ma‟naviyat va ma‟rifat xonalarida o„quvchining katta qismiga ko„rsatish orqali ular qalbiga bemisl faxr-iftixor, g„urur bag„ishlashiga erishish mumkin.
O„quvchilar his-tuyg„usiga, ongiga, duyoqarashiga va faolligiga, xulq-odobiga badiiy-musiqiy ta‟sir etishning ushbu samarali vositasi, shubhasiz ularda shakllangan ma‟naviy ehtiyojni yanada rivojlantiradi. SHu boisdan akademik guruh kuratorlari, ma‟naviyat va ma‟rifat bilan shug„ullanuvchi mutasaddi xodimlarga teleko„rsatuvlarni tomosha qilishni tashkil etish,
Ushbu bo„limlarda so„z, rangli tasvir, musiqaning yoqimli sadosi orqali ekranda namoyish qilinayotgan mamlakatimizning istiqlol yillarida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma‟naviy, xarbiy va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini ifodalovchi boy materiallarni talabalar tomonidan anglab olinishi, tushunishi va o„zlashtirilishining samaradorligini oshirish maqsadida har bir bo„lim uchun test topshiriqlari ishlab chiqildi. Boshqacha aytganda, mustaqilligimizning 24 yilligiga bag„ishdangan bayram tantanalari dasturiga taqdim etilgan 12 bo„limning har biri zamirida mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy va ma‟naviy hayotida erishgan yutuqlari yotganligini talabalar tomonidan qalban idrok etilishini ko„zda tutadi.
Ushbu maqsadda SamDU professori N.SHodiev tomonidan ishlab chiqilgan «Eng ulug„ va eng aziz bayramimiz» nomli muloqotli dasturdan foydalanildi. Endi muloqotli dasturning ishlash ketma-ketligini yoritamiz. Komp‟yuter xotirasidan «Eng ulug„ va eng aziz bayramimiz» nomli dastur chiqarilib olinadi.
54
Dasturni ishga tushurish uchun index.exe fayliga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosamiz. Natijada quyidagi asosiy dastur oynasida 12 ta vazifali tugmalar namoyon bo„ladi. Bular quyidagilardir:
Prezident I.K.Karimovning bayram tabrigi.
O„zbekiston Respublikasi madhiyasi.
O„zbegim elim.
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish.
Jannatmakon yurtimiz san‟ati.
Sen o„zbek bolasisan.
YOsh avold buyuk kelajagimiz bunyodkorlari.
O„zbegim qizlari.
Surnay lazgisi.
Vatanni hech kamga bermaymiz.
O„zbekiston – dunyoga bag„rini ochgan diyor.
Bundan tashqari dasturga fotogalereya, test savolari uchun adabiyotlar,
muloqotli dastur mualliflari, «chiqish» tugmalari kiritilgan.
Ularning har birini bosganimizda ular o„z ish faoliyatini namoyish etadi. Bu erdan kerakli bo„lgan 1-bo„lim tugmasi, ya‟ni «Prizident I.A.Karimovning bayram tabrigi»ni tanlaymiz. Bunda Prezidentimiz I.A.Karimovning mustaqilligimizning 24 yilligiga bag„ishlangan bayram tabrigi ko„z oldimiщda gavdalanadi. 24 yil Vatanimiz tarixida istiqlolimizning mustahkamlangani bilan ahamiyatlidir. Mustaqilligimiz xalqimizning asliy orzusi, ko„p yillik kurashlar natijasida qo„lga kiritilgan buyuk tarixiy yutug„idir. SHu munosabat bilan davlatimiz rahbari mastaqilligimizning o„n besh yilligi bilan butun xalqimizni muborakbod etadi. Agar 9-bo„lim tugmasini tanlasak, bunda «YUrt va Vatan obodligini madh etuvchi kuy-qo„shiqlar» namoyish etiladi. Masalan, YUrt va Vatan obodligini madh etuvchi kuy-qo„shiqlar yosh xonadonlarni elu yurtimizni ulug„ bayrami bilan jo„shib-toshib muborakbod etib sahnaga kirib kelishini tomosha qilish paytida ularning qalblardan chiqqan so„z, navo talabalar qalbiga etib borishiga erishiladi. Talabalar mustaqillik yillarida yurtimizda san‟atni rivojiga, betakror san‟at
koshonalari, muxtasham ta‟lim dargohlarini qurilishiga alohida e‟tiborni kuchaytirilganligini yosh iste‟dodlar uchun «Nihol» mukofoti ta‟sis etilganligi va h.k. tufayli o„zbekning musiqa san‟ati dunyo sahnalari uzra baralla yangrayotganligini, nodir ovoz sohiblari xalqaro ko„rik-tanlovlarda g„oliblikni qo„lga kiritilayotganligining zamirida davlatimiz tomonidan ijodkorlikning har tomonlama qo„llab-quvvatlanishini, rag„batlantirilishini, yosh iste‟dodlarning kashf etilishini guvohi bo„ladilar.
Yuqorida ko„rsatilgan bo„limlar bo„yicha test savollarini bajarmoqchi bo„lsak aktivlashgan tugma pastidagi «Test» tugmasini bosamiz. Natijada yangi ekranda alohida test dasturi ishga tushadi. Har bir bo„lim uchun uning mavzusiga mos ravishda tayyorlangan alohida test savollari bilan ishlash imkoniyati yaratilgan.
Ayrim hollarda test dasturini ishga tushurish qiyinlashishi mumkin. U holda bir oz kutib turishga to„g„ri keladi. Natijada test oynasi hosil bo„ladi. bu erda to„g„ri javobni tanlash uchun sichqonchani olib borib test savolining javoblaridan biriga bosamiz. Agar siz noto„g„ri javobni tanlab qo„ygan bo„lsangiz javobni almashtirish imkoniyati mavjud. Talabalar test savollariga qoniqarsiz javob bersalar unda asosiy dasturda ko„rsatilgan «Adabiyotlar»tugmasidan foydalanib, u erda mavjud bo„lgan adabiyotlar ro„yxatidan foydalanib, savollarga to„g„ri javoblarni topishlari mumkin bo„ladi. SHu tariqa savollarni belgilash davom etadi. Varaqning oxirida «Natija» tugmasi mavjud bo„lib, ushbu tugmaga sichqonchani chap tugmasini bosganimizda testning natijasi hosil bo„ladi.
Yuqoridagi ta‟kidlanganidek dasturda fotogalereyalar o„z aksini topgan. Fotogalereyalarda O„zbekistonning mustaqillik yillarida fan, madaniyat, sport, san‟at va harbiy va hokazo sohalarda erishgan yutuqlari, turli suratlar galereyasida mujassam ettirilgan. Bu fotogalereyalar o„quvchilar qalbida milliy g„ururni jo„sh urishiga xizmat qiladi.
Shu tariqa dasturdan foydalanish mumkin bo„ladi. Agar biz dasturdan chiqmoqchi bo„lsak, dasturda joylashgan «chiqish» tugmasini bosamiz.
56
Mustaqiligimizning 24 yilligiga bag„ishlangan tantanali bayram tomoshalarini har tomonlama sinchkovik bilan o„rganish shundan dalolat berdiki, unda ijro etilgan kuy va qo„shiqlar vositasida o„quvchini ma‟naviy shakllantirish bo„yicha ishlarni – o„z ona-Vatani va xalqiga bo„lgan muhabbat tuyg„usi; ularning mehnatga, mehnat qo„shiqlariga hurmatini va ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma‟naviy ne‟matlarga ijobiy munosabatini shakllantirish; o„quvchining insonlarga, ularni qarindoshlik, do„stlik, birodarlik kabi rishtalar bilan o„rab turgan kishilarga munosabati; har bir o„quvchining individ, shaxs sifatida o„z-o„ziga bo„lgan munosabati kabi yo„nalishlarda amalga oshirish mumkin.
Yuqoridagi bayon qilinganlarga asoslanib, istiqlolimizning har bir yilida bosib o„tgan yo„limizni, xalqimizning o„zligini anglash, urf-odat, an‟analarni qayta tiklash, mustahkamlash, iqtisodiy mustaqillik tomon qo„ygan misli ko„rilmagan odimlarimizni badiiy-musiqiy tarzida nishonlash, shubhasiz O„zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha elat va millat talabalrida g„ururlanish, faxr va iftixor tuyg„usini uyg„otadi, deb ayta olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |