O‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi, mazmuni va vazifalari, ularning bugungi kundagi ahamiyati



Download 26,97 Kb.
bet3/10
Sana30.12.2021
Hajmi26,97 Kb.
#96473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
макола

Ключевые слова: патриотизм, общие и специальные требования, военно-техническая и физическая подготовка, морально-политическая подготовка, умственная подготовка

Ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya olayotgan yoshlarning vatanparvarlik tarbiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati, ta’lim boshqarmalarining muhim faoliyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Yoshlarga ularning bolalik yillardan boshlab, O‘zbekiston xalqining boy an’analari va milliy qadriyatlari, xalqimizning buyuk o‘tmishi xaqidagi bilimlarni, shuningdek, o‘z Ona-Vatani O‘zbekistonning sadoqatli himoyachilari bo‘lishini ongli ravishda his qilishlarini singdirib borish kerak1.

Hozirgi vaqtda vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni va jarayoni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga bog‘liq bo‘lgan bir qator omillar bilan boyitilishi lozim.

Bu omillar quyidagilardir:

-mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidagi inson, ya’ni shaxs rolining o‘sishi;

-uning mamlakat mudofaasidagi ahamiyati;

-harbiy xizmatni tashkillashdagi tub o‘zgarishlar;

-zamonaviy qurolli kurashlarning shakl va usullari takomillashuvi va boshqalardir.

Yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash ishlarining tubdan o‘zgarishi vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni, shuningdek, tashkiliy-uslubiy jihatlardan to‘liq foydalanishni taqozo etadi. Buning uchun, tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, an’anaviy tarbiya shakllarini tanlash va mustahkamlash, hozirgi sharoitda vatanparvarlik tarbiyasi vazifalarini to‘la amalga oshira oladigan yangi shakl va uslublarni izlash va ularni hayotga tadbiq etish lozim. Bunda asosiy e’tiborni vatanparvarlik tarbiyasining shakl va uslublarini tashkiliy jihatdan ta’sirchanligiga va ularni Vatan himoyachisi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilganligiga qaratish zarur2.

Hozirgi sharoitda harbiy ishning murakkablashib borishi, bugungi kun jangchisiga qo‘yilayotgan talablarning o‘sishi, o‘quvchi yoshlarning vatanparvarlik tarbiyasiga yangicha nazar bilan qarash va yondoshishni taqozo etayotir. Vatanparvarlik tarbiyasidagi qadriyatlar va sifatlarni shakllantirishda asosiy yetakchi rol ta’limga, ya’ni o‘qitishga tegishlidir. Lekin, bu inkor etilmaydigan nazariy xulosa, fan asoslarini o‘qitayotgan o‘qituvchilarning uslubiy materiallari va amaliy ishlarida to‘la amalga oshirilmayapti.

Umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining aksariyat qismi harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi vazifalariga yuzaki yondoshadilar va ko‘p hollarda o‘zlari o‘qitayotgan fanlarning bu vazifalarni yechishdagi imkoniyatlarini tasavvur ham qilmaydilar. Vatan himoyachilarini tarbiyalash ishlariga pedagogik jamoalari tomonidan «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fani rahbari, «Vatanparvar» tashkiloti, Mudofaa ishlari bo‘limlari va yoshlar tashkilotlarining tor doiradagi faoliyatlari deb qaraladi. Lekin shu narsa aniqki, agar o‘quvchilarning muhim hayot faoliyatlarining biri - o‘quv faoliyati tinchlikni saqlash, mamlakat mudofaasini mustahkamlash va uning himoyasiga shay bo‘lish kabi yuksak g‘oyalar bilan boyitilmasa, u xolda ularni vaqtinchalik tadbirlar vositasida o‘rnini to‘ldirish samarasiz bo‘lib chiqishi mumkin.

Bo‘lajak vatan himoyachisini tarbiyalash, eng avvalo vatanpavarlik tuyg‘usidagi intilishlar bilan to‘ldirilgan yoshlar turmush tarzini tashkillash demakdir. Bunga esa tarbiya muassasalarining o‘zaro ham- korlikdagi harakatlari bilan erishish mumkin.

Turli jamiyat institutlari, bir yo‘nalishda harakat qilib, bir-birlarini takrorlamasliklari kerak. Oilada bolaga singdiriladigan dastlabki vatanparvarlik tushunchalari va tuyg‘ulari, o‘quv yurtlarida fan asoslarini o‘rganish jarayonida, ularning ilmiy anglash darajasiga ko‘tariladi. Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini eng asosiy bosqichi hisoblangan armiya safidagi harbiy xizmat vaqtida shakllangan shaxs sifatlari Vatanni himoya qilishga shaylik sifatida tahlil qilinadi.




Download 26,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish