O’quvchilar tarbiyasida maktab, oila, jamoatchilik hamkorligi



Download 47,98 Kb.
bet1/9
Sana09.03.2022
Hajmi47,98 Kb.
#487197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi 7


O’QUVCHILAR TARBIYASIDA MAKTAB, OILA, JAMOATCHILIK HAMKORLIGI

MUNDARIJA.


KIRISH……………………………………………………………………
I.BOB.O’quvchilar tarbiyasida maktab, oila, jamoatchilik hamkorligi......
1.1.Tarbiya nazariyasi……………………………………………..............
1.2.O’quvchilar tarbiyasida maktabning o’rni…………………….............
1.3.O’quvchilar tarbiysida oilaning o’rni…………………………………
1.4.O’quvchilar tarbiyasida jamoatchilik hamkorligi…………………….
XULOSA………………………………………………………....
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………….

KIRISH.
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ta’limni isloh qilish, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berildi. Bu jihatdan ta’lim-tarbiyaning yangi davrga va zamonga mos-xos shakl va vositalari ishlab chiqildi, amaliyotga joriy etildi. Ayniqsa, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabilarning birligi, o’zaro hamkorligi natijasida qishloq yoshlarining ma’naviyatini shakllantirishga alohida e’tibor berildi. Bu borada qishloqdagi umumiy o’rta ta’lim maktabi bitiruvchilarining ijtimoiy yetukligini shakllantirish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, o’z vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni voyaga yetkazish masalasi asosiy o’rinni egalladi. Shuningdek, “rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash”1ga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Yoshlarimizga bo’lgan munosabat kelajagimizga bo’lgan munosabatdir. 2008-yil “Yoshlar yili”, 2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili” deb e’lon qilinishi qishloq yoshlarining turmush tarzini shaharliklardan kam bo’lmasligi va qishloqda ham zamonaviy sharoitlar yaratilishi yo’lida qo’yilgan katta qadam bo’ldi.Bu borada Prezidentimiz I.Karimov: “Eng muhimi inson va fuqaroning fikrlash va dunyoqarashi o’zgarmoqda, siyosiy va ijtimoiy ongi, uning umumiy saviyasi to’xtovsiz o’sib bormoqda”2 - deb ta’kidlaydilar.
2010-yil “Barkamol avlod” yili deb e’lon qilindi va mamlakatimiz yoshlarining jismonan sog’lom, ziyoli, madaniyatli va XXI asrga mos kadrlar qilib tarbiyalash davlat siyosatida ustuvor qilib belgilandi. Tadqiqotchi olim D.Xolmurodovning fikricha “Har kuni ertalab dunyo maktablarining eshigi ochilib, qo’ng’iroq chalinadi. Piyoda, avtomobil, qayiq va otlarda, chanada yer yuzi bo’ylab bolalar maktabga shoshiladilar. Jahon o’quvchilari armiyasi soni yarim milliarddan ortiqdir. Barcha maktablarda maktablarning tashqi belgilari bir xil: o’quvchilar va o’qituvchilar, sinf xonalari va partalar, doskalar va bo’r. Ammo, bu faqat tashqi o’xshashlik. Aslida, maktab jamiyatning tirik hujayrasi, tinimsiz hayot qaynaydigan manzil.
Milliy istiqlolgacha jahon maktablari yuqori tabaqa vakillari va mehnatkashlar maktablariga bo’lib kelindi. Hozir Respublikamizda yaratilgan maktab nazariyasi va amaliyoti jahondagi xalq ta‘limi rivojiga ta‘sir etmoqda.Chunki insoniyat taraqqiyoti avlodlar vorisiyligisiz amalga oshmaydi, to’plangan bilimlar yoshlarga meros qoldiriladi. Yoshlarni o’qitish, tarbiyalash hamisha jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lib kelgan. Shunga ko’ra tarbiya abadiy kategoriya hisoblanadi”3.
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kun nuqtai-nazari bilan qaraganda, insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi fan-texnikaning afsonaviy tarzda o’sib
ketganligi, olimlar hayratlanarli kashfiyotlar qilganligi bilan tavsiflanadi. Atomning parchalanishi, oqsilning sintez qilinishi, EHMlarning yaratilishi xuddi shunday inqilobiy o’zgarishlar jumlasiga kiradi.
Insoniyat taraqqiyoti jadallashgan hozirgi davrda komil inson ta‘lim tarbiyasining iqtisodiy ahamiyati oshib bormoqda. Hozir yer yuzidagi barcha mamlakatlarda bilim kapitalga aylandi. Ilg’or texnologiyalarga asoslangan ishlab-chiqarish qurollarini boshqarish, raqobatbardosh kadrlar va tovarlar tayyorlashni zamonaviy bilimlardan foydalanmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Murakkab texnologik jarayonlarni boshqarish, bunda boshqaruvning axborot texnologiyalaridan foydalanish taqoza etilmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar tarbiyasida maktab, oila, jamoatchilik hamkorligini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 47,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish