O‘quv yiligacha O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim



Download 97,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.02.2022
Hajmi97,98 Kb.
#453638
1   2   3
Bog'liq
Odilbek

MANTIQIY SAVOLLAR: 
1. Bugungi globallashuv jarayoni dunyoning turli mamlakatlarini 
integratsiyaga chorlamoqda. Bunda, davlat suverenitetining ahamiyati qanchalik 
muhim deb hisoblaysiz? 
2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 54-moddasiga binoan 
mulkdan foydalanish davlatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlandigan 
manfaatlarini buzmasligi shart ekani belgilangan. Ushbu huquq normasini qanday 
tushunish lozim deb o‘ylaysiz? Fikringizni amaliy misollar yordamida bayon eting. 
KAZUSNING JAVOBI: 
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentning ta’lim to’g’risidagi qonunga 
o’zgartirish kiritishga vakolati bormi. 
2. Fuqaro D.Tolipovning konstitutsiyaning 15-moddasiga binoan Prezident 
qarorni qabul qilishda konstitutsiyada belgilangan talablarga mos harakat qilishi 
talabi asoslimi? 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 12-13-
moddalarida quyidagilar bayon etilgan.
12-modda. Umumiy o‘rta ta’lim 
Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha: 
boshlang‘ich ta’lim (I—IV sinflar); 
umumiy o‘rta ta’lim (I—IX sinflar). 


Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan 
savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. 
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, 
tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki 
tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam 
beradi. 
Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan 
maktablar tashkil etilishi mumkin. 
13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta 
ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini 
ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. 
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha 
ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda 
davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. 
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, 
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini 
ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. 
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va 
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha 
ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir. 
2018 yil 25 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy 
o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5313-son Farmoni qabul qilinib quyidagicha 
o’zgartirishlar kiritildi. 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy 
umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar 
bitiruvchilari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. 
Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash 


uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini 
ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini 
amalga oshirish maqsadida: 
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus 
ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, 
ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida hamda akademik 
litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi; 
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul 
qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik 
asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha 
bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshiriladi; 
kasb-hunar kollejlariga 2017/2018 o‘quv yiliga qadar (ushbu o‘quv yili 
qo‘shilgan holda) o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni o‘zlari ta’lim 
olayotgan kasb-hunar kollejlarida amaldagi o‘quv dasturlari asosida belgilangan 
tartibda tugatadilar. 
Ta’lim to’g’risidagi qonunning 25-moddasida ta’lim ishlarini boshqarishda 
president faoliyati va ta’lim tizimiga yangilik kiritish va takomillashtirishga doir 
ishlarni amalga oshirish Vazirlar mahkamasiga kiritilishi aytib o’tilgan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 15-moddasida quyidagilar 
yozilgan. 
15-modda: 
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. 
Xulosa qiladigan bo’lsak fuqaro D.Tolipovning e’tirozlari o’rinli. Ushbu 
vaziyatda Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi qismi ham buzilgan davlat 
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va 
qonunlarda belgilangan vakolatlardan tashqari hech qanday vakolatlarga ega emas. 


Fuqaro D.Tolipovning president qarori va harakatlari ustidan O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga qilgan murojaati to’g’ri. 

Download 97,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish