O`quvchilar bilan muloqotga kirishish usullari. Diologik va monologik nutq



Download 162,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.09.2021
Hajmi162,93 Kb.
#167666
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza mashguloti. 9-mavzu



O`quvchilar bilan muloqotga kirishish usullari. Diologik va monologik 

nutq. 

Reja: 


1.O`quvchilar bilan muloqotga kirishish usullari. 

2. Diologik  nutq. 

3. Monologik nutq. 

  

 Tayanch tushunchalar: 

Muloqotga kirishish usullari monolog ichki va tashki monolog, dialog nutq. 



 

1.O`quvchilar bilan muloqotga kirishish usullari. 

Bugungi kun o’qituvchisi izlanuvchan, harakatchan va ijodkor bo’lsa, u ta’lim 

bergan o’quvchilar har tamonlama yetuk, bilimdon bo’lishiga shubha yo’q. 

Shunday  ekan,  dars  ta’lim  jarayonini  tashkil  qilishga  to’g’ri,  yangicha 

munosabat kerak. 

Hozirgi  kunda  zamonaviy    ta`lim  har  bir  pedagogdan  ta’limga  yangicha 

yondashishni -  tashabbuskorlikni, ijodni, mustaqil fikrlashni talab qilmoqda. Dars- 

pedagogik ijodkorlikning asosiy maydoni. Pedagogning asosiy pedagogik ehtiyoji-

o’rgatish, yetkazib berish- aynan darsda amalga oshadi. Shunday ekan, dars ta’lim 

jarayonini tashkil qilishga to’g’ri, yangicha munosabat kerak. 

Yangi  mavzuni  o`tish  jarayonida  pedagog  oldida  muhim  bir  masala  turadi. 

O’quvchilarni    bilim  olishga  jalb  qilish,  ularni  olg’a  harakatlantirishdir.    Bu  esa 

pedagog va o’quvchilarni  (o’zaro) birgalikdagi mehnatga jalb qiladi. Buning uchun 

o’qitishga majbur qilmaslik kerak.  Pedagogik hamkorlikning qarashlaridan biri  - 

darsda  o’quvichidagi  qo’rquvni  yo’qotish,  uni  erkinroq,  dadilroq  qilish,  o’zini 

kuchiga  ishontirish,  unga  jiddiy  ijod  qilishga,  dars  jarayonida  o`zining    mustaqil 

fikrini bayon etishga qodir shaxs sifatida qarash. 

Pedagog  yangi  mavzuni  bayon  etishda  o`quvchilar  bilan      muloqotni 

faollashtirish  maqsadida  muammoli,  izlanuvchan,  savol  va  topshiriqlar  tizimini 

yaratadi.  Bu  savollar  qisqa  va  lo’nda  bo’lishi  kerak.  Bunday  savollar 

o’quvchilarning  nafaqat  fikirlash  doirasi,  izlanuvchanligini  kengaytiradi,  balki 

ularni  ijodiy  qobliyatlarini,  tashkilotchililigini,  intizomliligini,  kuchaytiradi. 

Shunday  savollarni  qo’llash  kerakki,  ularda  e’tirozli,  qarama-qarshilik  tomonlari 

bo’lsin. O’quvchi mulohaza yuritsin. Shuni aytish kerakki, savollarning mazmuni 

yangi  mavzu  yuzasidan  bo`lishi  hamda  mavzuga  nisbatan    o`quvchilarni  bilish  

faolligini  oshirishga  xizmat  qilishi  lozim.  Savollarning  ko’pligi  yoki  kamligi 

guruhdagi o’quvchilarning yoshiga intellektual qobiliyatiga mos kelish kerak. 

         O‘qituvchi ko‘pincha bolalarga berilgan savolni bir necha marta takrorlaydi, 

bu berilgan savolni to‘g‘ri tushunib olishga, vujudga kelgan pauzani to‘ldirishga 

yordam beradi. Bu vaqtda o‘qituvchi bolalarga birgina fikrning o‘zi turlicha bayon 

etilishi mumkinligini ko‘rsata olish imkoniga ega bo‘lishi kerak. 

      O‘quvchilarni o‘z fikrlarini to‘g‘ri shaklda bayon etishda o‘rgatib borish 

kerak.  Avvalo,  tug‘rilash,  aytib  berish,  keyinchalik  bolaga  o‘z  xatosini  mustaqil 

tug‘rilash imkonini berish kerak. 




       O‘qituvchilar  har  bir  yangi  mavzuni  boshlashdan  oldin  5  minut  suhbat 

o‘tkazadi.  Bu  usulni  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilarining  hammalari  ham  amalda 

qo‘llay  omaydilar.  Har  bir  o‘qituvchi  har  kungi  birinchi  soatlarida,  o‘qish 

darslarida  turli  mavzular  tanlab  dars  boshlashdan  oldin  3-5  minut  kirish  suhbat 

o‘tlkazishsa foydadan holi bo‘lmaydi. 

Pedagog yangi mavzuni bayon etishda o’quvchilarning xatoga yo’l qo’yish 

mumkinligini inobatga olish kerak. O’zi esa savollarni to’ldirib, javoblarni ham to’la 

berishi  kerak.  Javoblarni  yuzaki,  sayoz  bo’lishi  keyingi  savol  berishga  bo’lgan 

hohishni sundirishi mumkin, shu bilan birga o’quvchilarni faolligi ham so’nadi. 

 

Pedagog yangi mavzuni bayon etishda butun sinf, guruh va ayrim o’quvchilar 



bilan shug’ullanishni oqilona qo’shib olib borishi, pedagogik ta`sirni tabaqalantirish, 

ya’ni, kuchli, o’rtacha, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan alohida shug’illanish 

usullaridan foydalanish ko`zda tutishi kerak. Shu bilan birgalikda pedagoglar yangi 

mavzuni  bayon  etishda  o’z  ta`siri  bilan  o’quvchilarning  o’z-o’zini  tarbiyalashiga, 

o’z  bilimlarini  oshirishlariga  va  ijtimoiy  qobiliyat,  iste`ododlarini  ifodalashiga 

imkon  berishi  lozim.  Ta’limni  mazmuni  ularni  o’ylashga,  fikrlashga,  izlanishga 

majbur etadigan darajada bo’lishi lozim. 

Yangi  mavzu  qanchalik  oldingi  mavzu  bilan  bog’liq  bo’lsa,  u  shunchalik 

qiziqarliroq bo’ladi. Unchalik oson yoki unchalik qiyin bo’lmagan mavzu qiziqish 

uyg’otmaydi.  O’qitish  qiyin,  lekin  uddalash  mumkin  bo’ladigan  bo’lishi  kerak. 

O’qutuvchi  yangi    mavzuni  bayon  etish  jarayonida  o`uvchilar  bilan  muloqoti 

jarayonida, samimiy nigoh bilan, pedodik texnikani   (yuz harakati, ko`z qarqshlari

qo`l  harakati,  mimika  va  pantomimikalarni)  qo`llab    dars  jarayonini  tashkil  etsa 

mashg`ulot  shunchalik qiziqarli bo’ladi. 

Psixologlarning  aytishicha,  har  bir  tana  harakati,  yuz  holati  kishi  haqidagi 

noverbal  ma’lumotlarni  ikkinchi  shaxsga  etkazadi,  bu  esa  uning  kayfiyati, 

muloqotga qanchalik moyilligini his etishga yordam beradi.  

O‘qituvchi  darsda  ibrat  ekanligini  hisobga  oladigan  bo‘lsak,  uning  xatti-

harakatlari va mimikasi naqadar muhimligini anglash qiyin emas.  

Pedagoglar yangi  mavzuni bayon etish jarayonida har xil qiziqarli vositalar, 

o’yinlardan, masalalardan, misollardan foydalansa,  maqsadga muvofiq bo’ladi.  

Pedagog  o’quvchilarni  darsda  va  amaliy  mashg`ulotlar  jarayonida  ularning 

faolligiga  e`tabor  qarqtishi,  ulardan  tez-tez  so’rashi,  ularni  o’rtog’ining  javobini 

qaytarishga, to’ldirishga yoki u haqda o’z fikrini bildirishga majbur etish lozim. 

 

Pedagog  yangi    mavzuni  bayon  etishda  muloqotning  barcha  vositalariga, 



ayniqsa nutqqa e’tibor berishi kerak. Pedagog esa shunday nutq madaniyatiga ega 

bo’lishi  kerakki,  u  avvalo  uning  faoliyatini  to’g’ri  tashkil  etishni  ta`minlasin, 

bolalarda  nutqning  o`sishiga  imkon  bersin.  Demak.  Ta’lim-tarbiyaning  asosi  bu 

muloqot  hisoblanadi.  Lekin  bu  muloqot  kundalik  turmushimizda  ishlayotgan 

muloqotdan farq qilib, pedagog va o’quvchilar orasidagi muloqotni anglatadi. 

 

O’qituvchi o’zining nutqiy qobiliyati bilan shaxsni shakllantiradi, unga bilim, 



ko’nikma  beradi.    U  ayniqsa  dars  jarayonida  faol  ishtrok  etgan  o‘quvchilarga  

“Yasha”, “Barakalla”, “Yaxshi”, “Raxmat” kabi iboralardan ko’proq foydalanishi 

kerak. 



O’qituvchining  nutqi  darsda  xamisha  o’quvchilarga  qaratilgan  bo’ladi. 

O’qituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan 

yoki  tanqid  qilayotgan  bo’lsa  ham,  uning  nutqi  hamisha  o’zining  ichki  kuchi, 

ishonchi, o’zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrning ifodasi 

o’quvchilar uchun aniq sodda, tushunarli bo’ladi. 

O’qituvchining  bayoni  o’quvchilar  fikri  va  diqqatini  maqsimal  darajada 

faollashtirishga qaratiladi. O’qituvchi o’quvchilar oldiga savollar qo’yib, ularni asta-

sekin  to’g’ri  javob  berishga  undaydi,  o’quvchining  diqqatini  kuchaytiradi  hamda 

fikrlarini faollashtiradi. Masalan, “Mana bu yerga alohida e’tibor bering”, “O’ylab 

ko’ring”  kabi.  Shuningdek,  o’rinli  qochiriq,  hazil,  yengilgina  iste’zo  nutqni 

jonlantirib yuboradi va uni o’quvchilar tez o’zlashtiradilar. 

O’qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali, his-

hayajonli bo’lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. 

Bir hildagi  cho’ziq, zeriktiradigan nutq  o’quvchilarni  juda tez  charchatadi, ularni 

lanj,  loqayd  qilib  qo’yadi.  Ayrim  o’qituvchilar  tez  gapirishga,  boshqalari  sekin 

gapirishga moyil bo’ladilar. Biroq o’quvchilarning o’zlashtirishlari uchun o’rtacha, 

jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. Shoshqoloqlik saboqni 

o’zlashtirishga halaqit beradi va bolalarni tez charchatib qo’yadi. Xaddan tashqari 

sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo’ladi. Xaddan tashqari keskin va baqiroq 

nutq esa o’quvchilarning asabini buzadi va toliqtirib qo’yadi. O’qituvchining zaif 

ovozi yomon eshitiladi. 

Xulosa  chiqarib  aytish  kerakki,  yangi    mavzuni  bayon  etish  jarayonida 

o’qituvchining nutqi shirali, mazmunli va o’quvchilarga ta’siri kuchli bo`lishi lozim. 

O‘qituvchi  yangi  mazuni  bayon  davomida  shunday  usullardan  foydalanish 

kerakki, o‘quvchilar o‘zlarini shaxs sifatida his qilishsin. Bu-har bir o‘quvchi har bir 

darsda o‘zining bahosini olishi, masalalarni o‘zi tanlab olishi lozim bo‘lsin.  




Download 162,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish