«Bilim – takrorlash mevasidir», – degan edi Abu Rayhon Beruniy. Sinfda va uyda ko`p va jiddiy ishlaydigan bolalar, odatda o`qishda va mehnatda katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Har qanday muvaffaqiyatning zamirida tinimsiz mehnat yotadi. Bolalarni o`qishga mas`uliyat bilan qarash ruhida, ko`chirib olishga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash kerak. Sinf majlislarida vaqti-vaqti bilan mazkur masalalar butun mazmun-mohiyati bilan muhokama qilinishi, shu orqali o`quv mashg`ulotlariga loqaydlik bilan qaraydigan o`quvchilarga sezilarli ta`sir o`tkazish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |