O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Adabiy-nutqiy kompetensiyalar



Download 1,37 Mb.
bet37/341
Sana29.09.2021
Hajmi1,37 Mb.
#188706
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   341
Bog'liq
5 sinf adabiyot konspektkompetensiyal

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.

2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biridir. Ertakning paydo bo‘lishida qadimiy urf-odat, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o‘rin tutgan.

Ertak atamasi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydi va biror voqeani og‘zaki hikoya qilish ma’nosini bildiradi.

Hayot haqiqat bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan. didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertakning ba’zi bir viloyatlarda boshqacha atamasi ham uchraydi. Masalan, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada — matal, Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda - ushuk, Xorazmda - varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida cho‘pchak atamasi ham ishlatiladi.

Ertaklarda xayoliy uydirmalar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular o‘ziga xos qurilishi bilan ham ajralib turadi. Ertak kirish qismi, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil topadi. Ba’zi ertaklar «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki cho‘pon) bo‘lgan ekan», «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot» kabi qisqagina boshlamalar bilan boshlansa, ba’zi boshlamalar ancha uzun bo‘ladi. Masalan, mana bu boshlamaga e’tibor bering: «Ertagiyo ertagi, echkilarning bo‘rtagi, qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, ola qarg‘a azonchi, qora qarg‘a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to‘rg‘ay to‘qimchi ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo‘ri bor. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan...»

Ertaklar «Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetdilar», «Shu bilan Ayoz podsho bo‘lib, o‘zining donoligidan xalqni odillik bilan so‘rab, mamlakatda adolat o‘rnatgan ekan» kabi tugallanmalar bilan yakunlanadi.



Siz o‘tgan darslardan ertaklarning bir necha turlarga bo‘linishini bilib olgan edingiz. «Uch og‘a-ini botirlar» turiga ko‘ra maishiy ertaklarga kiradi. Ertakning voqealari juda qiziqarli bo‘lib, tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Qadim zamonda o‘rtahol bir kishi bo‘ladi. Uning uch o‘g‘li bo‘ladi. O‘g‘illarini safarga kuzatib qo‘yishdan oldin ularga shunday pand-nasihatlar qiladiki, biz bu pand-nasihatlardan ushbu kishining qanday odamligini osongina bilib olamiz. «O‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib qolmanglar deb, sizlarni o‘qitdim», — deydi u. Haqiqatan ham o‘qigan odam dunyoni taniydi, oq-qoraning farqiga boradi. Ilmli va hunarli odam hech qachon xor bo‘lmaydi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish