15
Gonkong, Parij, Dubay, Singapur kabi savdo-moliyaviy va transport salohiyati o‘ta
katta shaharlar kiritiladi.
Demografik siyosat
- davlat tomonidan demografik vaziyatni o‘zgartirish maqsadida
amalga oshiriladigan maxsus moddiy, ma’muriy va targ‘ibot choralari tizimi.
Demografik siyosat, asosan, ikki xil: mamlakat aholisi tabiiy o‘sishini kamaytirishga
qaratilgan yoki uni ko‘tarish maqsadini ko‘zlaydigan bo‘ladi.
3.
Dunyoning siyosiy xaritasidan Kaspiy dengizini ko‘rsating. Uning sohilida
qaysi poytaxt shahar joylashgan? Uning geografik koordinatalarini aniqlang.
Javob:
Kaspiy dengizi sohilida Ozarbayjon davlatining poytaxti Boku shahri
joylashgan bo’lib uning
geografik koordinatalari
:
40°22' shimoliy kenglik, 49°53'
sharqiy uzoqlik.
12-BILET
1.
Insoniyatning global muammolari haqida umumiy tushuncha. Tinchlik va
xavfsizlikni saqlash muammosi
.
Javob:
Dunyoning turli mintaqalarida urush va harbiy to‘qnashuvlar sodir
bo‘lmoqda. Harbiy harakatlar va fuqarolik urushlari tufayli ayrim davlatlar gumanitar
falokat vaziyatiga kelib qoldi. Bunga Suriya, Iroq, Liviya, Somali, Afg‘oniston,
Janubiy Sudan va boshqa davlatlarni misol tariqasida keltirilishi mumkin.
Sanoat va
fan-texnika inqilobi davrida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi tubdan
o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi
jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini
belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi. Bu muammolar insoniyatning global
muam molari deb ataladi hamda ularning yechimini topish yo‘lida barcha dav
latlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari jamlanishi maqsadga mu vofiq.
Global
muammolar qatoriga, odatda, quyidagilar kiritiladi: tinchlikni saqlash va jahon
xavfsizligini ta’minlash
muammosi; ekologik muammo; rivojlanayotgan
davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqlik muammosi; demografik
muammo (rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va
rivojlangan mamlakatlardagi demografik inqiroz); oziq-ovqat muammosi, energetika
muammosi,
xomashyo resurslari muammosi, Dunyo okeanidan oqilona foydalanish
muammosi; millatlararo va dinlararo munosabatlar muammosi; qon-yurak, onkologik
kasalliklar va OITSga qarshi kurashish muammosi. Bundan tashqari, boshqa bir
guruh muammolar ham ayrim adabiyotlarda global muammolar toifasiga kiritiladi,
masalan, favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish
va oldini olish muammosi,
koinotni o‘zlashtirish va fazoviy ekologiya muammosi yoki ma’naviy qadriyatlar
inqirozi muammosi. Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish
muammosi eng universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer
yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga kelishi muqarrar.
16
@geografiya_test_video_slayd
Insoniyat
tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y
bergan va, ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli
hududlarida hanuzgacha yuz bermoqda. Lekin, global darajada bu muammo jami 70
milliondan ziyod kishi qurbon bo‘lgan ikkita jahon urush bo‘lib o‘tgan XX asrda
keskinlashdi. Urushdan keyingi davrda esa kapitalistik va sotsialistik davlatlar,
ayniqsa, AQSH va Ittifoq o‘rtasidagi o‘tkir qarama-qarshiliklar sharoitida “qurol
poygasi” keskinlashib ketdi.
Hozirgi vaqtda AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston jahon hamjamiyatining rasman tan
olingan yadroviy qurolga ega davlatlari hisoblanadi. Shuningdek, rasmiy yadroviy
maqomga ega bo‘lmagan KXDR ham bu turdagi qurolga ega ekani barchaga ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: