O‘quvchilarga takror so‘zlarni o‘rgatish



Download 64.18 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi64.18 Kb.

Aim.uz

O‘quvchilarga takror so‘zlarni o‘rgatish
6-sinf Ona tili darsligida “Juft fe`llar” (61-dars takroriy fe`llar shu mavzu ichiga kiritilgan). Mavzuga 1ta topshiriq, 4ta mashq va 3ta savol ilova qilingan. “Juft va takroriy otlar imlosi” (88-dars) mavzusini o‘rganish uchun 2 ta topshiriq, 4ta mashq va 3ta savol berilgangan. “Takroriy sifatlar va ularning imlosi” (122-dars) mavzulari mavjud. Uni o‘rganish uchun esa 1 ta topshiriq, 4ta mashq va 3ta savol tavsiya qilingan. 7-sinf Ona tili darsligida “Juft va takroriy olmoshlar. Ularning imlosi (24-dars) mavzulari aks etgan. Mavzuga 3 ta topshiriq, 4ta mashq va 3ta savol ilova qilingan. Kitobdagi 93-mashq o‘quvchilarni mustaqil fiklashga o‘rgat adi. Uning shartida “Mustaqil O‘zbekiston ramzlari haqida o‘ylar” mavzusida matn tuzish topshirilgan.

Takroriy so‘zlarni (jumladan, bosh kelishik shaklidagi takroriy otlarni ham) A.N.Kononov, E.V.Sevortyan, N.A.Baskakov, N.P.Direnkova, A.Kaydarov va ba`zi bir qozoq tilshunoslari so‘zyasash usuli deb qaraydilar. S.Fuzailov, U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev, N.R.Abdurahmonov kabi bir qator o‘zbek tilshunoslari bu fikrga qo‘shiladilar1. A.G‘.G‘ulomov bir o‘rinda «bir ot takrorlanib, yangi ot tug‘diradi» desa, boshqa bir o‘rinda «ot yoki undov takrorlanib, ravish yasaydi», deydi, yana bir o‘rinda «sintaktik usul bilan so‘zyasashning eng eski ko‘rinishi reduplikatsiyadir»2 deb yozadi.

Boshqa so‘zturkumlarining otlashshsh (substantivatsiya) hodisasini bosh kelishik shaklidagi otlashgan so‘zlarning takrorlanishi bilan aralashtirish, ularni aynan bir hodisa deb qarash to‘g‘ri emas. Bunda, avvalo otlashish jarayoni ro‘y bergan, so‘ngra esa otlashgan so‘ztakroriy shaklni hosil qilgan, deb hisoblash mumkin: Masalan, to‘qqiz soni avval otga ko‘chgan, so‘ngra bosh kelishik shaklidggi ot sifatida takroriy shaklda qo‘llangan. Uning yakka holdagi otlashgan shakli ham mavjud. Chog‘ishtiring: To‘qqiz-to‘qqnzing bilan qalin molingni hozir kiritaman (N. Foxilov). прямая соединительная линия 13прямая соединительная линия 12прямая соединительная линия 11прямая соединительная линия 10To‘yiga bordim: na to‘qqiz bor, na o‘ttiz - qoq-quruq (Og‘zaki nutq).

V.I.Alatiryov «Udmurt tilida takror so‘zyasashdagina emas, ko‘plik, jamlik, davriylik, kuchaytiruv, ekspressivlik, ajratish-yakkalash kabi grammatik kategoriyalarni ifodalashda ham mahsuldordir», - deydi. M.I.Odilovning yozishicha, «ozarbayjon tili­da takrorlar ham so‘zyasash, ham shakl yasash funktsiyasiga ega». «Takrorlash yo‘li bilan so‘zyasash va turli grammatik ma`nolarni ifodalash turkiy tillarda, shu jumladan, o‘zbek tilida ko‘p uchraydi»3, - deydi O.Azizov, N.K.Dmitriev esa «Qumiq tilida (boshqa barcha turkiy tillardagi kabi) stilistik vosita bo‘lgan takrorlash grammatik maqsadlarda qo‘llanadi»4, - deb yozadi. A.Hojiyev «O‘zbek tilida... takroriy so‘zning yasalishi so‘zyasash hodisasi bo‘la olmasligini» aytadi5. N.Abdurahmonov takroriy so‘zlar bilan juft so‘zlarning farqi haqida yozib: «Takror so‘zlar aslida tilda yo‘q. Ular tilning lug‘at tarkibiga kirmaydi, shuning uchun ham lug‘atlarda ko‘rsatilmaydi. Takror so‘zlar faqat suhbat jarayonida suhbatdoshlarning irodasi asosida, improvizatsiya asosida hosil qilinadi va suhbatdan keyin yana yo‘q bo‘lib ketadi»6, - deydi.. Shuniig uchun ham e.I.Ubryatovaning «Ko‘p hollarda negizning takrorlanishi yangi so‘zyasalishiga olib kelmaydi, balki so‘zlarning maxsus so‘zshakllarini (otlardagi ko‘plik, jamlik va o‘z iga xos kuchaytiruv kabi) yasaydi. Shuning uchun ham uni shakl yasash hodisasiga kiritish lozim»7, deyishida ma`lum asos bor. A.Hojiev ularni haqli ravishda shakl yasalishi8 deb qaraydi.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, ba`zi tilshunoslar so‘zlarning takrorlanishini yangi leksik-grammatik kategoriyaning yasalishiga olib keladi degan fikrda bo‘lsalar, ayrimlari ularni ham so‘zyasash, ham shakl, yasash xususiyatiga eta deydilar; ba`zilari esa ularni til fakti deb emas, nutq fakti deb hisoblaydilar.

Takror yo‘li bilan so‘zyasash (paqpaq tipida - so‘z ni takrorlash orqali qo‘shma holga keltirish yo‘li bilan yangi so‘zhosil qilish), tosh yo‘l tipidagi qo‘shma otlarga o‘xshash, morfologik, sintaktik so‘zyasashning qadimgi ko‘rinishidir. Buning yasalish texnikasining soddaligi ham qadimgilikdan darak beradi.

Takrorning ko‘rinishlari ko‘p. Bunda dastlab ikki narsa farqlanadi: takror (odatdagi takror) va ikkilanish (udvoenie). Oddiy takror ma`noni kuchaytirish, intensivlikni, emotsional bo‘yoqni bildirish uchun xizmat qiladi. Bunda ba`zan ikki marta takrorlash ham uchraydi. Masalan, tezroq, tezroq yur: tezlik ma`nosi kuchaytiriladi (qiyoslang: tezroq yur, tezroq. Ayting, ayting, bugun yomg‘ir yog‘masin-da). U tez-tez gapirdi (kiyoslang: u tez gapirdi): bu takror «ikkilanish» bo‘lib, u harakatning takrorlanishi, uzoq davom etishi kabi ma`nolarni ifodalaydi. Quyidagi misollarni chog‘ishtiring: otasiga ayting, ayting, jiddiyroq ayting, tushuntiring. U o‘ylab-uylab, bir fikrga keldi (o‘ylab-o‘ylab: uzoq o‘ylab), nima olding? (bir predmet) - nima-nima olding? (ko‘p predmet, nima-nima olding?-nimalar olding? Takror orqali ko‘plik ma`nosi ifodalangan). So‘ztakrorining bu ko‘rinishi so‘zyasash (paqpaq kabi) hodisasidan farqli. Yana ayrim misollarni chog‘ishtiramiz: to‘y, marosimlarga tog‘ora, tugun ko‘tarib borishdan qutulmadik, qutulmadik-da («Mushtum»). Tur-tur, ketamiz, - dedi akasi («Ertak»). Bir ozdan keyin, erta tongda, tur-tur boshlandi (tur-tur: pod`yom, turish). Aya, nega bibip kelyapti? («Mushtum»); bibip, bipbip; avtobus (bolalar nutqida).

Anglashiladiki, reduplikatsiya, so‘ztakrori, o‘zbek tilida ikki xil xarakterga ega: so‘zyasash vositasi va grammatik vosita. U ko‘pincha grammatik funktsiyani bajaradi: predmetning ko‘pligi, belgining oshirilishi, ma`noning kuchayishi, harakatning takrorlanishi va uzoq davom etishi va b. (so‘zyasash funktsiyasini bajarishi ayrim hollarda uchraydi). Odatdagi takror va ikkilanish (taq-tuq kabi) farqli bo‘lib, so‘zyasash hodisasi bilan keyingisigina bog‘lanadi. Ikkilanish, umuman, so‘zqo‘shishning bir ko‘rinishi, lekin u aniqlovchili qo‘shma so‘z dan (masalan, o‘n kunlik) tarkibining takrorlangan bir xil elementdan iborat bo‘lishi (odatdagi qo‘shma so‘z da bu hol yo‘q) va bu elementlar asl bog‘lanish yo‘li jihatidan farqlanib turadi.

Takror ikki xil: to‘la takror (katta-katta kabi) va qisqa tak­ror (kap-katta kabi). Qisqa takror so‘zyasamaydi, balki so‘zshakli hosil qiladi (qizil - qip-qizil kabi). Takror orqali qo‘shma so‘zhosil qilish to‘la takrorda uchraydi.

Takrorning tarkibidagi qismlarning amorf holda kelishi (taq-taq, taqir-tuqur kabi) yoki orada kuchaytiruvchi elementniig bo‘lishi (taqa-taq, taqira-tuqur) bir qancha xususiyatlarga ega: oradagi elementning ravish yasovchi affiks bilan bog‘lanishi taqqa to‘xtadi: taqq + a, taqa-taq to‘xtadi kabi), kuchaytiruvchi bo‘lib kelishi va qisman biriktirishga yordam berishi, bog‘lanishni kuchaytirishi (taraq-turuq; taraqa-turuq, taqir-tuqur, taqira-tuqur, shaqir-shuqur kabi; keyingi holda birinchi qismning oxirgi bug‘inida ikkinchi darajali urg‘uning o‘rni aniqroq seziladi) va b. Lekin oradagi element (-a) bu yo‘l bilan so‘zyasash hodisasini o‘z gartirmaydi.

Takror so‘zyasash vositasi bo‘lganda, so‘zqo‘shish hodisasi bi­lan o‘xshashlik tug‘diradi (qiyoslang: ququ (qush) - Ko‘ksuv (joy oti); grammatik vosita bo‘lganda esa, affiksatsiya hodisasi bi­lan yaqinlashadi. Bunday o‘xshashlik, yaqinlik struktura, ma`no, funktsiya jihatidandir. Qiyoslang: kim-kim keldi? Kimlar kel­di? Ko‘plik birinchi holda so‘ztakrori orqali, ikkinchi holda esa affiks orqali ifodalangan. Bu holat (takror yoki affiks qo‘llash) turli tomonlari bilan ajraladi: ba`zan biri ikkinchisining o‘rnida qo‘llana oladi (lekin stilistik jihatdan farqlanadi: birinchisi jonli – so‘z lashuv holatiga moc keladi), ba`­zan har ikkalasi bir momentda, bir konstruktsiyada qo‘llanadi (kuchaytiruv: umuman, bir ma`noning ikki vosita bilan, qaytadan ikki marta ifodalanishi, ekspressiya, kuchaytirish, oshirish funk­tsiyasini bajaradi), ba`zan ularni almashtirib bo‘lmaydi.

Bu qadimgi yo‘l bilan hosil qilingan so‘zlar (-cha: -chuv - shovqin ma`nosida, ba: -bu - bu ham shovqin-suron ma`nosida) jonli so‘z lashuv stilini bildirib turadi va taqlid so‘zlardan yasashda, ko‘pincha, emotsional tusga ega bo‘ladi. Bunday yasalishning bobov kabi ko‘rinishlarida qismlar juda birikib ketgan, o‘rniga qarab odatdagicha, affikslar ham qabul qiladi.

Bunday yo‘l bilan yasash bir qancha ko‘rinishlarga ega:

1. Taqlid so‘zikkilanib, shu tovush bilan xarakterlanadigan predmetning nomi hosil bo‘ladi; predmet, hodi sa ovoz belgisi-shuni ko‘rsatuvchi so‘zorqali ataladi. Misollar: shaqshaq (qushning nomi. Qiyoslang: ola shaqshaq, qora shaqshaq), qahqah (keyin -a affiksi qo‘shilgan: qahqaha: kulgi), bobov (bov + bov: it), chuchut (chut+chut: bedana ovida ishlatiladigan bir hil predmet: bedanani chaqiradi), paqpaq (bolalar o‘yinida), popop (poppop: tikish mashinasi; oyoq mashina, popop mashina ham deyiladi. Bu so‘zning aslda Popov familiyasi bilan bog‘langan bo‘lishi ham mumkin), pat-pat (mototsikl), bibip (bipbip: avtobus), to‘qto‘q: (qizil ishton: qush), biyovbiyov (qush), ququ (musicha), tutu (tovuq), dudut (dutdut: engil mashina), lik-lik..


Bunday so‘zlarning bir qismi tarkibi sezilmas holga kelgan (ko‘pincha fonetik o‘z garish natijasida: soddalanish). Masalan, chumchuq so‘z i aslda – etimologik jihatdan – chip-chip mimemasi; bilan bog‘lanadi.

Bu tipda sifat ham yasaladi. Misollar: shiqshiq tugma (pispis tugma ham deyiladi; bu kompleks – bir qo‘shma ot), chaqchaq odam (quvnoq odam: qiyoslang: chaqchaqa yulduz; lekin bu chaqnamoq bilan bog‘liq, asli tovushga taqlid so‘zbilan emas, balki obrazga – holatga taqlid so‘zbilan aloqador), liplip chiroq (qadimgi qora chiroq).

Tovush belgisi orqali atash ba`zan takrorsiz ham bo‘ladi (ba qo‘y, mo‘ – sigir, miyov – mushuk kabi), demak, bobov tipidagi yasalishlarda shuning ikkilanishini ko‘ramiz (miyov-miyov, bov-bov).

2. Ot ikkilanib, shu so‘zifodalagan predmet bilan bog‘langan o‘yin nomini (bolalar o‘yini) hosil qiladi. Masalan, otot (ko‘pincha otot - akam shaklida qo‘llanadi, o‘g‘il bolalar uyi­ni), xola-xola (xolaxolakam; qiz bolalar o‘yini). Bolalar nutqidagi bu yasalishga analogiya bilan, shu modelda, hosil qilingan yangi o‘yin nomlari (bolalar nutqida, o‘yinning o‘z i ham analogiya bilan yaratilgan): kino-kino, bog‘cha-bog‘cha, taksi-taksi, doktor-doktor, mashina-mashina.

Bu yasalishda ham takrorning o‘z ma`nosi bor: o‘yinning nomi­ni otning o‘z i ko‘rsatadi, ikkilanish esa bu o‘yinning ikki tomon bilan (ularning shunga bog‘liq bo‘lgan harakatni navbatma-navbat bajarishi bilan) bog‘liq ekanligini bildiradi, demak, bu o‘rinda ham harakatning takrorini ifodalash hodisasini ko‘ramiz. Qiyoslang: olmoshning ikkilanishi orqali yasalgan manman so‘z ida ham takrorlanish ma`nosi bor.

3. Fe`lning takrorlanishi (tur-tur: pod`yom – turish) ko‘chish


orqali protsess nomi hosil qilganda ham shu hodisani ko‘ramiz: qoch-qoch (qochish), quv-quv (quvish) kabi. Bunday protsess nomi shu harakat uchun xarakterli bo‘lgan tovushni bildiradigan taqlid so‘z ni ikkilash orqali ham yasaladi: qars-qurs, qasir-qusur (qarsir-qursir), qasir-qusir (qarsir-qursir). Bu yo‘l bilan sifat ham yasaladi (shatir-shutur tovushlar kabi).

4. O‘qtin-o‘qtin (qarab qo‘ydi), vaqt-vaqt (u vaqti-vaqti bilan kelib turadi) kabi yasalishlarda, ravish yasashda ham, so‘ztakrorining ma`lum vazifasi bor.

Otlarning funktsional shakllari bosh kelishikdagi (yoki nol` ko‘rsatkichli) otni takrorlash orqali, ya`ni analitik usulda yasaladi.

Umuman, nol` ko‘rsatkichli so‘zlarning takrorlanib ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan grammatik va semantik hodisalar o‘zbek tilshunosligida (turkologiyada ham) munozarali masalalardan biridir. Bir tomondan, dasta-dasta (gul), munchoq-munchoq (ter) kabi so‘zlarning analitik shaklini hosil qiluvchi takror, ikkinchi tomondan, «oyi, oyi, sizni chaqiryapman» kabi sof sintaktik-ritorik takror mavjud bo‘lib, ular biron bir affikssiz qo‘llanishiga ko‘ra (tashqi jihatdan) bir-biridan farq qilmaydi. Chog‘ishtiring:

I. Quyosh, shamol, ko‘kat, gilam-gilam gul,

Zangori ufqlar, soz manzaragar (Oybek).

Abdusalom. Yetti tusda tovlanadigan gullardan dasta-dasta ko‘tarib kelishibdi (Tuyg‘un). Qop-qop un tiralib turganmish (O‘zbek xalq ertaklari).

P. Bo‘rivachcha dema Saodatni! – Bo‘rivachcha, bo‘rivachcha! Qo‘y terisiga burkanmasin u... (T.Sidiqbekov). Miyasi qursin buni, qovoq,qovoq. Ming tayyorlansa ham tushunmaydi.

Ammo birinchi tipdagi gilam-gilam, dasta-dasta, qop-qop singari takrorni bo‘rivachcha, bo‘rivachcha; qovoq, qovoq tipidagi sintaktik-ritorik takrordan farqlash kerak. Shuning uchun ham A.Hojiyev dod-dod, qator-qator kabilarni takroriy so‘z ; badbaxt, badbaxt, voydod, voydod kabilarni so‘z niig oddiy takrori deydi va ularni bir-biridan ajratish lozimligini aytadi9.

Oddiy takror yoki sodda takror deganda, odatda, bosh kelishik shaklidagi yoki nol` ko‘rsatkichli takrorlar tushuniladi. Shuning uchun ham oddiy takror terminnni yuqorida sintaktik-ritorik takror deb nomlangan takrorlarga nisbatan qo‘llash noqulayroq ko‘rinadi. Chunki o‘zbek tilida bo‘rivachcha, bo‘rivachcha tipidagi bunday takrorlarning muayyan o‘z garmas o‘rni yo‘q. U gapning boshida ham, o‘rtasida ham, oxirida ham kela oladi. Bundan tashqari, bunday takrorlar­ning komponentlari yonma-yon holda ham, bir-biridan ajralgan holda ham qo‘llanishi mumkin. Chog‘ishtiring: Endi aziz kelin-kuyovga arzirli sovg‘a olishimiz kerak, sovg‘a!.. (Sh. Siddiqov). Biram yomon ko‘ramanki shu kishini... Dadam-da, dadam.

Bunday takrorlarni sintaktik-ritorik takrorlar deb nomlash o‘rinli. Chunki bunday takrorlar ta`kidlash, nutqning emotsionalligi, ta`sir kuchini oshirish uchun qo‘llanadigan stilistik usul (stilistik figura)dir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda ular inver­siya, anafora kabi badiiy priyom vositalariga yaqin turadi. Ritorik-sintaktik takrorlarda komponentlar orasidagi pauza takroriy suzlardagiga qaraganda uzunroq bo‘ladi.

Ritorik takror bilan takroriy ot (nol` ko‘rsatkichli otning takrori) o‘rtasida qanday farq bor? A.Hojiyevning ko‘rsatishicha, takroriy so‘zbilan so‘zning oddiy takrori o‘rtasida farq qo‘yidagicha: birinchidan, takroriy so‘zlarda ikki so‘zo‘rtasidagi pauza oddiy takrordagiga nisbatan qisqa bo‘ladi. Ikkinchidan, takroriy so‘zlar ikki komponentli bo‘ladi, oddiy takror (bizningcha, ritorik takror)da esa so‘zikki va undan ortiq takrorlanishi mumkin10. Shuni aytish kerakki, takroriy so‘zlarning komponentlari ham ba`zan uch va undan ortiq holda kelishi mumkin. Chog‘ishtiring: So‘mka, so‘mka-so‘mka narsani uyiga tashigani tashigan. Tog‘, tog‘-tog‘-tog‘ paxta uyilib yotibdi (Og‘zaki nutq). Shularni hisobga olib, ritorik takror bilan takroriy so‘zorasidagi farq sifatida qo‘yidagilarni ko‘rsatish mumkin:

1. Takroriy so‘zkomponentlari orasidagi pauza ritorik takror komponentlari orasidagi pauzadan qisqaroq bo‘ladi.

2. Ritorik takror komponentlari yonma-yon holda, ham, ajralgan holda ham turishi mumkin. Boshqacha aytganda, ular orasiga so‘zkiritish mumkin. Ammo takroriy so‘zkomponentlari orasiga so‘zkiritib bo‘lmaydi: agar so‘zkiritilsa, u takroriy so‘zbo‘lmay, uyushgan so‘zbo‘lib qoladi va sintaktik-ritorik takrorga aylanadi.

3. El, xalq kabi jamlovchi otlar hamda atoqli otlar takroriy so‘z(takroriy ot) sifatida qo‘llana olmaydilar, ritorik takror sifatida esa qo‘llanaveradilar. M.: Buni xalq deydi, bolam, xalq. Xalq bir mushtdan ursa o‘ldiradi, bir burdadan bersa to‘ydiradi (Og‘zaki nutq.): «Eh, Qumri, Qumri! - deyman chalqancha yotib shiftga tikilganimcha, - sendan shu ishni kutshi mumkinmidi?» (O.Husanov). ,-%|

4. So‘zning ritorik takrorlanishi uning ma`lum bir sintaktik fukktsiyani bajarishi bilan bog‘liq emas. Shuning uchun ham gap tarkibidagi har qanday bo‘la ritorik takrorni hosil qilishi mumkin. Ammo bosh kelishik shaklidagi (nol` ko‘rsatkichli) otning takrori esa ana shu takroriy shaklni ma`lum bir sintaktik funktsiyani bajarishga moyil qilib qo‘yadi.

5. Otlarning ritorik takrorlanishi ana shu ot orqali ifodalangan predmetni ta`kidlash, ajratib ko‘rsatish, unga alohida e`tibor berish kabi ma`no ottenkalarini ifodalasa, bosh kelishik shaklidagi otlarning takrori esa (ya`ni, takroriy otlar) so‘zning leksik ma`nosiga kuchaytirish, o‘xshatish, obrazlilik kabi modal ma`nolarni qo‘shadi.

6. Ritorik takror komponentining birortasini tushirib qoldirish bilan uning ma`nosi, grammatik funktsiyasi o‘z garmaydi, faqat uning stilistik tomoni o‘z garadi, xolos. Qiyoslang: Men kitob oldim. Men kitob oldim, kitob. Takroriy otning bir komponenti tushirilganda esa, ma`no va grammatik funktsiya o‘z garadi. M.: Gilam-gilam gullar orasida sayr etib, rohatlanishga kirishdilar (Oybek). Haligina gul-gul ochilib turgan juvonning chehrasiga qora bulut soya solganday to‘satdan o‘z gardi-qoldi (S. Anorboev).

Bu misollardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni o‘z i bog‘lanib kelgan so‘zlar bilan birikma tarzida (gilam gullar, gul ochilib turgan tarzida) olinsa, ular funktsional shakl doirasidan chiqib ketib, ma`no va grammatik jihatdan tamomila o‘z garadi. Bosh kelishik shaklidagi otlarning takrorini (ya`ni, takroriy otlarni) komponentlari morfologik jihatdan bir xil, ammo sintaktik jihatdan boshqa-boshqa funktsiyani bajarayotgan takroriy konstruktsiyalardan ham farqlash lozim. M.: Shunday, amma, hazil – hazil-u, lekin mulla sizni rosa laqillatibdi.. Boy - boy, kambag‘al - kambag‘al. Keltirilgan misollardagi ajratib ko‘rsatilgan shakllarning birinchisi ega, keyingisi esa kesim vazifasini bajargan. A.Kaydarov ham ana shunday shakllar haqida quyidagicha fikr yuritadi: «Bu konstruktsiyalarning takrori ma`lum gap sistemasida turli xil grammatik funktsiyani bajaruvchi ikki marta takrorlangan so‘zlarning u yoki bu sintak­tik qurilishi bilan bog‘liq»11. O‘zbek tilida atov gap, vokativ gap tipidati takroriy shakllar ham mavjud. M.: Gap, gap, qiladigan ishinglar yo‘qmi, qurib qolganmi ish? (Oybek). Ko‘rpacha, ko‘rpacha deyaverasan, nima muncha ko‘paytirasan uni? (A. Tojimurotov). Siz bilan biz, tarbiya, tarbiya deymiz-u, aslida plan tuzishdan nariga o‘tmaymiz (X.To‘xtaboyev).

Yuqoridagi kabi atov gap va vokativ gap tipidagi takroriy shakllar orqali ham so‘z lovchining nutq qaratilgan predmet, shaxsga nisbatan mensimasligi, erga urishi, pisand qilmasligi, hurmatsizligi, gumoni kabi modal munosabati ifodalanadi. Bunday gaplardagi modallik takroriy otlardagi modallikdan o‘z ining ob`ekti bilan farqlanadi: takroriy otdagi modallik bosh kelishik shaklidagi otning leksik ma`nosidan kelib chiqadi va ana shu ot orqali ifodalangan predmetga aloqador bo‘ladi; atov gap va vokativ gap tipi­dagi takroriy shakllardagi modallik esa butun bir gapga tegishli bo‘ladi. Bosh kelishik shaklidagi tak­roriy otlarni ritm, umuman, vazn talabi bilan sti­listik maqsadda qo‘llanadigan so‘zlarning takroriy shakllaridan farqlash kerak. M.:



Beli-beli belang ot,

Beli nozik kurrang ot,

Toqqa minsa toymas ot

O‘lat tegsa o‘lmas ot,

To‘qay to‘qay ichagim,

To‘qaylanma ichagim.

To‘qqiz tentak yig‘ilib,

Topolmagan ichagim

(O‘zbek xalq topishmoqlari).



прямая соединительная линия 9прямая соединительная линия 8прямая соединительная линия 7Ko‘rinadiki, har qanday takrorni ham takroriy ot
(takrariy so‘z ) hisoblab bo‘lmaydi. Takroriy ot bo‘lishi uchun: 1) komponentlari bir xil morfologik ko‘rsatkichga ega bo‘lishi (nol` ko‘rsatkichli bo‘lishi); 2) leksik va grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil qilishi; 3) bir umumiy sintaktik funktsiyani bajarishi kerak. ^

Ma`lumki, so‘zning semantik va grammatik tomonlari bir-biri bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, shakl o‘z garishi bilan unga bog‘liq holda ma`no ham o‘z garadi. Shuning uchun ham takrorlanish otlarning leksik ma`nosiga biron darajada o‘z ta`sirini ko‘rsatadi, natijada ot turli qo‘shimcha ma`no ottenkalariga ega buladi; so‘z lovchi bunday shakllar orqali voqelikka bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.

Bosh kelishik shaklidagi (nol` ko‘rsatkichli) takroriy otlarning semantik xususiyatlariga to‘xtalishdan oldin ularning material tomoniga e`tibor berish kerakka o‘xshaydi. Har qanday ot ham takroriy shaklni hosil qila oladimi? Bu savolga o‘zbek tilshunosligida (va umuman, turkologiyada) aniq javob yo‘q. Bizning kuzatishlarimiz esa quyidagi xulosalarga kelishni taqozo qiladi, ya`ni quyidagi otlar takroriy ot shaklida qo‘llana oladi:

1. Bevosita predmet anglatadigan otlar, ya`ni konkret otlar. Bular quyidagilar: a) turli xil narsa va predmetlarning nomlari: laxtak-laxtak, quroq-quroq, chaman-chaman, marjon-marjon, gilam-gilam, shokila-shokila, uvoq-uvoq, zarra-zarra, xalqa-xalqa, tanga-tanga, yo‘l-yo‘l, tola-tola, xol-xol, qubba-qubba, tasma-tasma, o‘ymoq-o‘ymoq, tamg‘a-tamg‘a, muz-muz, chok-chok, to‘r-to‘r kabi; b) er va osmon jismlarini yoki shularga oid narsalarni ifodalovchi otlar: sel-sel, ariq-ariq, chuqurcha-chuqurcha, o‘ra-o‘ra, ko‘l-ko‘l, to‘lqin-to‘lqin, suv-suv, girdob-girdob, buloq-buloq, say-say, daryo-daryo, tog‘-tog‘ kabi; v) uy-ro‘z g‘or va xo‘jalik buyumlarining nomlari: arra-arra, tovoq-tovoq, paqir-paqir, savat-savat, qozon-qozon, lagan-lagan, xum-xum, elak-elak, sandiq-sandiq kabi; g) kiyim-bosh yoki ularning qismlarini ko‘rsatuvchi ayrim otlar: etak-etak, shapka-shapka, cho‘ntak-cho‘ntak, do‘ppi-do‘ppi kabi; d) bino yoki qurilishlarni ko‘rsatuvchi ayrim nomlar: rasta-rasta, tegirmon-tegirmon, ombor-ombor, saroy-saroy, xona-xona, qo‘ton-qo‘ton kabi; e) turli geometrik figuralarni ifodalovchi nomlar: chiziq-chiziq, nuqta-nuqta kabi; j) territoriya ma`lum bir er uchastkasining nomini ifodalovchi otlar: maydon-maydon, paykal-paykal, pol-pol kabi; z) o‘quv qurollari va shularga oid narsalarning nomlarini ifodalovchi otlar: daftar-daftar, varaq-varaq, papka-papka kabi; d) o‘rin va vaqtga munosabatni ifodalovchi otlar: manzil-manzil, asr-asr, zamon-zamon kabi; k) fikrda predmet deb tushuniladigan otlar: jahon-jahon, dunyo-dunyo, olam-olam, karvon-karvon, bob-bob, davra-davra, lavha-lavha kabi; l) ba`zan meva, daraxt va o‘simliklarning qismlarini ifodalovchi otlar ham takroriy shaklni hosil qila oladi: shox-shox, yaproq-yaproq, do‘lana-do‘lana, mag‘zi-mag‘zi kabi; m) jonli mavjudotlarni ko‘rsatuvchi nomlar boshqacha ma`no kasb etganda, takroriy shaklda qo‘llanadi: g‘oz-g‘oz, o‘rkach-o‘rkach, toy-toy, kapalak-kapalak, uloq-uloq, tuya-tuya kabi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, takrorlanish 1) hayvon, qush, parranda, hasharot va boshqa jonli mavjudotlarni ko‘rsatuvchi hamda daraxt, o‘simliklarni ifodalovchi otlarga; 2) shaxs ma`nosini anglatuvchi otlarga; 3) ko‘pgina abstrakt otlarga xos emas. Shuning uchun bunday otlar takroriy shaklda deyarlik qo‘llanmaydi. Lekin shunga qaramay, og‘zaki nutqda (ba`zan badiiy asarlarda ham) bunday otlarning takroriy shakllarini uchratish mumkin. M.: Sodda-de, o‘z i kop-kotta bo‘sayam bola-bola gapiradi. Yuklaringizning tuya-tuyasi bo‘lay, aytavering dedim-ku (Toshk.shevasi)

Ko‘rinadiki, shaxc ma`nosini ifodalovchi yoki hayvonlar nomini ko‘rsatuvchi otlar belgi-xususiyat ifodalaganda takrorlanadi (tuya-tuyasi - «kattasi» kabi). Bundan tashqari, o‘zbek tilida (umuman, turkiy tillarda ham) bir qancha o‘yinlarning nomlari borki, ular ham bosh kelishik shaklidagi otlarning takrori orqali shakllangan. M.: Bozorboy ming‘irlab, allakimnikiga ham poshsho-poshsho o‘ynashga borganini so‘z ladi (P.Tursun). Ko‘lob suvlarni shapillatib, «askar-askar», «do‘kon-do‘kon», «malay-malay» o‘ynar edik.

2. Numerativlar: tanob-tanob, botmon-botmon, jo‘ra-jo‘ra, tonna-tonna, gektar-gektar, tuman-tuman, lak-lak, sarjin-sarjin, gramm-gramm, gaz-gaz, dyujina-dyujina kabi. Numerativ so‘zsifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan otlar ko‘pincha takroriy shaklda qo‘llanadilar. Ularni okkazional numerativlar deb atash ham mumkin. Chunki ularning numerativligi son oldidan qo‘llanganda hamda takroriy shaklda kelgandagina reallashadi, boshqa vaqt esa mustaqil ot sifatida namoyon bo‘ladi. M.: qop-qop, qarich-qarich, arava-arava, qo‘ton-qo‘ton, o‘ram-uram, paqir-paqir, savat-savat, bog‘-bog‘, g‘aram-g‘aram, tegirmon-tegirmon, tomchi-tomchi, bo‘g‘cha-bo‘g‘cha, xalta-xalta, etak-etak, yashik-yashik, bochka-bochka, taxta-taxta, burda-burda, sandiq-sandiq, daftar-daftar, rasta-rasta, hovuch-hovuch, odim-odim kabi.

3. Jamlovchi otlar: batal`on-batal`on, rota-rota, vzvod-vzvod, kolonna-kolonna, boylan-boylam, shoda-shoda, uyum-uyum, qator-qator, to‘p-tup, saf-saf, gruppa-gruppa, to‘plam-to‘plam kabi.



Ma`lumki, o‘zbek tilida takrorlangan so‘zlar (jumladan, takrorlangan otlar ham) so‘z lovchining xohishiga, nutq momenti va sharoitiga ko‘ra tovush tonining o‘z garishi, tovlanishi bilan talaffuz qilinadi. Tovush tonining o‘z garishi, tovlanishi esa kontekstda modal ma`no ifodalash vositalaridan biri hisoblanadi. Demak, otlarning takrorlanishi va ularni talaffuz qilishdagi tovush tovlanishi (intonatsiya) so‘z lovchining, voqelikka bo‘lgan munosabatini reallashtiradi. Ikkinchi xil aytganda, takrorlangan otlar turli modal ma`nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi:

1. Takrorlangan ot aniqlanmish ifodalagan predmet yoki ish-harakatning tashqi tomondan, ko‘rinishdan o‘z i ifodalagan predmetga o‘xshab ketganini anglatadi. Takrorlangan ot orqali ifodalangan predmet bilan aniklanmish ifodalagan predmet yoki ish-xarakat o‘rtasidagi o‘xshashlik tashqi tomoniga, biron hususiyati yo holatiga ko‘ra bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik real yoki majoziy, metaforik bo‘lishi ham mumkin: tog‘-tog‘ tuproq, tog‘-tog‘ oq oltin kabi.

2. Takrorlangan ot aniqlanmish ifodalagan predmetning miqdorin obrazi haqida tasavvur tug‘diradi, predmetlarning ko‘pligiga ishora qiladi. Shuning uchun ham ko‘pgina tilshunoslarning fikricha, takrorlangan otlar ko‘plik ma`nosini ifodalaydi.

Quyidagi misollarni chog‘ishtiring: Paxtani mashinalar bilan terib oldik. Hozirgacha 10 mashina paxtani punktga jo‘natdik. Ozgina vaqt ichida shu yo‘ldan paxta ortilgan bir necha mashina o‘tdi. Mashina-mashina paxta punktga ketma-ket kelib turibdi. Bu gaplarda ko‘plik ma`nosi mashinalar (morfologik ko‘plik), 10 mashina, bir necha mashina (sintaktik ko‘plik), mashina-mashina shakllari orqali ifodalangan. Takroriy otlarning ana shu xususiyatini hisobga olib bo‘lsa kerak, V. V. Katarinskiy: «Umuman otlarning takrorlanishi ko‘plikni ifodalay­di va shu ma`noda u ko‘plik sonning o‘rnini bosadi», - deydi. Ammo bundan mashinalar, 10 mashina, bir necha mashina, mashina-mashina shakllari bir-biriga abso­lyut teng, degan xulosa kelib chiqmaydi. Shuning uchun ham kontekstda ular o‘rnini erkin ravishda almashtirish mumkin emas. Chunki 10 mashina aniq bir miqdorni (ko‘plikni); mashinalar, bir necha mashina, mashina-mashina shakllari esa noaniq miqdorni (noaniq ko‘plikni) bildiradi. Shu bilan birga, keyingi shakllar ham o‘zaro farqlanadi: mashinalar shakli ko‘p predmetning ayrim-ayrim holda mavjudligini anglatishga asoslansa, bir necha mashina shakli orqali ham ko‘plik, ham gumon, chama, noaniqlik ma`nolari anglashiladi. Mashina-mashina shakli esa predmetning ko‘pligini ifodalash bilan birga, leksik ma`noni kuchaytirish, ortiq ko‘plikni ta`kidlash uchun ham xizmat qiladi. Shuning uchun ham takrorlangan otlardagi miqdor ma`nosi morfologik yoki leksik ko‘plikdan o‘z ining obrazliligi va nihoyatda umumiyligi bilan ajralib turadi. Shuni hisobga olish kerakki, har qanday takroriy ot ham predmetning qandaydir miqdoriy obrazini, uning ko‘pligini ifodalayvermaydi. Bunday ma`noni, asosan, numerativ so‘z sifatida qo‘llana oladigan otlar, va nihoyat, jamlovchi otlar ifodalaydi. Chog‘ishtiring: takrorlangan numerativlar: Otasining tanob-tanob eri, botmon-botmon g‘allasini qimorga boy bergan... (S.Anorboyev). Tonna-tonna shag‘alni ko‘tarib samosvallarga yuklamoqda (I.Shamsharov). Numerativlar sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan otlarning takrori: Tovoq-tovoq qaymoq, hurmacha-hurmacha qatiqni aytmaysizmi! (R. Fayziy).

3. Bosh kelishik shaklidagi otlarning takrorlanishi ma`noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. M.: Jahon-jahon xazinalar, Sahiy bu Vatandadir (G‘.G‘ulom).

Ma`noning kuchaytirilishi o‘xshatish va miqdor ifodalaydigan takroriy otlarda ham mavjud.

4. Takrorlantan otlar metafora yo‘li bilan yangi ma`noda ishlatilganida kuchli obrazlilikka ega bo‘ladi. Bunda takrorlanish so‘zning leksik ma`nosiii kuchaytirish uchun xizmat qilsa, ma`no ko‘chishi esa obrazlilikni yuzaga keltiradi. Takrorlanish va ma`no ko‘chishi bir vaqtda qo‘llanganda, obrazlilik yana ham kuchayadi. M.:

Yaylovlarga sig‘may «bag‘-bug‘» bo‘lib ketar

Uyur-uyur yilqi, daryo-daryo qo‘y! (T.To‘la).

Ma`sumgina tikiladi suzgun «bo‘tako‘z »,

Ko‘z laridan sitiladi tomchi-tomchi so‘z !

(Oybek)


Qir osmonida etak-etak yulduzlar siyraklashib ufq oqara boshladi (S.Abduqahhor). Qilcha ish qilmay arava-arava gap tashib yuradi (B.Rahmonov).

Yuqorida keltirilgan misollarda takrorlangan otlar real ma`nolariga ko‘ra aniqlanmish ot orqali ifodalangan predmetlarning aniqlovchisi bo‘lmasligi kerak edi. Chunki daryo so‘z i qo‘y so‘z i bilan; tomchi esa so‘zbilan; etak so‘z i yulduz so‘z i bilan; arava so‘z i gap so‘z i bilan ma`no jihatdan bevosita munosabatda emas. Lekin qo‘y, yulduz kabilarning ortiq darajada ko‘p ekanligini ko‘rsatishda, ularning ko‘plik obrazi yaratishda daryo, etak so‘zlari takroriy shaklni hosil qilgan holda ko‘chma ma`noda qo‘llangan. Agar ular takroriy shaklda qo‘llanmasa, ularda obrazlilik ifodalanmaydi. Demak, ko‘chma ma`noda qo‘llash va obrazlilikni yaratish uchun bosh kelishikdagi ot takroriy shaklda qo‘llanishi kerak.

5. Bosh kelishik shaklida takrorlangan ot ba`zan davomiylik, doimiylik ma`nolarini ham ifodalashi mumkin. Ma`lumki, bunday ma`no odatda fyo‘l shakllarining takroridan anglashiladi: ayta-ayta, yura-yura, bora-bora kabi.

6. Nol` ko‘rsatkichli otning takrori orqali ba`zan aniqlanmish ifodalangan harakat belgisining etarli emasligi ma`nosi ham anglashiladi. M.: Kanizak bola edi, es-es biladi: qishloqni bosmachi bosdi, ota-onasini yo‘qotib qo‘ydi (A. Qahhor). Gimnastyorkasi ustidan bog‘langan kamar uch-uch etardi.

Nol` ko‘rsatkichli takroriy otlarning (bosh keli­shik shaklida takrorlangan otlarning) ko‘rib o‘tilgan semantik xususiyatlari stilistik maqsad uchun xizmat qiladi. Yuqoridagi kabi qo‘shimcha ma`nolarning orttirilishi takrorlangan otlarning sintaktik funktsiyasi, grammatik ma`nosi bilan o‘z viy ravishda bog‘liqdir. Shuning uchun ham bunday shakllar funktsional shakllar qatoriga kiradi. Chunki takrorlan­gan otlarda asosiy etakchi xususiyat funktsional tomon bo‘ladi. Boshqacha aytganda, takrorlanish natijasida ot gapda ma`lum bir sintaktik vazifani bajarishga moyil bo‘lib, unda sintaktik maxsuslanish ro‘y beradi.

Shunday qilib, takrorlanish otning keng ma`noda aniqlovchi vazifasi bilan bog‘langan grammatik ma`noni orttiradi. Bundagi grammatik ma`no egalik, kelishik ma`nolari kabi bo‘lmay, takrorlangan ot ifodalagan predmet obrazining boshqa predmet yoki xarakatga belgi ekanligidan iboratdir.



Shuning uchun ham hozirgi o‘zbek tilida ko‘pgina o‘yinlarning nomlari takroriy shaklda qo‘llanishi hodisasini takroriy ot orqali ifodalangan predmet obrazining boshqa predmet yoki harakatga belgi ekanligidan va binobarin, uning sintaktik funktsiyasidan kelip chiqadigan hodisa deb baholash kerak bo‘ladi. Chunki bunday otlar yakka holda qo‘llanganida yuqoridagiga o‘xshash xususiyatga ega bo‘lmaydi va o‘shanday funktsiyani bajarmaydi. Masalan, ot-ot o‘ynaydi birikmasi ot o‘ynaydi (o‘yinning nomi sifatida) tarzida qo‘llanmaydi.

1 Qarang: Fuzailov S. O`zbek tilida ravishlar, Toshkent 1953, 10-bet; Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullaev Sh. Hozirgi o`zbek adabiy tili, 8-bet. A

2 G‘ulomov A.G‘. O`zbek tilida so‘zyasash yo`llari haqida, 47-50 betlar

3 Azizov O. Tilshunoslikka kirish, 98-bet.

4 Dmitriev N. K. Grammatika kumыkskogo yazыka, s. 46.

5 Qarang: Hojiyev A. O`zbek tilida qo‘shma, juft va takroriy so`zlar, 40-41-betlar.

6 Abdurahmonov N. Hozirgi zamon o`zbek tilida juft so`zlar sostavi masalasi. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining asarlari: Samarkand, 1963, 50-bet.

7 Ubryatova E.I. Udvoenie osnovы v yakutskom yazыke. - Voprosы grammatiki (Sbornik statey k 75-letiyu akademika I. I. Meщaninova). M. - L., 1960, s. 221.

8 Qarang: Hojiyev A. Hozirgi o`zbek tilida forma yasalishi. Toshkent, 1979.

9 Hojiyev A. O`zbek tilida qo‘shma, juft va takroriy so`zlar, 88-bet.

10 Hojiyev A. O`sha asar, 89-bet.

11 Kaydarov A. Parnie slova v sovremennom uygurskom yazike, s 54.

Aim.uz



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa