O'QUVCHILARDA JISMONIY TARBIYA VA SOG'LOM TURMUSH TARZIGA OID KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH. MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………….3 I.BOB.O’QUVCHILARDA SOGLOM TURMUSH TARZINI SHAKL- LANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI…………………………………….5 1.1.Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik asoslari………………………………………………5
1.2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedogogik tizimi……………..…………………………………6
1.3 O’quvchilar tibbiy gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzini asosi…………………………………………….…………………………………10
IIBOB.BOSHLANGICH SINF O’QUVCHILARIDA SOG’LOM TUR- MUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH USULLARI VA VOSITALARI...…13 2.1. O’quvchilarni turli xil kasalliklar, zararli odat va ta’sirlardan himoya qilish usullari…………………………………….………………………………..13
2.2. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish sog’lom turmush tarzini shakllantirishda asosiy vositadir…………………..………………………………16
Xulosa……………………………………………………………………….22
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….26
KIRISH Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin demakratik va erkin huquqiy jamiyat barpo etish yo’lida mustaqil fikrlovchi, aqliy, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyati kun tartibiga qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Sog’lom avlod” Davlat dasturi mazmunida insonni intellektual va ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash, o’quvchilarda sog’lom tarzini shakllantirishni taqozo etmoqda.
Inson, uning hayoti va salomatligini ta’minlash, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash bugungi kunda dolzarb ijtimoiy masala darajasiga ko’tarilmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov sog’lom turmush tarzini jamiyat a’zolari ongida qaror toptirish kechiktirib bo’lmaydigan muammo ekanligini qayd etib, 2005-yilni mamlakatimizda “Sihat- salomatlik yili” deb e’lon qildilar. Demak, ushbu muammoning dolzarbligini quyidagi omillar bilan ifodalanishi joiz deb topdik;
sog’lom turmush tarzuni shakllantirish dolzarb ijtimoiy buyurtma ekanligi; keyingi yillarda ekologiyaning keskin o’zgarishi, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi;
o’rta ummuta’lim maktablarida, xususan boshlang’ich sinflarda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish muhim bosqich ekanligi;
mamlakatimiz ravnaqi uchun har tomonlama kamol topgan ( ham ma’nan, ham jismonan yetuk) insonlarni voyaga yetkazish talab va ehtiyojining kuchayganligi bilan belgilanadi.
Sog’lom avlodni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzi qaror toptirish, insonning salomatligini har tamonlama muhofaza qilish ajdodlarimiz merosida to shu kungacha o’z aksini topib kelmoqda.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik shart- sharoitlarini aniqlash;
sog’lom turmush tarzi asoslarining boshlang’ich sinflardagi usul va vositalarining samaradorligini aniqlash; dars va darsdan tashqari jarayonda boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom tarzini shakllantirishning o’ziga xos jihatlari nazariy yechib berildi;
Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda dars mashg’ulotlari tahlil etildi;
Sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha boshlang’ich sinflarda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish sharoitlari belgilandi.