O'quvchilarda vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalash reja


AJDODLAR MEROSIGA EHTIROM



Download 120 Kb.
bet2/4
Sana24.10.2022
Hajmi120 Kb.
#855938
1   2   3   4
Bog'liq
O\'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK HISSIYOTINI TARBIYALASH

AJDODLAR MEROSIGA EHTIROM

Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”.


(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasi)


Madaniy meros jamiyat asosini, xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qadriyatlari va an’analarini mustahkamlaydigan omil hisoblanadi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar har bir odamga ta’sirini ko‘rsatib, o‘ziga maftun qiladi va g‘ururlantiradi. Shu bois ularni saqlash, eng avvalo, faqatgina davlatning emas, balki har bir kishining burchi, maqsadiga aylanishi kerak, deb o‘ylaymiz.
Hozirgi kunda davlat muhofazasiga olingan 7570 ta madaniy meros ob’ekti bo‘lib, shundan 2330 tasi me’morchilik, 3945 tasi arxeologik, 1138 tasi monumental yodgorliklar va 157 tasi diqqatga sazovor joylardir. Muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlar, e’tiborga tushgan joylarni tiklash va ta’mirlash ishlari butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilmoqda. Jumladan, oxirgi paytlarda faqatgina Toshkent viloyatidagi Shamir Qori avliyo, Zarkent Ota, Shodmalik Ota, Zunnun Ota yodgorliklarida ana shunday ezgu ishlar nihoyasiga yetkazilmoqda. Bo‘stonliq tumani Bog‘iston qishlog‘idagi, Xo‘ja Ahror faxrli nomi bilan ko‘proq mashhur bo‘lgan, XV asrda yashagan Shayx Umar Vali Bog‘istoniyning bog‘i va qabrini ta’mirlash-tiklash ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Har bir viloyatdagi tarixiy yodgorliklar va muqaddas qadamjolar bo‘yicha turkum kitoblar nashrga tayyorlanayapti.
Bilasiz, YuNYeSKOning butun jahon madaniy va tabiat yodgorliklari merosi ro‘yxatiga Xivadagi ochiq osmon ostidagi muzey — Ichan qal’a, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz shaharlarining tarixiy-madaniy, diqqatga sazovor qismlari kiritilgan.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati yo‘nalishlaridan biri, bu — o‘tmish qa’ridan yetib kelgan boy tarixiy-madaniy merosimizni saqlash. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”, “Muzeylar to‘g‘risida”, “Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar asosida insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishida muhim o‘rin egallagan qadimgi va o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan shaharlar xarobalari, monumental san’at yodgorliklari, alohida aholi ziyoratgoh joylari, me’morchilik merosi yodgorliklarini saqlab qolish, ta’mirlash va o‘rganishda davlatimiz tomonidan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Buyuk ajdodlarimiz tomonidan mahorat bilan bunyod qilingan va bugungi kungacha saqlanib kelinayotgan, ularning nomini asrlar osha abadiylashtirgan me’morchilik tarixiy majmualari — Samarqanddagi Shohi Zinda, Registon, Bibixonim, Ruhobod, Amir Temur maqbarasi, Buxorodagi Kalon masjidi va minorasi, Mir Arab madrasasi, Labi Hovuz va Bolo Hovuz majmualari hamda boshqa o‘nlab, yuzlab qadimgi, o‘rta asrlardagi me’morchilik durdonalari xalqimizning yuksak ijodkorlik imkoniyatlaridan darak beradi.
O‘tmishdagi buyuk ajdodlarimiz shon-sharafi uchun Amir Temurga Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda, Mirzo Ulug‘bekka Toshkentda, Ahmad al-Farg‘oniyga Farg‘ona va Quvada, Alisher Navoiyga Toshkent, Navoiyda, Alpomishga Termizda, Jaloliddin Manguberdi hamda “Avesto” kitobiga Urganchda va milliy tarixiy hamda madaniy merosimizga katta hissa qo‘shgan ko‘plab tarixiy shaxslarga yodgorliklar o‘rnatildi.
Bularning barchasi bizni hamisha g‘ururlanib yashashga undaydi. Demak, tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni saqlash mamlakatimizda yashayotgan har bir kishining burchidir.
Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, uning turli voqealarga boy bo’lganligini ko’ramiz. O’zbekiston tarixi juda qadimdan shakillanib kelgan. Tariximiz voqealarga boy b’lishi bilan bir qatorda juda ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Bu qiyinchiliklarni sanayversak uning cheki yo’q. Ahamoniylar bosqiniyu, Iskandar Zulqarnayin hujumlari, Arablaru, Mo’g’illar va keyinchalik Chor Possiyasining zulmlari. Shu bosqinlarga qaramasdan o’zbek xalqi o’zining borlig’i, urf-odatlari, an’analarini, hamma- hammasini saqlab qola oldi. Har bir bosqinga qarshi ajdodlarimiz shunday janglar olib bordiki ta’riflashga til ojizlik qiladi. Bu bosqinlarga qarshi ko’plab jasur va mard ajdodlarimiz mardonavar jang olib borishgan. Massagetlarning jasur malikasi To’maris, sak qabilasidan bo’lgan mard yigiti Shiroqning jasorati, Iskandarga qarshi so’g’d o’g’loni Spitamenning ko’rsatgan ajoyib jasorati, Arablarga qarshi Muqanna, Mahmud Tarobiy, Mo’g’illarga qarshi Xorazim o’g’lonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik jasoratlarini aytib o’tish mumkin.
Bular ichida buyuk Sohibqiron Amir Temurning qilgan ishlarini alohida aytib o’tish mumkin. U o’zbeklarning elat bo’lib shakillanishida katta yo’llarni ochib berdi. Birinchi navbatda u vatanimizni mo’g’illardan tozaladi va Movaraunnahr va Xurosonda buyuk davlatga asos soldi. Bulardan tashqari vatanimiz hududidan ko’plab buyuk davlat arboblari, buyuk mutaffakkirlar, olimlar, shoirlar etishib chiqqan. Ular jahon sivilizatsiyasining rivojiga katta hissa qo’shgan. Bular ichida Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Al-Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy Alisher Navoiy Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalarning ijodini alohida aytib o’tish mumkin. Xorazmiy o’zining "œAl-jabr Val Muqobala" asari bilan algebra faniga asos soldi. Beruniy esa dunyoda birinchi bo’lib erning dumaloq ekanligini isbotlab berdi va globusni yaratdi. Ibn Sino esa o’zining "œTib qonunlari" kitobi bilan dunyoga mashxurdir. Alisher Navoiy qilgan ishlarni vatanimiz balki jahonda ham ko’plab odamlar biladi deb aytsak ham xato qilmagan bo’lamiz. U o’zbek tilini yaratdi va o’zbeklarning hech kimdan kam emasligini isbotladi. Bularni sanayversak cheki yo’q.
Biz ajdodlarimizning qilgan ishlaridan faxrlansak arziydi. Biz ulardan o’rnak olishimiz va ularday vatanparvar, erksevar va vatan uchun hamma narsaga tayyor bo’lishimiz kerak va avlodlarga o’rnak bo’lishimiz zarur. Biz tariximizni ko’z qorchig’day asrashimiz va ularni to’laligicha kelgusi avlodlarga etkazib berishimiz shart va zarurdir.
Vatanimizda yashayotgan har bir inson millatidan, dinidan qat’iy nazar tariximizni bilishi kerak. Tarixni bilmagan insonning kelajagi ham bo’lmaydi. Tarixni bilmaslik bu o’zligini bimaslik degani. Tarixni bilgan insonning kelajagi porloq va sokin bo’ladi. Shunday ekan har-birimiz tariximizni o’rganaylik va uning ochilmagan qirralarini topib xalqimizga havola qilaylik va ajdodlarimizni ham tarixni bilishga undaylik.

JALOLIDDIN MANGUBERDI.




O’z dovyurakligi, ustakorligi, makkorligi bilan mashhur bo’lgan Temuchen XII asrning oxirlariga kelib nafaqat mo’g’illarning ko’p sonli urug’-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan yonma-yon, qo’shni yashab kelganko’plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloirlar, oyratlar, qaritlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg’izlar, uyg’urlar, Qorluqlar va boshqalarni ham birin ketin bo’ysindirib kuchli davlatga asos soldi.Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajiralib turadi. Temuchin oliy hokimiyat muryvvatlarini o’zining o’g’illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo’jixon, Chig’atoy, O’qtoy, To’layxonlar birinchi bo’lib tuman sohiblari bo’lganlar. Shunday qilib Chingizxon xoriliy ellarni zabt etishdan iborat o’z oldiga qo’ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yarata bordi. Shu tariqa, XIII asr boshlariga kelib Chingizxon etakchiligida kuchli davlat vyjydga keldi. Endilikda Chingizxon qo’shni davlatlar va xonliklarni bosib olish uchunistelochilik yurishlarini boshlaydi. 1215 yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg’ol etildi. 1217 yilda Xuanxe daryosining simolidagi barcha erlar mo’g’illar tasarrufiga o’tadi.1218 yilga kelib Ettisuv hududining qolgan qismi ham mo’g’ilarga tobe bo’ladi. Endilikda Chingizxonning asosiy bosh maqsadi uning jahonga hukumron bo’lishiga katta to’g’noq bo’lib turgan buyuk Xorazimshohlar qo’shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o’z qo’l ostiga kiritish edi. Bu davrda Xorazimshohlar saltanatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g’oyatda murakkabm, ziddiyatli kechayotgan edi. U tashqaridan ulug’vor keng hududlarga yoyilgan, qudratli saltanat bo’lib ko’rinsada va uning hukumdori Muhammad Xorazimshoh o’zini "Iskandariy soniy", "Xudoning yerdagi soyasi" deb bilsada, haqiqatdaesa Xorazimshohlar sulolasi ichdan yemirilishga, tanazzullikka yuz tutgan edi. Buning ustiga Xorazimshohning xalifalik hududlarini qo’lga kiritish da`vosi bilan 1217 yilda Bag’dod sari qo’shin tortish ham xalifalikdagi hukumdorlarni qahru g’zabga keltirgandi. Shunday qilib Chingizxon va Xorazimshohlar o’rtasidagi jang yaqin edi. Chingizxon jang uchun qulay vaziyatni kutayotgan edi. Xuddi shunday qulay vaziyat 1218 yilda sodir b’ldi. Shu yili Chingizxon amri bilan Xorazim davlatiga 500 tuyada sovg’alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon yuborildi. Biroq karvon O’trorga kelishi bilanoq, Xorazimshohning maxsus topshirig’ bilan O’tror hokimi uni yo’q qilishga buyruq berdi. Chingizxon uchn endi Movaraunnahrgabostirib kirish fursati etgan edi. Chingizxon qo’shini hujumi xavfi yaqinlashib kelayotganini Xorazimshoh va uning arkoni davlatiham yaxshi bilardi. Shoh mo’yan harbiy tayyorgarliklar ko’rish harakatida bo’ldi, biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u o’ta no’noqlik, nodonlik va kaltabinlik qildi. U o’zining sarkarda o’g’li Jaloliddin, Xo’jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarini asisiy nuqtalarda to’plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to’risidagi, to’g’ri, dono maslahatlarning ahamiyatini tushunmadi, ularga quloq solmadi. Sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishdan iborat xato taktikani qo’lladi.Chingizxonning son-sanoqsiz qo’shinlari mamlakatga boatirib kira boshlagach Xorazimshoh o’z tinchini, halovatini ko’zlab, mamlakat taqdirini o’z holiga tashlab, yaqin xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi ham xoinlik bo’ldi. Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, ruhiyatida o’chmas, asoratli iz qoldirdi. Xaqning cog’lom, vatanparvar kuchlari yurt ulug’larining bunday ikkilanishiga, xiyonatiga qaramay , muqaddas ona zaminni ko’krak kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashga tashlandilar.
Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, uning turli voqealarga boy bo’lganligini ko’ramiz. O’zbekiston tarixi juda qadimdan shakillanib kelgan. Tariximiz voqealarga boy b’lishi bilan bir qatorda juda ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Bu qiyinchiliklarni sanayversak uning cheki yo’q. Ahamoniylar bosqiniyu, Iskandar Zulqarnayin hujumlari, Arablaru, Mo’g’illar va keyinchalik Chor Possiyasining zulmlari. Shu bosqinlarga qaramasdan o’zbek xalqi o’zining borlig’i, urf-odatlari, an’analarini, hamma- hammasini saqlab qola oldi. Har bir bosqinga qarshi ajdodlarimiz shunday janglar olib bordiki ta’riflashga til ojizlik qiladi. Bu bosqinlarga qarshi ko’plab jasur va mard ajdodlarimiz mardonavar jang olib borishgan. Massagetlarning jasur malikasi To’maris, sak qabilasidan bo’lgan mard yigiti Shiroqning jasorati, Iskandarga qarshi so’g’d o’g’loni Spitamenning ko’rsatgan ajoyib jasorati, Arablarga qarshi Muqanna, Mahmud Tarobiy, Mo’g’illarga qarshi Xorazim o’g’lonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik jasoratlarini aytib o’tish mumkin.
Bular ichida buyuk Sohibqiron Amir Temurning qilgan ishlarini alohida aytib o’tish mumkin. U o’zbeklarning elat bo’lib shakillanishida katta yo’llarni ochib berdi. Birinchi navbatda u vatanimizni mo’g’illardan tozaladi va Movaraunnahr va Xurosonda buyuk davlatga asos soldi. Bulardan tashqari vatanimiz hududidan ko’plab buyuk davlat arboblari, buyuk mutaffakkirlar, olimlar, shoirlar etishib chiqqan. Ular jahon sivilizatsiyasining rivojiga katta hissa qo’shgan. Bular ichida Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Al-Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy Alisher Navoiy Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalarning ijodini alohida aytib o’tish mumkin. Xorazmiy o’zining "œAl-jabr Val Muqobala" asari bilan algebra faniga asos soldi. Beruniy esa dunyoda birinchi bo’lib erning dumaloq ekanligini isbotlab berdi va globusni yaratdi. Ibn Sino esa o’zining "œTib qonunlari" kitobi bilan dunyoga mashxurdir. Alisher Navoiy qilgan ishlarni vatanimiz balki jahonda ham ko’plab odamlar biladi deb aytsak ham xato qilmagan bo’lamiz. U o’zbek tilini yaratdi va o’zbeklarning hech kimdan kam emasligini isbotladi. Bularni sanayversak cheki yo’q.
Biz ajdodlarimizning qilgan ishlaridan faxrlansak arziydi. Biz ulardan o’rnak olishimiz va ularday vatanparvar, erksevar va vatan uchun hamma narsaga tayyor bo’lishimiz kerak va avlodlarga o’rnak bo’lishimiz zarur. Biz tariximizni ko’z qorchig’day asrashimiz va ularni to’laligicha kelgusi avlodlarga etkazib berishimiz shart va zarurdir.
Vatanimizda yashayotgan har bir inson millatidan, dinidan qat’iy nazar tariximizni bilishi kerak. Tarixni bilmagan insonning kelajagi ham bo’lmaydi. Tarixni bilmaslik bu o’zligini bimaslik degani. Tarixni bilgan insonning kelajagi porloq va sokin bo’ladi. Shunday ekan har-birimiz tariximizni o’rganaylik va uning ochilmagan qirralarini topib xalqimizga havola qilaylik va ajdodlarimizni ham tarixni bilishga undaylik.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligi muxbiriga bergan «O‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasining yuksak e’tirofi» mavzuidagi intervyusida ta’kidlaganlaridek, «O‘z-o‘zidan ravshanki, Toshkent shahriga Islom madaniyati poytaxti degan yuksak nom berilishi bizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Ayniqsa, necha yuz yillar mobaynida yurtimiz hududida yaratilgan buyuk madaniy va ma’naviy merosning tub mohiyatini, uning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan qirralarini nafaqat musulmon olami, balki butun jahon ahliga keng targ‘ib qilish, shu tariqa islom dini tinchlik, ma’rifat, yuksak axloq-odob ifodachisi ekanini yana bir bor namoyon etish borasida hali ko‘p ish qilishimiz zarurligini biz yaxshi anglaymiz».
Darhaqiqat, Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha nufuzli islom tashkiloti bo‘lmish AYSESKO tomonidan Toshkent shahriga 2007 yilda «Islom madaniyati poytaxti» degan nom berilishi yurtimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotida ulkan voqea bo‘lish bilan birgalikda, xalqimizning diniy qadriyatlarni asrab-avaylash, ulug‘ ajdodlarimizning merosini ardoqlash sohasida amalga oshirayotgan ezgu ishlariga berilgan yuksak baho hamdir.
Mustaqillik yillarida tarixiy qadriyatlarni tiklash, nafaqat yurtimiz, balki jahon tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk bobolarning muborak ismlarini ozod elimizning chinakam milliy ma’noda tiklangan tarixi sahifalariga zarhal harflar bilan bitish, xotiralarini ulug‘lash, necha yuz yillar osha ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatning o‘lmas yog‘dularini sochib, insoniyat yo‘lini yoritib turgan asarlarini o‘rganish borasida ko‘pgina xayrli tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Zero, Olloh ardoqlagan bu zaminda tarixning turli davrlarida poytaxt bo‘lmagan shahar, dunyoviy va diniy ilm sohasida yulduzdek nur taratgan olimu ulamolarni, shohu shoirlarni bermagan hududni topish qiyin.
Bu yurtning sehri, jozibasi shundaki, o‘zining ham ilmda, ham din, ham madaniyat va san’atda nom taratgan farzandlarini dunyo quchog‘iga sochish bilan birga, ulug‘ insonlarni o‘z bag‘riga ham ohanrabodek tortib kelgan, ularning aziz Vataniga aylangan.
Ana shunday ulug‘ zotlardan biri tasavvuf ilmining ustunlaridan bo‘lmish Xoja Yusuf Hamadoniy hazratlaridir.

Prezidentimizning tashabbuslari bilan 1993 yilda el orasida «Bahouddin Balogardon» (ya’ni baloyu ofatlarning oldini oluvchi) nomi bilan mashhur bo‘lgan Xoja Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yillik, oradan o‘n yil o‘tgach esa, ya’ni 2003 yilda ul zotning ustozlari, diyorimizda tasavvuf ilmining ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan donishmand, minglab shogirdlarning piri komili Abdulxoliq G‘ijduvoniy hazratlari tug‘ilganining 900 yilligi marosimlari keng nishonlandi. Shu singari ulug‘ anjumanlar munosabati bilan mamlakatimiz dunyodagi islom diniga e’tiqod qiluvchi insonlarning tabarruk ziyoratgohiga aylandi.


O‘sha qutlug‘ kunlarda bu muhtaram zotlarning ustozlari Yusuf Hamadoniy hazratlarining ham muborak nomlari bot-bot tilga olindi. Sababi shundaki, Xojagon, keyinchalik Naqshbandiya deb atalgan tariqatning asoschisi, Xojai Jahon nomi bilan mashhur bo‘lgan Abdulxoliq G‘ijduvoniy Shayx Yusuf Hamadoniyning to‘rtinchi shogirdi, Bahouddin Naqshband hazratlari esa Abdulxoliq G‘ijduvoniy tariqatining eng zabardast davomchisi edi.
Xojagon tariqatining o‘n bitta asosiy qoidasi bo‘lib, shundan to‘rttasini, ya’ni «Xush dar dam», «Nazar bar qadam», «Safar dar Vatan», «Xilvat dar anjuman» qoidalari aslida Yusuf Hamadoniy hazratlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, «Yodkard», «Bozgasht», «Nigohdosht», «Yoddosht» kabi qoidalar Abdulxoliq G‘ijduvoniy tomonidan qo‘shilgan. Naqshband hazratlari esa pirlari yo‘lini davom ettirib, ular yaratgan tasavvuf yo‘lining tarkibiga «Vuqufi adadiy», «Vuqufi zamoniy», «Vuqufi qalbiy» qoidalarini kiritib, mukammal holatga keltirdilar.
Bu maqoladan maqsadimiz ushbu qoidalarning mazmun-mohiyati, insonning imon-e’tiqodini mustahkamlash, to‘g‘ri yo‘lga boshlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritish emas. Katta diniy hamda tasavvufiy bilim, mulohaza va mushohada talab etadigan bunday mashaqqatli va sharafli vazifani sohaning mutaxassislariga havola qilamiz.
Gap shundaki, Naqshbandiya tariqati haqida gap ketganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, so‘zning avvali Yusuf Hamadoniydan boshlanadi. Biroq bu u kishining qayerda tavallud topgani, qanday ilmiy meros qoldirgani, qayerda vafot etgani haqida xalqimizga chuqurroq ma’lumot beradigan tadqiqot yaratilmagani yoki xorijda chop etilgan ishonarli risolalarning chop etilmagani ajablanarli holdir.
To‘g‘ri, 2003 yilda «Fan» nashriyoti tomonidan professor Orif Usmonning «G‘ijduvoniy ta’limoti» nomli ixchamgina risolasi nashr qilingan. Bu kitobchada Yusuf Hamadoniy hazratlari haqida ham birmuncha ma’lumotlar qalamga olingan bo‘lib, jumladan «Bul ulkan mutasavvif donishmand zot aslan Eronning Hamadon shahri yonidagi Buzonjird qishlog‘ida 1048 yilda dunyoga kelgan. O‘n sakkiz yoshida Bag‘dodga borib fiqh ilmini o‘rgangan. Isfahon, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Hirot shaharlarida bo‘lgan. Umrining yarmini A’rob, Xuroson yurtlarida o‘tkazgandan so‘ng Turkistonni yoqtirib qolib, Buxoroga kelgan va shu yerda xonaqoh, masjid ochib, shogirdlarni tarbiyalashga kirishgan, tasavvufiy ta’limot ishlarini boshlagan. Uning Barraqiy, Andoqiy, Yassaviy va G‘ijduvoniy kabi eng yirik to‘rt nafar mumtoz shogirdlari bo‘lgan. Boshqa shogirdlari ham ko‘p bo‘lib, sanog‘i hech kimga ma’lum emas» deyiladi.
Yana shu kitobchada «Xojai Jahon — Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy risolasida Shayx Yusuf Hamadoniyning tug‘ilgan joyi Eronning Hamadon shahri yonidagi «G‘animiyo» degan mahalla ekani ta’kidlanadi», deb yozilgan.
Muhtaram olimimizning ta’kidlashlaricha, «G‘ijduvoniy yozuvlarida Yusuf Hamadoniy Samarqandda vafot etib, o‘sha yerda dafn etilganliklari haqida ishoratan aytiladi. Ul mo‘’tabar zotning vafotlari haqida boshqa ma’lumotlar ham bor. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Shayx Yusuf Hamadoniy 1140 yilda Hirotga boradi. U yerdan qaytib kelayotib, 90 dan oshib, keksayib qolgan Yusuf Hamadoniy baland va sovuq Shibor dovonidan oshib o‘tayotib, shamollab qoladi. Natijada Bomiyon (Afg‘oniston) shahriga yetib kelib, qattiq betob bo‘lib qoladi va o‘sha yerda olamdan o‘tadi. Shayxning vasiyatlariga ko‘ra, u Marvga dafn etiladi. Hozir ham Shayxush-shuyux Yusuf Hamadoniyning qabrlari Marv shahrida saqlanadi. Ul mo‘’tabar zotning sharofatlari bilan (u kishi dafn etilgandan so‘ng) Marv «Xuroson Ka’basi» deb atala boshlagan ekan.
Har holda buzrukvor zotlarning dafn etilgan joylari bitta emas, bir nechta joyda bo‘ladi. Shuning uchun hazrati G‘ijduvoniy yozib qoldirgan ma’lumot bilan birga so‘nggi ma’lumotlarni ham keltirib o‘tdik. Keyinchalik olimlarimizning izlanishlari bu bahsli masalaga ham aniqlik kiritsa kerak, deb o‘ylaymiz».
Ammo, asarda ushbu so‘nggi ma’lumotlarning qaysi manbadan olingani aytilmaydi. Muammo ochiqligicha qoldiriladi.
Shu yil gazetalardan birida e’lon qilingan jurnalist Sotim Avazning «Xoja Yusuf Hamadoniy» maqolasida esa ushbu masalaga sal chuqurroq yondashiladi. Muallif Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarlaridagi Xoja Yusuf Hamadoniyning vafoti munosabati bilan aytilgan «...Marv azimatiga murojaat qilganda, yo‘lda besh yuz o‘ttiz beshda favt bo‘ldi va andaki favt bo‘ldi dafn qildilar va necha vaqtdan so‘ngra Marvga naql qildilar va mozori Marvdadir,» degan fikrni keltiradi.
Maqola muallifi ayni paytda Yusuf Hamadoniyning «Rutbat ul hayot» («Hayot mezoni») asari haqida so‘z boshi yozgan tarjimonlar Sayfiddin Sayfulloh hamda Nodirxon Hasanlarning hazratning 535 hijriy (1141 milodiy) yilda Afg‘onistonning Bomiyon shahrida vafot etganligini va dafn qilinganligini, vasiyatiga ko‘ra jasadi muridlar tomonidan Marvga ko‘chirib ketilganligini va dafn qilinganligini aytganlarini ta’kidlab, «Albatta, tarjimon olimlar ishonchli bir dalilga ega bo‘lsalar kerakki, hatto eng mo‘’tabar manbaga ham aniqlik kiritmoqchi bo‘lishgan,» degan xulosaga keladi, biroq, «mo‘’tabar manba» deganda nimani nazarda tutayotganini bayon etmaydi.
Shu o‘rinda professor Orif Usmonning ham, jurnalist Sotim Avazning ham mulohazasini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, deyishdan yiroqmiz.
Aksincha, Sotim Avazning ushbu masalani chuqurroq o‘rganishga harakat qilgani, qiziqarli dalillarni keltirgani maqtovga sazovordir. U Hazratning qabri Marv shahridagi mo‘’tabar ziyoratgoh ekani bugungi kunda haqiqatga zid ekanini qayd etib, «Turkmanistonning hozirgi Bayramoldi shahri hududida qadimiy Marvning vayronalari joylashgan va u yerda haqiqatan ham Yusuf Hamadoniyning qabri bor. Uning atrofida salobatli maqbara yoki ziyoratgoh majmua emas, odam bo‘yidan xiyla baland ko‘shksimon minora o‘rnatilgan. Ajabki, bundan bir necha yil oldin xorazmlik bir guruh ilmu ijod namoyandalari tashrif buyurgan paytimizda u yerda juda kam odamni uchratdik», deydi.
Qizig‘i shundaki, Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi uch gumbazli ulkan maqbara ichida Yusuf Hamadoniy bilan birga G‘avsul A’zam pir hamda Saidiy Hamadoniy hazratlarining qabrlari bor. Muallifning ta’kidlashicha, «Nafaqat Xorazm, balki yaqinu yiroqdan, shu jumladan Turkmanistonning katta qismidan ham mahalliy aholi Yusuf Hamadoniyning qabri shu yerda degan ishonchda. Har kuni kamida yuzdan ziyod, chorshanba kunlari va hayit bayramlarida esa mingga yaqin ziyoratchilar bu maskanga tashrif buyurishadi.»



Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish