O`quv jarayonida fanlar bo`yicha o`zaro bog`lanishga katta e`tibor berish kerak. Bundan o`qituvchiyu o`quvchi ham yutadi. Bunga bir necha misollar keltirish mumkin. Fizika darsida masalalar yechish asnosida matematika formulalaridan foydalaniladi. Matematika darslarida fizik kattaliklar va o`lchov birliklari qo`llaniladi. Bulardan tashqari ikkala fan birgalikda o`rganadigan mavzular bo`ladiki, ularda ikkala fan o`qituvchisi ham bir darsda o`z sohalari bo`yicha tushuncha bersalar nur ustiga nur bo`ladi. Adabiyot-tarix, mehnat-botanika, tarix-jo`g`rofiya juftliklari faoliyatida ham bunday imkoniyatlar cheksizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |