Kerakli resurslar: har bir ishtirokchi uchun 1 tadan a4 oq qog‘oz va ruchka.
Maqsad: ishtirokchilarga o‘zini anglashga yordam berish, ya’ni uning ijobiy va salbiy hislatlarini o‘zi uchun ochish hamda o‘z ustida ishlashga turtki berish.
Jarayon: lider va farosat so‘zlari ustun shaklida yoziladi hamda lider so‘zining har bir harfiga bosh harfi to‘g‘ri keluvchi o‘zidagi ijobiy sifatini va farosat so‘zining har bir harfiga bosh harfi to‘g‘ri keluvchi o‘zidagi salbiy sifatlarni yozish so‘raladi. Misol uchun: lider-layoqatli, intiluvchan…, farosat-faromush hayol, axmoq… barcha ishtirokchilar yozishni tugatgach ularga quyidagi so‘zlar eslatib o‘tiladi: “kimki o‘zidagi ma’lum hislatlarni yomonligini bilsa hamda anglasa, albatta ulardan voz kechishga, ularni cheklashga urinadi va farosatli inson bo‘lib shakllanadi. Farosatli insonlar doimo hamma tomonidan qadrlanganva muvaffaqiyatga erishganlar. Yana bir tuyg‘u bor, muvaffaqiyatli bo‘lish, odatda lider insonlar muvaffaqiyatli bo‘lishadi. Ularning muvaffaqiyati shundaki, ular o‘zidagi ijobiy sifatlarni bila olishgan va shu sifatlarni rivojlantirib ulardan maqsadli foydalana olishganlar”.
“qutqaruv xalqa estafedasi” mashqi
Maqsad: jamoaviylikni shakllantirish, jamoa bo‘lib bir maqsad yo‘lida ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish.
Kerakli resurslar: 4 yoki 6 santimetr diametrli ikkita bir xil plastmassa yoki qog‘oz xaqlqachalar va ishtirokchilar soniga mos ravishda “tish kovlagichlar” yoki sterillangan toza 5-6 santimetrdagi yog‘och cho‘plar.
Jarayon: barcha ishtirokchilarni mos ravishda ikkita guruhga birlashtirib ya’ni teng bo‘lib olish kerak. Undan so‘ng ulardan o‘z jamoalari bilan narigi jamoaga nisbatan qarama qarshi turib, bir qator saflanish so‘raladi. Jamoalar saflangach har bir ishtirokchiga bittadan “tish kovlagichlar” tarqatiladi va har bir jamoa safida turgan birinchi ishtirokchiga xalqa beriladi. Shart shuki, ular xalqani qo‘ bilan ushlamay tishi bilan tishish kovlagichlarni tishlab va xalqani unga ilgan xolda orqadagi sherigiga uzatishi kerak. Hamda orqadagi ishtirokchilar ham uni tish kovlagichni tishlab unga ilgan holada qutqaruv xalqasini qabul qilib olishlari kerak. Va saf ohirida turgan ishtirokchiga xalqa etib borgach u saf boshiga o‘tib halqani yuqoridagi usul bilan orqaga uzatishi lozim. Xalqa uzatishni birinchi boshlagan ishtirokchi o‘z navbatida saf oldiga qaytib chiqqach, o‘sha ishtirokchi jamoasi g‘olib hisoblanadi. Qo‘l bilan harakat qilish, xalqani ushlash ta’qiqlanadi. Xalqa tushib ketsa trener tomonidan xalqa qaytadan saf boshiga uzatilishi lozim.
Bu o‘yinda milliy-etnik hususiyatlarga hos jinsiy tafovutlarni hisobga olib, tish kovlagichlarni tishlab xalqani uzatish o‘rniga, shunchaki kichkina jimjiloq barmoq bilan xalqani ilib sherigiga uzatishni tashkil esa ham bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |