Natijalarni qayta ishlash va interpritatsiya. Har bir “ha” javobiga 1 balldan hisoblanadi.
0-4 ball. Siz o‘zingizni stress vaziyatlarida bosiq tutasiz va o‘z emotsiyalaringizni boshqarishni bilasiz.
5-7 ball. Siz stress vaziyatlarida o‘zingizni har doim turlicha tutasiz. Ba’zan o‘zingizni tuta bilasiz, lekin ba’zi holatlarda arzimagan narzalarni deb qizishib ketasiz va keyin bu haqda afsuslanasiz. Siz stress vaziyatlarida o‘zingizni nazorat qilishning individual usullarini ishlab chiqishingiz darkor.
8-9 ball. Siz o‘ta charchagansiz va holdan toygansiz. Siz ko‘pincha stress vaziyatlarida o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz va o‘zingizni boshqara olmaysiz. Bunday harakatlar natijasida o‘zingiz ham qiynalasiz, atrofdagilaringizni ham qiynaysiz. O‘zingizni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish xozirgi eng muhim hayotiy vazifangiz.
6. “stress o‘zi nima?” – auksion aqliy xujum maqsad. Ishtirokchilarni “stress” mavzusini muhokamasiga qiziqtirish, ularning bilimlarini aniqlash.
ishning borishi. Barcha ishtirokchilar 5 kishilik komandalarga bo‘linadilar, har bir beshlik navbati bilan maktabda pedagog stressini chaqiruvchi bittadan sabablarni ayta boshlaydilar. Sabablar qisqa, 3-4 so‘zdan ortmasligi kerak. Shuningdek, har bir aytilgan sababdan keyin trener 3 gacha sanaydi va navbati kelgan komanda 3 deyilguncha sababni aytmasa, keyingi komanda aytishi mumkin. Oxirgi bo‘lib stress sababini aytgan komanda g‘olib hisoblanadi.
muhokama. Trener ishtirokchilarni «auksion» paytida aytilmagan sabablarni yodga olishni iltimos qiladi va savol beradi: aynan shu mashq ishtirokchilarda stress vaziyatini chaqirdimi? Nima uchun?
“stress mening hayotimda” mashqi
maqsad. Ishtirokchilar uchun stressogen bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash, turli vaziyatlarning stressogenlik darajasini baholashda sub’ektivlikni anglash.
ishning borishi. Trener avvaldan stressor hisoblanadigan turli hayotiy vaziyatlar ifodalangan kartochkalar tayyorlab qo‘yadi:
Ishdan bo‘shatish.
Yaqin insoni bilan urushib qolish.
Kasallik.
Uydagi ko‘ngilsizliklar.
Avtomobilning to‘sattan buzilib qolishi.
Yo‘ldagi “probka”.
Rahbariyatdan “hayfsan”.
Kutilmagan moddiy rag‘batlantirish.
Yo‘qotish.
Farzandingiz choragida ikki.
Turmush o‘rtog‘ining hiyonati haqida habar.
Xalqaro konferensiyada chiqish.
Nohaq tanqid.
Ishdan bo‘shatilish
Ajrashish
Narhlarning oshishi
Tekshiruv
Uy ishlari
Ishga kech qolish
Farzandingiz gap qaytardi
trener kartochkalarni ishtirokchilarga tarqatadi. Ishtirokchilar kartochkalarni bir-birlariga ko‘rsatmasdan va to‘liq jimlikda bir qatorga turib oladilar. Har bir ishtirokchi o‘zining fikricha stressorning ta’sir kuchiga qarab joy egallab olishi kerak.
shunday qilib, eng kuchli stressor sherengada birinchi o‘rinni egallashi kerak. Hamma saf tortib bo‘lgach, trener fikr almashinishni taklif qiladi. So‘ngra birgalikda maslahatlashib, qaytadan saflanishni taklif qiladi.
muhokama. Agar saflanish o‘zgargan bo‘lsa, guruh ishtirokchilari stressorlar tartibining o‘zgarishining sababini muhokama qiladilar. Ya’ni nima uchun aynan bir vaziyatni ba’zi ishtirokchilar qattiq stressogenlarga taalluqli deb hisoblaydilar, boshqalar esa neytral yoki umuman stressogen bo‘lmaganlar qatoriga kiritadilar. Odatda ishtirokchilar har qanday inson stress holatlarini nafaqat o‘zining shaxsiy tajribasiga asoslanib, balki muloqot qilayotgan inson nuqtai nazaridan tushunishi kerak ekanligi haqida xulosaga keladilar.