Nega shunday bo`ladi? Bu holatda o`sha fan o`qituvchisining o`zi aybdordir. Negaki u dastlabki mashg`ulotlaridayoq o`z «siri»ni bolalarga oldirib qo`ygan. Uta ko`ngilchan, so`zlari, harakatlari ta`sirsiz, bo`shang, muloyim, bolalarni o`ziga jalb qilolmaydi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega emas. Xo`sh natija nima bo`ladi? O`qituvchi o`z kayfiyatini buzadi, jismonan charchaydi, o`quvchilarni uradi, dars maqsadiga erishish u yoqda tursin, darsni to`liq o`tolmaydi, bundan ham yomoni o`quvchilar intizomini buzadi, sinfda tarqoqlikni, boshboshdoqlikni vujudga keltiradi. Mana, sizga birgina bo`shang o`qituvchining keltirgan ziyoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |