O’quvchilar motivini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar



Download 267,74 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.06.2021
Hajmi267,74 Kb.
#101526
Bog'liq
oquvchilar motivini rivojlantirishga tasir etuvchi omillar



O’QUVCHILAR MOTIVINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI 

OMILLAR 

                                                                                              

                                                            Sh.Hamroyev -QVXTXQTMOI p.f.n,  

                                                            D.Baxritdinova-QVXTXQTMOI o’qituvchisi 

 

Hozirgi  zamon  talabi  –  mamlakatimizning  ta’lim  sifatini  oshirishga  xizmat 

qiluvchi pedagog  kadrlar va ular mehnatlarining samarasi bo’lgan – yosh avlodni 

bilimli, zukko, mehnatkash, Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashdir. Bu mashaqqatli 

va  mas’uliyatli  ishning  zamirida  esa  tinimsiz,  samarali,  tizimli  mehnat  yotadi. 

Pedagogning  vazifasi  –  yosh  avlodga  jahon  talablari  darajasida  o’quvchilarga 

ta’lim  –  tarbiya  berish,  ularning  fanga  bo’lgan  qiziqishini  uyg’otish,  faolligini 

oshirish va bilim, ko’nikma, malakalarini rivojlantirishdan iborat. 

O’quvchilar  faolligini  oshirishda  ularning  darsga  bo’lgan  qiziqishi  muhim 

ahamiyaga  ega.  Motivatsiya  –  insonni  o’qish  yoki    biror  harakatni  bajarishga 

undovchi  turli  sabablar  yig’indisi  bo’lib,  ta’lim  va  tarbiyaning  yuqori  natijaga 

erishishida katta ahamiyat kasb etadi. Insonlarni o’qishga undovchi omillar ko’p. 

Chunonchi,  o’quvchilar  faolligigiga  ta’sir  etuvchi  omillaridan  biri–bu 

rag’batlantirishdir.  O’quvchilarning  ta’lim  jarayonida  o’z  kamchiliklari  va 

yutuqlarini  yaqqol  anglashi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  sababli  o’quvchi 

yutuqqa  erishganida  maqtash,  o’rnak  qilib  ko’rsatish,  sovg’a  berish  kabilar  uni 

rag’batlantiradi,  tanbeh  ,  jarima  ballarini  berish,  tushuntirish  kabilar  esa  salbiy 

holatning  oldini  oladi.  Lekin,  pedagog  bola  psixologiyasidan  xabardor  bo’lgan 

holda,  shunga  ahamiyat  berishi  kerakki,  ortiqcha  maqtov  ham,  ortiqcha  tanbeh   

ham o’quvchi ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

O’qituvchining  xatti-harakati,  shaxsiy  namunasi,  voqeiy  hikoyatlardan 

so’zlab  berishi  ham  o’quvchilarda  motivni  kuchayishiga  ta’sir  qiladi. 

O’quvchilarda  ijobiy  xulq-atvor  hamda  axloqiy  fazilatlarini  rivojlanishiga  xizmat 

qiladi.     




Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun nashr qilingan “Qiziqarli matematika”, 

“Tabiat olamiga besh sayohat”, “O’ylab top, o’ynab top”, “Ming bir boshqotirma”, 

“O’zbek xalq ertaklari” kabi didaktik materiallarni tavsiya qilish, o’qilgan kitoblar 

yuzasidan suhbatlar o’tkazish bolalar motivini rivojlanishiga xizmat qiladi. Ta’lim-

tarbiya samaradorligini oshishiga xizmat qiladi. 

O’quvchining  o’qishga  munosabati,  qiziqishiga  ta’sir  etuvchi  omillardan 

yana  biri  -  oilaviy  muhit.  Oilada  bolaga  bo’lgan  munosabat,  ilmga  qiziqtirish, 

rag’batlantirish, kerak vaqtida tanbeh berish, uyga berilgan vazifalarning nazoratini 

yo’lga  qo’yish  o’quvchilarni  kelajakda  bilim  olishiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi. 

Ta’lim jarayonida innavatsion texnologiyalardan, interaktiv metodlaridan unumli 

foydalanish  o’quvchilar  faolligini  oshiruvchi    omillaridan  biri  bo’lib,    biror  fan 

yoki  kasb-hunarga  qiziqmaydigan  bola  bo’lmaydi,  faqat  uni  motivini  o’stira 

olmaydigan  o’qituvchi  bo’lishi  mumkin.  Shu  sababli,  o’qituvchi    doimo  yangi 

usullardan  foydalangan  holda,  o’quvchilar  faolligiga  ta’sir  etuvchi  omillarni  o’zi  

ijod  qilib  topishi  lozim.  Masalan,  tabiatga  bo’lgan  o’quvchining  motivi,  inson 

organizmi  bilan  bog’liq  qiziqishlar  hech  qachon  eskirgan  emas.  Ayniqsa, 

boshlang’ich    sinf  o’quvchilari  tabiat  hodisalarini  bilishga,  ijtimoiy  hayotdagi 

o’zgarishlarni  anglashga  juda  qiziqadi.  Bu  qiziqishlarni  rivojlantirishda 

qo’shimcha  didaktik  adabiyotlardan,  xalq    og’zaki  ijodidan  o’rinli  foydalanish 

ijobiy  natija  beradi.  Zero,  “Yoshlikda  o’rganilgan  bilim,  toshga  o’yilgan  naqsh 

kabidir” deb bejiz aytishmagan.  

Mustaqil  o’qib  ta’lim  olgan  bola  yillar  davomida  ham  o’qigan  asarining 

ma’no-mazmunini  yodda  saqlashi  bilan  boshqalardan  farqlanadi.  Ayniqsa,  bunda 

o’qituvchining  roli  nihoyatda  katta,  mustaqil  topshiriq  berishda  qiziqarli 

ma’lumotlar  bilan  boyitish  va  rag’batlantirish  o’quvchini  bilim  olishga  intilishini 

yanada kuchaytiradi.  

Xulosa qilib aytganda, o’quvchining faolligi – darsning saviyasini oshiradi, 

darsning “jonli ” bo’lishini ta’minlaydi.  



 

 

Download 267,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish