Likvidlilik koeffitsiyenti = Likvid aktivlar / Jalb etilgan mablag‘lar
Ushbu koeffitsiyentni muddatlar bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin, masalan, qisqa muddatli likvidlilik koeffitsiyenti (QMK) va o‘rta muddatli koeffitsiyenti (O‘MK):
QMK = (Kassa+Nostro h/v bo‘yicha qoldiqlar + DQMO) /
(Joriy va jamg‘arma h/v + Qisqa muddatli depozitlar)
O‘MK = (Qoplash muddati 1 dan 5 yilgacha bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar va ssudalar) / (Qoplash muddati 1 dan 5 yilgacha bo‘lgan depozitlar va zayomlar)
216
Bankning qisqa muddatli majburiyatlarini qoplash uchun likvid mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasini baholash maqsadida likvidlilikning quyidagi koeffitsiyentlaridan ham foydalaniladi:
K1 = (Kassa + Vakillik hisob varaqlaridagi mablag‘lar + DQMO)
/ Qisqa muddatli depozitlar
К2 = (Qisqa muddatli likvid aktivlar + O‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlar) / Qisqa muddatli omonatlar
K3 = (Qisqa muddatli likvid aktivlar + O‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlar + Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar + Immobilizatsiya)
/ Qisqa muddatli jalb qilingan mablag‘lar
K formulasini tahlil qilgan holda qayd etish zarurki, ushbu ko‘rsatkichning maqbul qiymati 1—1,5 doirasida bo‘lishi lozim. Agar ushbu koeffitsiyent 1,5 dan yuqori bo‘lsa, demak bankda aktivlar nomuvofiq taqsimlanmoqda, bu esa bank moliyaviy faoliyatining kam rentabelliligiga olib keladi. Agar koeffitsiyent 1 dan kichik bo‘lsa bankning likvidlilik darajasi kichik ekanligidan dalolat beradi. Bunday holatda DQMO va o‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlarni sotib likvidlilik yetishmasligini qoplash mumkin.
O‘zbekistonda banklarning likvidlilik ko‘rsatkichlari. O‘zbekis- ton Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklari faoliyatini tartibiga solish to‘g‘risida»gi 10-sonli Qoidasiga asosan likvidlilikni tahlil qilishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
likvidlilik koeffitsiyentlari tizimini to‘g‘ri hisoblashni tartibga solish;
bank likvidliligidagi ijobiy va salbiy yo‘nalishlarni aniqlash;
salbiy yo‘nalishlarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash;
bank likvidliligining ahvoli to‘g‘risida xulosa chiqarish;
bank likvidliligini tahlil qilish natijalari asosida bankka tav- siyalar tayyorlash.
Mazkur qoidaga muvofiq, lahzalik, joriy va qisqa muddatli likvidlilik ko‘rsatkichkichlari me’yoriy hisoblanadi. Likvidlilik bankning majburiyatlarga doir to‘lovlarni bajarish talablarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish layoqati hamda mijozlarining kreditga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga tayyorgarligi asosida baholanishi mumkin. Bank likvidliligi quyidagilar qoplanishini ta’minlashi lozim:
217
depozitlarning olinishi;
aktivlar va majburiyatlarni qoplash muddatlari o‘rtasidagi farqlar;
pul bozorlarining o‘zgarishlari;
rejalashtirilmagan xarajatlar.
Har bir aktiv va majburiyat uchun eng kichik muddat bel- gilanib, u shu muddat ichida qoplanishi lozim. Respublikamiz ti- jorat banklarining likvidliligi buxgalterlik balansi asosida koeffi- tsiyentlar uslubi yordamida hisoblanadi va nafaqat ularning fao- liyatini Markaziy bank nazorat qilishi uchun, balki tijorat banklarining ichki auditi uchun ham xizmat qiladi. Bundan foyda- laniladigan koeffisiyenlarni ko‘rib chiqamiz.
Joriy likvidlilik koeffitsiyenti yuqori likvid aktivlarning talab qilib olinadigan va 30 kunlik muddatli majburiyatlar sum- masiga nisbatini tavsiflaydi hamda bank omonatchilarning mab- lag‘lari jalb etilayotgan muddatlar va ushbu mablag‘lar aktiv operatsiyalarda joylashtiriladigan muddatlar o‘rtasidagi qat’iy muvofiqlikka rioya qilishi lozimligini anglatadi.
Joriy likvidlilik koeffitsiyenti. Yuqori likvid aktivlar va bankning qoplash muddati 30 kunlik qo‘yilmalari: 30 kunlik muddatgacha bo‘lgan talab qilib olinadigan majburiyatlar.
O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajasi — 0,3. Joriy likvidlilik koeffitsiyenti quyidagi hol- larda yaxshilanishi mumkin:
talab qilib olguncha majburiyatlarni bir oydan ortiq muddatli depozitlarga qayta rasmiylashtirish orqali kamaytirilganda;
likvid aktivlar o‘sishining ilgarilab ketuvchi sur’atlari hisobidan;
yuqori likvid davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish orqali
va h.k.
Lahzalik likvidlilik ko‘rsatkichi (Ll.k) bank yuqori likvid aktivlarining majburiyatlar summasiga nisbati sifatida hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |