O’quvchilar bilimlarini tekshirishda kompyuterdan foydalanish



Download 31,15 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi31,15 Kb.
#56029
Bog'liq
bt maqola


O’quvchilar bilimlarini tekshirishda kompyuterdan foydalanish

(boshlang’ich sinflarda)

Respublikamiz mustaqil bo’lganiga mana 28 yil to’lyapti.Bu davr mobaynida Vatanimiz iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu muvaffaqiyatlar zamirida davlatimiz tomonidan qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ham ahamiyati beqiyosdir.Bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomillashtirish, o‘qitish samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha ham ancha ishlar amalga oshirildi.

Mana shu yaqin vaqt ichida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalari ishlab chiqilib 18 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar , metodistlar hamda yetakchi olimlardan iborat ishchi guruhi respublikamizning 76 ta maktab, 52 ta kasb-hunar kolleji va 18 ta akademik litseylarda tajriba –sinovdan o‘tkazildi.

Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.

Kompetentlilik –(lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi.

Mana shu xususiyatlarni shakllantirish uchun biz oqituvchilar koproq izlanib,yangi pedtexnologiyalardan foydalanib oz faoliyatimizni olib borish hozirgi davr talabidir.Bu esa axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir vaqtda biz pedagoglarga katta ma’suliyat yuklaydi.

O’quvchilarga ta’lim tarbiya berishda AKT dan foydalanish davr talabi ekanligi to’g’risida gapirar ekanmiz bu borada o’z tajribam bilan o’rtoqlashmoqchi edim va taklif bildirmoqchiman .O’quv rejalariga asosan biz o’quvchilardan nazorat ishi olamiz va bilimlarini tekshiramiz..Bu nazorat ishlarini yozma ish,diktant ,insho va test sinovlari shaklida o’tkazish hammaga ma’lum.

Men o’z tajribamdan kelib chiqqan holda shu test sinovlarini kompyuterda olish taklifini kiritmoqchiman..Yaqinda men test tuzish programmasidan foydalangan holda o’qish ,ona tili,matematika fanlaridan test tuzib chiqdim.Bu testni savollarini o’tilgan boblar bo’yicha tuzib,o’tilgan mavzuni mustahkamlashda sinab ko’rdim.O’quvchilarimdan 2-3 nafari bilan savol-javob qilar ekanman ,2-3 nafar oquvchi kompyuterda test topshirdilar.Bu o’quvchilarimga ham juda yoqdi.Har bir darsda kompyuterda test topshirish istagi kuchaydi.Qiziqarlisi test savollari 25 ta bo’lishiga qaramay,a’lochi o’quvchilar 3-5 daqiqada topshirsalar, o’rta bahoga o’qiydigan o’quvchilar 8-10 daqiqada ishlab bo’lishardi.o’rta baholarga

Buning afzalliklari haqida gapirsam bunda birinchidan shaffoflik bo’ladi,ikkinchidan bahoni kompyuter o’zi baholab beradi,o’quvchi haqqoniy baho oladi,uchinchidan esa vaqt tejaladi,to’rtinchidan kompyuterda xato qilgan javoblar ham chiqadi ,bunda shu mavzu bo’yicha bilimidagi bo’shliqlarni aniqlab olib ,tushuntirib o’tishimiz mumkin,beshinchidan Yana o’quvchilar bir- birlaridan ko’chirmaydilar,to’rtinchidan qog’oz tejaladi.Hammaga ma’lum o’qituvchining test sinovida har bir o’quvchi uchun alohida tst savollari va kalitlarini chiqarish uchun imkoniyati bo’lmasligi mumkin,natijada o’qituvchi test savollari va variantlarini doskaga yozadi ,buning uchun esa ko’p vaqt yo’qotadi.Vaqt esa bebaho boylik..

Meni taklifim mana shu test sinovlarini kompyuterda olsak har bir o’quvchining kompyuter savodxonligini oshirishga erishamiz,vaqtdan yutamiz .

Tan olish kerak kompyuterda ilk bor test topshirgan vaqtingizni eslang hayajon,,,xato qilib qo’ysak’’ degan hadik bo’lgan.Agar biz boshlang’ich sinfdanoq o’quvchilarimizni kompyuterda test topshirish ko’nikma ,malakalarini shakllantirsak ularda hayajon ,hadik bo’lmaydi.

Mana o’tgan yili abituriyentlar kompyuterda test topshirdilar,bundan keyin bu jarayon yanada rivojlanadi,hamma narsada kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladigan bo’ladi,bizning o’quvchilarimiz bu sinovlarga kichikligidanoq ko’nikib boradilar.

Endi savol tug’iladi bir sinf o’quvchiga kompyuter qayda?Bu ham muammo emas.Davlatimiz tomonidan barcha maktablarda kompyuter sinflari yaratib berilgan faqat ilmiy bo’lim mudirlari shu nazorat ishi olinadigan sanaga kompyuter sinflarida ishlashni tashkil qlib bersalar bo’ldi.

Balki mening bu taklifim ko’pchilik hamkasblarimga yoqmas.Ammo biz o’qituvchilar uchun davlatimiz tomonidan qanchalik e’tibor berilyapti,imtiyozlar,ishlash uchun sharoitlar ham yaratilib berilyapti.Bunga javoban esa biz izlanib shu e’tiborlariga loyiq javob bera oladigan o’qituvchi bo’lishimiz kerak.

Bundan 30 yil muqaddam talabalik davrimda kelajakdagi pedagoglik faoliyatimiz haqida insho yosdirganlarida xulosada orzoyim sinfimda televizor bo’lsa- yu ,o’quvchilarim bilan dam olish daqiqasida ta’limiy filmlarni ko’rsatib dunyoqarashlarini kengaytirsam edi.,deb yozardim.Qarangki davlatimiz qiaqa davrda shunday rivojlanib ketdiki,mening orzuyim 150 baravariga ushaldi, bundan baxtiyorman.Davlatimiz olib borayotgan islohotlar ,kelajakda Al Xorazmiylarni, Navoiylarni,Al Beruniylarni,Mirzo Ulug’beku, Boburlarni kamolga yetkazishda xizmat qilayotgani ,hozirdanoq ko’rinib turibdi.

Men jurnalist emasman.Balki maqola yozish qoidalarini buzib yozgandirman.Buning uchun siz tahririyat muharrirlaridan uzr so’rayman.



Xorazm viloyati Urganch shahar,

21-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan

ixtisoslashtirilgan maktabning

oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi Saidova Sharofat DJumanazarovna
Download 31,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish