O`quvchilarda psixokorrektsion faoliyatning mazmuni va tamouillari


 Shaxsning kommunikativ sifatlarini rivojlantirish va korrektsiya



Download 496,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana10.02.2022
Hajmi496,65 Kb.
#441644
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
shaxsning kommunikativ sifatlarini rivojlantirish usullari

2.2. Shaxsning kommunikativ sifatlarini rivojlantirish va korrektsiya 
qilish usullari 
Psixologik tashxisning natijalari kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy 
malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Tashxisda mavjud Psixologik 
muammolar ravshanlashadi, ularning yechimini topish zarurati borligi aniqlanadi. 
Muammolar yechimi faoliyatning tarkibiy qismlarida, vazifalarni oqilona 
taqsimlashda o`z aksini topishi mumkin. 
Psixologik tashxis quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
- birinchisi – shaxsni har tomonlama o`rganish, tashxis qilish yoki o`zini-
o`zi tashxislash; 
- ikkinchisi- pyedagoglar jamoasi tomonidan ta’limiy-tarbiyaviy 
jarayonning samaradorligiga erishishni ta’minlash. 
Psixologik tashxis o`quv-tarbiyaviy jarayonni tadqiq qiladi. Uning 
myetodlari ilmiy-Psixologik tadqiqot myetodlaridan shu bilan farq qiladiki, u 
alohida o`spiringa yoki o`quvchi-yoshlar guruhiga dolzarb Psixologik tadbirlarni 
qo`llashni ko`zda tutadi. 
O`quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga xizmat qiluvchi Psixologik 
tashxis har bir ryejali o`quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanib, tahsil oluvchi 
o`quv matyerialini qanday o`zlashtirayotganini doimo ko`zatib boradi, tarbiyaviy 


42 
jarayondagi muammolarning yechimini topishga harakat qiladi. Mohir pyedagog 
o`quv jarayonida tug`iladigan qiyinchiliklarni boshqalardan ko`ra yaxshiroq 
tushunadi. 
Mashg`ulot o`tkaziladigan sharoitlardan qat’i nazar o`quv jarayonining 
samaradorligiga xizmat qiluvchi tashxis quyidagi maqsadlarga yo`naltirilishi 
kyerak: 
- ta’lim natijasi noto`g`ri baholanganda ichki va tashqi tahrirga; 
- ta’limdagi kamchiliklarni aniqlashga; 
- ta’limning muvaffaqqiyatli natijalarini tasdiqlashga
- o`quv jarayonining kyeyingi bosqichlarini ryejalashtirishga; 
- ta’lim-tarbiyadagi muvaffaqiyatlarni rag`batlantirish orqali motivatsiya 
paydo qilishga va kyeyingi murakkab qadamlarni yo`naltirishga; 
- o`quv-tarbiyaviy sharoitlarni yaxshilashga. 
Nufuzli Amyerika ma’lumotnomalarining (Lindguits) birida Psixologik 
tashxis vazifalari (Yedicational Myeasuryemyent)ga yirik boblar uchun o`rin 
ajratilgan: o`qitish jarayonida uslubiy yordam ko`rsatish, ta’lim-tarbiya jarayonini 
takomil-lashtirish, o`quv maskanidagi ijtimoiy pyedagog maslahati, tarbiyaviy 
jarayonda ta’limning o`rnini aniqlash (Plaziyering) dan iborat. Dyemak, ilmiy 
asoslangan Psixologik tashxis o`quv-tarbiyaviy jarayonning mazmunini boyitishga 
xizmat qiladi.
Bugungi kunda Psixologik tashxisning shunday tamoyillarini ishlab 
chiqish lozimki, bu tamoyillar tarbiyalanuvchi yoshlarning shaxsiyatiga zarar 
kyeltirmasligi, ularning Psixologik daxlsizligini ta’minlashi, milliy qadriyatlar, urf-
odatlar, an’analar orqali ularga ijobiy ta’sir ko`rsatishi zarur. Bu esa milliy 
korryektsiyalash myetodikalarini ishlab chiqish dolzarbligini isbot etadi. 
Psixologik tashxis funktsiyalari aynan shu nuqtai nazardan kyelib chiqadi:
- tyeskari aloqa funktsiyasi-ko`zlangan o`quv-tarbiyaviy maqsadlarga 
erishish shakllari va yo`llarini tahlil qilish; 
- maqsad va vazifalarni byelgilash funktsiyasi- jamoaning taraqqiy qilish 
itsiqbollarini, itsiqboliy ryejalarini aniqlash; 


43 
- taqsimot funktsiyasi-jamoa a’zolari o`rtasida burch va vazifalarni
taqsimlash; 
- yaratish funktsiyasi- kattalarning yoshlar bilan muloqot qilishining 
sog`lom muhitini tarkib toptirish; 
- Psixologik tajribani o`rganish va umumlashtirish funktsiyasi
- Psixologik korryektsiyalash funktsiyasi- yoshlar xulqidagi, ta’limiy 
faoliyati, tarbiyaviy jarayondagi nuqsonlarni bartaraf etish vazifasini o`taydi, 
ta’lim byeruvchi va ta’lim oluvchilarni attyetsatsiyalashda qo`l kyeladi; 
- motivatsiya va rag`batlantirish funktsiyasi-o`quvchi-yoshlarning hamda 
murabbiy-o`qituvchilarning ta’lim 
olish va 
ta’lim byerish faoliyatini 
rag`batlantirishni, tashqi stimullarni adyekvat qabo`l qilishni nazarda tutadi. 
Tarbiyaviy jarayonda komillikka intilishni kuchaytiradi; 
- nazorat funktsiyasi-ta’limiy-tarbiyaviy jarayonda turli xil nazorat turlarini 
o`tkazishni nazarda tutadi, chunki tashxis ma’naviy-ma’rifiy jarayon holati 
to`g`risidagi axborotga ega bo`lishni bildiradi. 
Rus olimi N.S. Suntsovning ta’kidlashicha, Psixologik tashxis qo`yidagi 
tamoyillar asosida olib boriladi: maqsadga yo`naltirilganlik; aniqlik va 
ishonarlilik; tizimlilik va o`zviylik( 127, 48 ). 
Tashxisning maqsadga yo`naltirilganligi avvalambor, tashkiliy shakl, 
vosita va myetodlarning oxirgi natijalar bilan mutanosibligi va pyedagoglarning 
kasbiy talablari: o`quv-tarbiyaviy 
ishlarning samaradorligini 
oshirishga 
qaratilganligi bilan byelgilanadi. 
Tashxisning ma’lum ob’yektga yo`naltirilganligi ta’lim byerishda 
o`quvchi-yoshlarning, tarbiyachi-o`qituvchilarning individual tafovutlarini hisobga 
olish, ularning intyellyektual rivojlanishlari, jinsi, ijtimoiy nufo`ziga qarab 
byelgilanadi. 
Tashxisning aniqlik va ishonarlilik muolajalari myetod va vositalarning 
ilmiy asoslariga bog`liqligi bilan byelgilanadi. 
YOshlarning tarbiyalanganlik darajasini o`zviy va tizimli tashxis qilish 
ko`p jihatdan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatning qo`p qirraligi va shaxsning ijtimoiy-


44 
individual xususiyatlarining xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, yoshlarning 
bilimlarni idrok etishiga uning ilgarigi tajribasi, aqliy rivojlanish darajasi salmoqli 
ta’sir ko`rsatadi. Agar yangi matyerialga aniq bo`lmagan yoki noto`g`ri tasavvurlar 
va tushunchalar qo`shilsa, bu yangi taassurot yoshlar ongida noadyekvat tarzda joy 
egallaydi. Natijada ularda xato bilimlar, noto`g`ri malakalar to`planib qolishi 
mumkin. Bu esa yoshlarning xatti-harakatlarida, axloqiy xulq normalaridan 
chyekinish alomatlarining paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.
Faoliyatimiz davomida olib borilgan ta’limiy ekspyerimyent natijalari shuni 
ko`rsatdiki, logopyedik mashg`ulotlarni noan’anaviy tarzda tashkil etish va ularni 
o`yin shaklida olib borish yaxshi samara byeradi. Bu faoliyatga bolaning o`zi faol 
qatnashib borganligi sababli, oldimizga qo`yilgan maqsadga erishish oson 
kyechadi. Mana shu omillarni inobatga olgan holda tovushlar talaffo`zidagi 
kamchiliklarni bartaraf etishda logopyedik o`yinlardan unumli foydalanishni 
tavsiya etamiz. 
Ma’lumki, tovushlar talaffo`zidagi kamchiliklarni bartaraf etishda uning 
sabablariga 
alohida 
e’tibor byeriladi. CHunki, artikulyatsion motorika 
harakatchanliginint yetishmasligi va fonyematik idrokning rivojlanmaganligi 
tovushlar talaffo`zidagi kamchiliklarni kyeltirib chiqarishi hammaga ma’lum. 
Dastavval, artikulyatsion motorikani harakatchanligini oshirish ishlaridan 
boshlash lozim. Fonyematik idrokni shakllantirish va rivojlantirish ishlari esa 
tovushni nutqqa qo`yish va mustahkamlash ishlari bilan parallyel ravishda olib 
boriladi. 
Quyida biz, tovushlar talaffo`zidagi kamchiliklarni bartaraf etishda
foydalanish mumkin bo`lgan o`yinlar guruhni kyeltirib o`tamiz. 
O`zbyek tilimizning xususiyatlaridan kyelib chiqib, bolalarni to`g`ri 
talaffo`zga 
o`rgatishda 
logopyedik o`yinlardan foydalanish yo`llarini 
takomillashtirish maqsadida boy abadiy myerosimizdan namunalar kyeltiramiz. 
SHu bilan birga, bolalarga komplyeks ta’sir qilishni tashkil qilish maqsadida 
va nutqni rivojlantirish uchun yordamchi vosita sifatida barmoq mashqlarini 
qo`shib borishni tavsiya etamiz. 


45 
Artikulyatsion motorikani rivojlantirish bo`yicha o`yinlar. 
Artikulyatsion apparat harakatining aniq bajarilishi tovushlar talaffo`zini 
to`g`ri rivojlanishiga imkon byeradi. 
Artikulyatsion apparatning aniq harakatiga erishish uchun ega artikulyatsion 
mashqlardan foydalaniladi. Bu mashg`ulotning asosiy vazifasi bolalarda nutq 
apparatining, ya’ni til, lab, pastki jag` va tilchaning harakatchanligini 
rivojlantirishdan iborat. 
Quyida artikulyatsion motrikani rivojlantirish bo`yicha olib boriladigan 
o`yinlardan namunalar kyeltiramiz. 
«SHirin murabbo». 
Maqsad: Til harakatini faollashtirish. 
O`yiniing borishi: Tarbiyachi bolalarga murabbo yalayotgan qizchaning 
rasmini ko`rsatib, shunday dyeydi: «Murabbo juda ham shirin. Qizchaning 
yuqorigi labiga surkalib qoldi. YUqorigi labga surkalib qolgan murabboni tilimiz 
bilan yalaymiz. Mana bunday (ko`rsatiladi). Murabboni endi sizlar tilingiz bilan 
yalanglar». 
Myetodik ko`rsatma: Mashqni takrorlash vaqtida bolalar til uchini pastki 
tishlarga tiramasin, fak,at til ishlasin. Lablar va pastki jag` harakatsiz bo`lsin. Bu 
holatni nazorat qilib turish lozim. 
«Tishimizni tozalaymiz». 
Maqsad: Til harakatini faollashtirish. 
O`yinning borishi: Bolalar stulchalarida tarbiyachilarga qarab o`tirishadi. 
U bolalarga rasmni ko`rsatib, shunday dyeydi: «Qaranglar, mana bu bola tishini 
qanday tozalayapti. Hozir bizlar ham tishlarimizni tozalaymiz, faqa
t tish щyotk
asi 
bilan emas, balki tilimiz bilan tozalaymiz. Qaranglar, myen tishimni qanday 
tozalayman. (Tili bilan yuqorigi tishni ichki tomondan tozalaydi). Endi hammamiz 
tilimiz bilan yuqorigi tishlarimizni ichki tomonidan tozalaymiz. Tishlaringizni 
yaxshilab tozalanglar, tishlaringiz yaraqlab tursin». 
Tarbiyachi bolalarni birma-bir chaqirib, til bilan tishlarni qanday tozalash 
kyerakligini ko`rsatishni taklif etadi. 


46 
Myetodik ko`rsatma: Mashqni og`izni ochib turgan holatda bajarish 
kyerak. Tilning uchi yuqorigi kurak tishning ichki tomonidan bo`lib, o`ng va chap 
tomonga harakat qilish kyerak. Bu paytda pastki jag` va lablar harakatsiz bo`lishi 
lozim. Lablar kulgi holatda bo`lib, tishlar ko`rinib turadi. YUqorida aytilgan 
holatlarning barchasini tarbiyachi nazorat qilib borishi darkor. 
«Otlar». 
Maqsad: Til uchini faollashtirish. 
O`yinning borishi: Bolalar kyetma-kyet turadilar. Tarbiyachining «kyetdik» 
dyeyishi bilan bolalar bir-birlarini kyetlaridan yurib, otlarning tuyoq tovushini aks 
ettirish uchun til uchi bilan shaqillatadilar va byelgilangan joyga kyelib 
to`xtaydilar. Tarbiyachi shunday dyeydi: «Endi kimning oti tuyog`i bilan yaxshi 
taqillata olishini tyekshiramiz». Tarbiyachi ikki bolani chiqarib, qarama-qarshi 
tomondan bir-biri tomon yurishni (Huddi otning yurishidyek) taklif etadi. Qolgan 
bolalar ot tuyog`ining taqillashiga quloq solib turadilar. SHunday qilib, bolalar 
navbatma-navbat bu mashqni bajaradilar. 
Myetodik ko`rsatma: Til uchini yuqoriga to`g`ri ko`tarish kyerak. Agar bola
til uchi bilan turtishni bilmasa, bunday bola bilan alohida ish olib borish zarur. 
Alohida ish olib borilganda quyidagi mashqni bajartirish mumkin. Tilning 
uchiga sariyog`ning kichkinagina bo`lakchasi dyeyiladi va boladan bu yog`ni 
tanglayga olib borib surish taklif etiladi. 
«Byekinmachok» 
Maqsad: Til uchini faollashtirish. 
O`yinning borishi: Bolalar stulchalarida tarbiyachiga qarab o`tiradilar. 
Tarbiyachi bolalarga: «Hozir biz byekinmachoq o`yinini o`ynaymiz, lyekin bizlar 
byekinmaymiz, balki bizning tilchamiz byekinadi. Qaranglar, myening tilcham 
qanday yashirinadi, sizlar uni hatto ko`ra olmaysizlar (tilini byerkitadi). Bolalar 
og`zingizni shunday oching-ki, tilingiz pastki tishlar ustida tursin, endi tilingizni 
ichkariroqqa yashiring, lyekin og`zingizni yopmang. 


47 
Myetodik ko`rsatma: Bolalar tinch o`tirishlari va gavdalarini to`g`ri tutishlari 
kyerak. Bolalar tilni orqaga so`rganlarida og`izlarini yopmasliklari lozim. Til uchi 
doimo pastda bo`lishi kyerak. 
«Tishlarimizni yashiramiz». 
Maqsad: Lab harakatini faollashtirish. 
O`yinning borishi: Bolalar tarbiyachiga qarab o`tirishadi:
 
«Qaranglar, myen 
yuqorigi tishlarimni ko`rsata olaman (ko`rsatadi). Endi yuqorigi tishlarimiz 
ko`rishmasligi uchun uni yuqorigi labimiz bilan yashiramiz. Tishlarim 
ko`rinyaptimi? Bolalar, yuqorigi tishlarimizni mana bunday qilib ko`rsating. Endi 
tishlaringizni yashiring. Ularni lablarimiz bilan yashiramiz. Tishlar 
ko`rinmayapti». 
Myetodik ko`rsatma: Bolalar tinch o`tirishlari lozim. YUqorigi lab bilan 
qilinadigan harakat osoyishta, zo`riqmay bajarilishi kyerak. Tishlarni bir-biriga 
jipslashtirmaslik darkor. YUqorigi-oldingi tishlarini ko`rsatib turish vaqti 4-6 
syekundgacha davom etishi mumkin. 
«CHumchuqlarni boqish». 
Maqsad: Pastki jag` harakatini faollashtiriga. 
O`yinning borishi: Bolalar tarbiyachiga qarab o`tirishadi, tarbiyachi esa 
bolalarini ovqatlantirayotganday ona chumchuq tasvirlangan rasmni bolalarga 
ko`rsatib, shunday dyeydi: «Hozir birgalashib bir o`yin o`ynaymiz. Sizlar 
chumchuq bo`lasizlar, myen esa ona chumchuq bo`laman. Ona chumchuq don olib 
kyeldi. Hamma chumchuqlar og`izlarini ochishadi. Donni yeyishdi va og`izlarini 
yopishdi». Bolalar bu harakatni bir nyecha marta takrorlashadi. 
Myetodik ko`rsatma: Bolalar tinch o`tirishlari, og`izni ochish va yopish 
vaqtida boshlarini u yoq – bu yoqqa tashlamasdan to`g`ri tutib turishlari kyerak. 
Og`izni ochiq holatda saqlab turish vaqti asta oshirib boriladi. Ammo u 4-6 
syekunddan oshmasligi kyerak. 
«Kim kulishni biladi?» 
Maqsad: Lab harakatini faollashtirish. 


48 
O`yinning borishi: Tarbiyachi o`tirgan bolalardan shunday dyeb so`raydi: 
«Oralaringizda kim ovoz chiqarmasdan kulishni biladi? Kulganingizda myen 
sizning ovozingizni eshitmay, faqat kulayotganlaringizni ko`ray. Qaranglar myen 
qanday kulaman («e» tovushini o`zicha talaffo`z etib, qanday kulish kyerakligini 
ko`rsatadi.) Endi bolalar, hammamiz birgalikda kulamiz». SHundan kyeyin 
tarbiyachi ovozsiz kulish harakatini yaxshi bajargan bolalarni bir-bir chaqirib, 
boshqa bolalarga bu harakatlarni namuna tariqasida ko`rsatadi. 
Myetodik ko`rsatma: Tarbiyachi bolalarning yengil kulishini, ya’ni 
burunlarini jiyirmay, lablarini oldinga ortiqcha cho`zmay, og`izlarini kyeng 
ochmay kulishini ko`zatib byeradi. 
«Xokkyey». 
Maqsad: Til harakatini faollashtirish. 
O`yinning borishi: Tarbiyachi o`tirgan bolalardan shunday dyeb so`raydi: 
«Bolalar, xokkyey o`yini qanday o`ynalishini bilasizmi? (Tushintiradi). Hozir 
birgalikda xokkyey o`yinini o`ynaymiz. Faqat klyushka o`rnida og`zimizdan 
foydalanamiz. Endi shaybani (no`xatni) klyushka bilan (tilimiz) maydonda 
(og`zimizda) harakatlantiramiz. (Tarbiyachi qanday bajarish kyerakligini 
tushuntirib, ko`rsatib byeradi)». 
«Fokus». 
Maqsad: Tilni yuqoriga ko`tarish va havo oqimini tilning o`rta qismiga 
yuborishga o`rgatish. 
O`yinning borishi: Jilmayish, og`izni sal ochib, tilning oldingi kyeng qirrasini 
yuqorigi labga qo`yish, tilning chyekka qirralari og`iz burchagiga tyegib tursin. 
Tilning o`rta qismida esa kichkina tarnovcha hosil bo`lsin va shunday holatda 
burun uchiga qo`yilgan paxta puflab tushirilsin. Agarda havo oqimi tilning 
o`rtasidan o`tsa, u vaqtda paxta yuqoriga qarab uchadi. 
Myetodik ko`rsatma: 
1. Pastki jag` harakatsiz bo`lsin. 
2. Tilning yon qirralari yuqorigi lablarga tyegib tursin. 


49 
3. Pastki lab qiyshaymasin va pastki tishlarga tyegmasin. 
«Itoatsiz tilni jazolash». 
Maqsad: Til muskullarining bo`shashishiga yordam byerish. 
O`yinning borishi: Bu mashq quyidagicha o`tkaziladi: tilni kyeng va tinch 
holatda bo`lishi uchun og`izni bir oz ochib, tilni syekingina pastki labga qo`yib, 
«yuqorigi lab bilan tilni «pya-pya-pya» dyeb shaqillatish kyerak. Birdan 
byeshgacha yoki ungacha sanaguncha og`izni ochib, kyeng tilni tinch holatda 
ushlab turish kyerak». 
Myetodik ko`rsatma: Pastki lab iloji boricha burilib kyetmasligi va pastki 
tishlarga tyegmasligi kyerak. 
Agarda mashq to`g`ri bajarilayotgan bo`lsa, paxta bir tomonga og`adi. 
«Kim yaxshiroq naycha qiladi?». 
Maqsad: Lab harakatlarini faollashtirish. 
O`yinning borishi: Bolalar yarim doira shaklida o`tirishadi. Tarbiyachi 
bolalarga naycha tasviri chizilgan rasmni ko`rsatib, ularga lablarni oldinga cho`zib, 
naycha qilishni taklif etadi. «Qaranglar bolalar, myen qanday qilib naycha hosil 
qilaman», dyeb lablarini oldinga cho`zib ko`rsatadi. Tarbiyachi «Naycha qilamiz» 
dyeyishi bilan bolalar lablarini oldinga cho`zadilar, «Naycha chalishdan 
to`xtaymiz» dyeyishi bilan esa bolalar lablarini oldingi holatiga qaytaradilar. 
Myetodik ko`rsatma: Lab harakatlari vazmin va hyech qanday kuch talab 
qilmasligi kyerak. Bola lablarini oldinga cho`zarkan, og`iz ochilmasligi va pastki 
jag`ini oldinga chiqarmasligi kyerak. Buni tarbiyachi doimo e’tibor bilan ko`zatib 
borishi lozim. 
«Lablar dumaloq, huddi tyeshikkulchaga o`xshash». 
Maqsad: Lab harakatini faollashtirish. 
O`yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga tyeshikkulcha tasvirlangan rasmini 
ko`rsatadi va shunday dyeydi: «Bolalar kim labini huddi tyeshikkulchaga 
o`xshatib, dumaloq shaklga kyeltira oladi. Maka bunday qilib (ko`rsatadi). Lablar 
dumaloq bo`lishi uchun tarbiyachi «O» tovushini talaffo`z etib ko`rsatadi. 


50 
Tarbiyachi navbat bilan bir nyecha bolani chaqirib mashqni bajarishni taklif qiladi. 
So`ngra hamma bolalarga lablarini dumaloq shaklga kyeltirishni taklif etadi». 
Myetodik ko`rsatma: Tarbiyachi bolalar mashqni zo`riqmasdan bajarishlarini 
ko`zatadi. Og`iz ochiqroq bo`ladi. 
«Quvnoq tilcha». 
Maqsad: Til harakatini faollashtirish. 
O`yinning borishi: Bolalar stulchalarida tarbiyachiga qarab o`tiradilar. 
Tarbiyachi bolalarga shunday dyeydi: «Hozir myen sizlarga bir qiziq voqyeani 
aytib byeraman. To`gri o`tirib, hammangiz diqqat bilan quloq solinglar. Bir tilcha 
bor ekan. U o`z uyida yashar ekan. Bir kuni uyg`onib, ko`chaga chiqmoqchi 
bo`libdi (til og`izdan chiqariladi) quyosh bormikan, dyeb yuqoriga qarabdi (til uchi 
yuqoriga ko`tariladi) kyeyin ko`lmakcha bormikan, dyeb pastga qarabdi (til uchi 
pastga tushadi). Tilchaga ko`cha yoqib qolibdi va aylangisi kyelib qolibdi (til uchi 
yuqoriga, pastga, chapga, o`ngga harakatlantiriladi). Tilcha charchab qolibdi. Kuch 
to`plash uchun sut ichmoqchi bo`libdi. Sutni mushukka o`xshab ichibdi (til bilan 
yalash harakati bajariladi). Tilchaning qorii to`yibdi. Lyekin lablarida sut yuqini 
yalabdi. 
Avval yuqori kyeyin pastki lablarini tozalabdi (yuqorigi va pastki lablar 
yalanadi). Kyeyin yuqorigi va pastki tishlarini ham shu tartibda tozalabdi. 
Tilchaning yana yayragisi kyelibdi. Byelanchakni ko`rib, unda ucha boshlabdi (til 
goh burun tomonga, goh iyak tomonga harakatlantiriladi). Byelanchakda 
uchishdan zyerikibdi. Endi otda yurgisi kyelib qolibdi (til uchi tanglayda 
shaqillatiladi). 
Tilcha charchab qolibdi. U uyiga kirib, eshiklarini yopib uxlabdi. (Til og`iz 
ichiga tortilib, og`iz yopiladi)». 

Download 496,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish