4-Mavzu: “O‘ziga bo‘lgan hurmat” (Soft skills)
Mashg‘ulot maqsadi:
O‘quvchilar o‘ziga bo‘lgan hurmat haqida bilib oladilar
Mashg‘ulotlar uchun zaruriy jihozlar:
•Qalam,marker, bo‘r bilan oq doska, flipchart yoki doska
•O‘qituvchi 2 ta vizual material tayyorlashi zarur (ushbu dars rejasiga binoan)
•O‘quvchilar o‘z ish daftarlarini ushbu mashg‘ulotga olib kelishlari kerak
Talabalarni qutlang va bugungi mavzu “O‘ziga bo‘lgan hurmat” bo‘lishi haqida eslatib o‘ting
Guruhning asosiy qoidalarini ko‘rib chiqing (qoidalar aniq yozilgan plakatlarga ishora qiling):
•Hurmatga asoslangan muloqot va munosabatdan foydalaning
•Guruhda barchaning ishtiroki muhimdir
•Bir-biringizni tinglang
•Boshqalarga ham fikr bildirish uchun teng imkoniyat bering
•Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang
•Mashg‘ulot vaqtida oshkor qilingan har qanday shaxsiy ma’lumotlar qat’iy sir saqlanadi
•Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik ta’qiqlanadi
Mashg‘ulotlar vaqtida savollar qabul qilinadi, ammo kimdir o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan va ko‘p vaqt talab qiladigan savollar berib muhokamalarni mavzudan chetga burgan holda, guruhni mashg‘ulot mavzusiga qaytaring.
Mashg‘ulotning borishi:
1-mashq. O‘ziga bo‘lgan hurmat nima?
O‘tgan hafta davomida biz ko‘rib chiqqan mavzu, bu bizning o‘ylarimiz his-tuyg‘ularimizni ,hissiyotlarimizni qanday o‘zgartirishi va bu keyinchalik xulq-atvorga ta’sir qilishi haqida bo‘ldi. Bizning o‘ylarimiz - asosdir. Nima uchun ba’zi odamlar optimist, boshqalari esa pessimist bo‘ladilar deb o‘ylaysiz?
•O‘quvchilarning javoblarini tinglang va tegishli kalit so‘zlarni doskaga , flipchartga yozing
•Agar bu haqda aytilmagan bo‘lsa, so‘rang
Buning bir sababi, kimdir o‘zini o‘zi qadrlashi bilan bog‘liq. O‘zini qadrlash haqida birontangiz eshitganmisiz? Eshitgan bo‘lsangiz, buni qanday izohlaysiz?
•O‘quvchilarning javoblarini tinglang va tegishli kalit so‘zlarni doskaga yoki flipchartga yozing.
O‘zingizni qadrlasangiz, siz barcha odamlarning tug‘ma qiymatini, shu jumladan o‘zingizning qiymatingizni ham tan olasiz. Sizda kamchiliklar bo‘lishi mumkin, ammo bu siz o‘zingizni kamroq sevishingiz va qadrlamasligingiz kerakligini anglatmaydi. Odamlarning o‘zini qadrlashi ular o‘zlarini qanchalik qadrlashlari darajasini aks ettiradi. O‘zini o‘zi qadrlaydigan odamlar o‘zlarini ijobiy, ammo shu bilan birga real holatda ko‘radilar. O‘z-o‘zini hurmat qilish darajasi past bo‘lgan odamlar ko‘pincha o‘zlariga nisbatan haddan tashqari salbiy munosabatda bo‘ladilar. O‘zini past baholaydigan odamlar o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini adolatli baholay olmaydilar va ko‘pincha o‘zlari haqida haqiqatdan uzoq bo‘lgan salbiy taassurotlarga ega bo‘ladilar. Ular atrofdagi odamlarning kuchli va zaif tomonlari haqidagi fikrlarini kerak bo‘lgandan ko‘ra jiddiyroq qabul qiladilar. Har kimning o‘z o‘tmishi bo‘lib va har kimning o‘tmishi muhimdir. Do‘stlaringiz kim ekanligi, qaysi maktabda o‘qishingiz, qayerda ishlashingiz, oilaviy holatingiz, qancha pul topishingiz umuman ahamiyatga ega emas. Sizning hayotingiz faqat sizga tegishli. Tashqi omillardan qat’iy nazar sizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlariga loyiqsiz
Do'stlaringiz bilan baham: |