O’quvchilar tarbiyasida maktab, oila, jamoatchilik hamkorligi


Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari



Download 47,98 Kb.
bet7/9
Sana09.03.2022
Hajmi47,98 Kb.
#487197
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi 7

Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari. Bola rivojlanishining, o'zligini bilishning asosiy omili - bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondashilgan qoida maktab hayotining hamma jabhalarida ta'lim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi. Faoliyat o'quvchilar bilimlarim mustaqil egallashga undaydi, ularni qay ixtisosga moyilliklarini aniqiashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o'zlashtirishlariga yordam beradi. O'quvchilarni birinchi sinfdan boshlab imkoniyat darajasidagi foydali mehnat bilan shug'ullanishlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko'pchilik jamoa bo'lib bajarilganida yaxshi natija beradi.
O'rgatish. Ijodiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida o'quvchiiarning bajarishlari uchun rejali izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar amaliyot ishlaridir. O'rgatish bir necha izchil harakatlar yig`indisidir. O'qituvchi bu harakatiarni ko'rsatib berishi, tushuntirishi lozim. Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud. Faoliyatda mashq qilish mehnat ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat, o'zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Kun tartibi mashqlari maktabda, oilada o'rnatiladigan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog'liq o'z istak va harakatlarini boshqarish hamda bo'sh vaqtdan to'g'ri foydalanish odatiga o'rgatadi.

1.2.O’quvchilar tarbiyasida maktabning o’rni


Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilim va donishmandlik insonning bezagidir” deb yozadi. A. Navoiy farzand tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, tarbiyalanuvchini “hayot chirog'i” deb ta'riflaydi. Farzand oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Uning fikricha, shaxsga kichik yoshligidanoq bilim, ma'lumot va tarbiya berishlikni ko'rsatib, o'g'il-qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallimga berish lozim deb hisoblaydi. Shuningdek, Navoiy hayotda o'z ilmiga amal qilish, o'rganganlarini hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e'tibor beradi. Masalan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm o'qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug' sochib hosildan baxra olmaganga o'xshaydi, deydi.
Ilm o'qib qilmagan amal maqbul, Dona sochib kutarmadi maxsul. Alisher Navoiy bilim olishda barcha fanlarni o'rganishni targ'ib etadi. Bunda u olimu fozillarni yig'ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e'tibor beradi Alisher Navoiyning fikricha, bilimlarni tinmay uzluksiz o'rganish zarur, bunda har qanday qiyinchiliklarni yengib o'tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan kurash, uni oxirigacha yetkazish, chidam va sabot bilan o'rganishni ta'kidlaydi. Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o'z davrida to'g'ri ifodalab, hatto ta'lim tizimini belgilab beradi: ya'ni Alisher Navoiy ta'lim tizimini o'z davrida ukuv muassasasi, madrasalarda o'qish, olim, hunarmand, san'atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimning, mudarrislar, hamda ustoz murabbiylarning o'zlari ham bilimli va tarbiyali bo'lishi zarurligini uqtiradi. U nodon, mutaassib, johil domlalarni tanqid qiladi va pedagog ma'lumotli, o'qitish yo'llarini biladigan muallim bo'lishi zarur deydi. Bunday muallimlar shogirdlarni yonida yuzlari yorug' bo'lib, doimo izzatda, hurmatda bo'ladilar deb ta'kidlaydi Haq yulida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila. Shunday qilib biz Alisher Navoiyni pedagog-mudarris deb atashimiz mumkin. Chunki ta'lim-tarbiya masalalariga a'lohida e'tibor berib, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko'rsatib utadi. U ta'limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olgan buyuk pedagogdir.
Mana shunday mutafakkirlarning ijodini o'rganish uchun birga Mustaqillikka erishganimizdan keyin ancha yo'llar ochildi. Endilikda uning ijodini aslicha, mohiyatini tushunib o'rganish imkoniyatlari yuzaga keladi. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanali nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta'sis etildi. Respublika Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va raxbarligida Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'i barpo etildi va bu bog' o'rtasida shoirning haykali o'rnatildi. Shu bilan birga kitobxonlarga shoirning 20 jiltli mukammal asarlar to'plami nashr etila boshlandi. Har yili A. Navoiy tug'ilgan kun 9 fevralda ilmiy-an'anaviy konferensiya o'tkazilib, Alisher Navoiy merosini o'rganish sohasida qilingan yillik ishlarga yakun yasaladi. Ijtimoiy va shaxsfararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo'lmish individga shaxs deyiladi (Mazkur darslikning «Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi» mavzusida shaxs to'grisidagi fikr bildirib o'tgan edik). Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga-voqelikni biluvchi hamda faol o'zgartiruvchi subyektga aylanadi. Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi.«...Normal odamlarni ham, chaqaloqlarni ham, tilni va oddiy malakalarni o'zlashtira olmaydigan telbalarni ham individ deb atash mumkin. Biroq bulardan faqat birinchisigina shaxs, ijtimoiy mavjudot hisoblanadi, ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol qatnashuvchi odamgina shaxs deb ataladi», - deb ta'kidlashadi A.V. Petrovskiy, L.S. Rubinshteyn, A.Ya. Kolomenskiylar.
«Ijtimoiylashuv - bu chaqaloqning boshqa odamlar bilan muloqatga kirishish orqali o'zini anglaydigan, o'zi tug`ilgan madaniyatni tushunadigan aqlli mavjudotga aylanish jarayoni».
Zigmund Freyd o"z asarlarida bayon qilgan nazariyaga ko'ra, bola agar atrof-muhitning talablari va ong ostidagi qudratli mayllarni muvozanatda ushlab tura olsagina, mustaqil mavjudotga aylanadi. Bizning o'zimizni anglashga bo'lgan qobiliyatimiz ongsizlik xurujlarini bosish yo'li bilan rivojlanadi.
J.G. Mid fikriga ko'ra, bola boshqalar uning o'ziga nisbatan o'zlarini qanday tutayotganliklarini ko'rib, o'zini alohida mavjudot  sifatida anglay boshlaydi. Keyinroq, o'yinlarda qatnashib, o'yin qoidalarini o'rganib bola «umumlashtirilgan o'zga» - umumiy qadriyatlar va madaniy me'yorlarni tushuna boshlaydi.
Jan Piaje bolaning dunyoni ongli idrok etish qobiliyatining rivojlanishi da bir nechta asosiy bosqichlami ajratib ko'rsatadi. Наг bir bosqich yangi bilish qobiliyatlarini o'zlashtirish bilan tavsiflanadi va oldingi bosqichning muvaffaqiyatliligiga bog'liq bo'ladi. Piaje fikriga ko'ra, kognitiv rivojlanishning bu bosqichJari ijtimoiy-lashuvning umumiy xususiyatlari hisoblanadi.

Download 47,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish