O’quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati”mavzusida yozgan taqriz



Download 0,57 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi0,57 Mb.
#221634
Bog'liq
Uslubiy tavsiya




Navoiy shahar

12-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o`rta ta’lim maktabi

boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Teshayeva Gulchehra Islomovnaning

boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun

O’quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati”mavzusida yozgan



TAQRIZ



Ushbu “O’quvchilar tarbiyasida Inshoning ahamiyati ” mavzusidagi uslubiy tavsiya boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun metodik manba desak bo’ladi.

Chunki insho maktab ostonasiga ilk qadam qo’ygan kundan boshlab, 1-sinfdan og’zaki shaklda shakllana boshlaydi.

Insho jamiyat hayotini tushunishga o’rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi.

Kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarini egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda o’quvchilarga yordam beradi.

Turli mavzulardagi g’oyaviy yo’nalishlarni ochish, tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bolalarning hayoti, maktab, tug’ilib o’sgan joyi haqidagi insholar mehnat kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni ifodalaydi.

Bu tavsiya orqali o’qituvchi insho yozish tartibi, mavzusi, rejasiva me’yorlari haqida tushunchaga ega bo’ladi.

Taqrizchi:

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Pirmatova Dilbar Oxunovna


Zamonaviy binolar qurish mumkin, ularni asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlash mumkin, lekin yuqori malakali pedagoglarsiz barkamol avlodni tarbiyalab bo’lmaydi.

Islom Karimov
TAQR

Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida o’quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g’oyasiga ham bog’liq.

Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o’rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini oshiradi.Bolalar o’zlariga eng yaqin va qiziqarli voqea-hodisalar haqida hikoya yozadilar, ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o’stiradi, ommaviy faollikni oshiradi.

Avvalambor insho o’zi nima?U qanday turlarga bo’linadi?Boshlang’ich sinf o’quvchisi tarbiyasida inshoning roli qanday?

Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo’lib, maktabda alohida o’rin tutadi: barcha nutqqa oid mashqlar ma’lum mazmunda inshoga bo’ysunadi.

Insho 1-sinfda kichik og’zaki axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o’z fikrini ifodalashga o’quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan ta’lim –tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi.

“Insho” asli arabcha so’z bo’lib, ma’nosi “yaratish, “bino qilish”,”boshlash” demakdir.

Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi-inshoga alohida ahamiyat berilgan.Maktablarda o’quvchilar nutqini o’stirish, aqliy, ijodiy o’sishiga mo’ljallangan yangi dasturga o’tishiga mo’ljallangan yangi dasturga o’tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada ortdi.



Insho material manbaiga ko’ra uchga bo’linadi:

1.o’quvchining o’zi ko’rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, kuzatishlar va ekskursiyalar, o’yinlar, o’z tajribasi va boshqa jonli materiallar asosidagi insho:

2.kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o’qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho:

3.turli manbalar materialidan foydalanadigan insho.

Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko’rish metodiga ko’ra insho 2 turli bo’ladi:

1.sinf o’quvchilari uchun umumiy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan so’ngyoziladigan insho:

2.alohida mavzu asosida yakka tayyorgarlikdan so’ng yoziladigan individual insho.

Boshlang’ich sinflarda yozma inshoga nisbatan og’zaki insho ko’p o’tkaziladi.Og’zaki hikoya tuzish bola maktabga kelgan birinchi kundanoq boshlanadi, yozma insho esa 1-sinf oxiri va 2-sinfdan boshlab o’tkaziladi.

Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini ochish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:




O’quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati qanday?


-bola mustaqil o’z ustida ishlaydi

-ijodkorligi oshib boradi

-o’z fikrini erkin bayon eta oladi

-vatanga, ota-onaga, atrofdagilarga munosabati ijobiy shakllanadi

-tasavvur va tafakkuri kengayadi

-hayotga, kelajakka ishonch ko’zi bilan qaraydi

-kitobga mehr qo’yadi va uni eng yaqin do’sti deb biladi

-kasb-hunar tanlash malakasi shakllanib boradi

Boshlang’ich sinf o’quvchilari qaysi mavzularda insho yozganlari ma’qulroq?





INSHO REJASINI TUZISH

Reja inshoning “loyihasi”dir.

1-sinfda reja rolini o’qituvchi savollari, ya’ni so’roq gaplar tarzidagi reja bajaradi.

2-sinfda reja o’qituvchi rahbarligida jamoaviy tarzda tuziladi.

3-4-sinflarda esa mustaqil tuziladi.

Boshlang’ich sinflarda 3-5 talik oddiy reja tavsiya etiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Ona tili o’qitish metodikasi.Mualliflar:Karima Qosimova,Safo Matjonov.2009-yil .Toshkent

2.Boshlang’ich ta’lim mutaxasislik fanlardan testlar to’plami.Mualliflar:Marjonaxon Sirojeva.

3.Ona tili.Muallif:Madrim Hamrayev 2012-yil Toshkent ,,Sharq nashriyoti”



4.”Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”.Muallif:Islom Karimov.2008 yil
Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish