O‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli imtihon materiallari va metodik tavsiyalar



Download 98,5 Kb.
bet1/3
Sana12.01.2017
Hajmi98,5 Kb.
#363
  1   2   3



2010-2011 O‘QUV YILIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 5-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN BOSQICHLI IMTIHON MATERIALLARI VA METODIK TAVSIYALAR

.

Maktab metodbirlashmalari imtihon biletlariga 15-20 % hajmda o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.



Adabiyоt

V-sinfda bosqichli nazorat og`zaki tarzda yil davomida adabiyot bo`yicha o`rganilgan mavzular asosida о‘tkaziladi.

Davlat ta’lim standartida V sinf о‘quvchilаri о‘zlаshtirishlаri kеrаk bо‘lgаn bilim, kо‘nikmа vа mаlаkаlаrda dasturda berilgan 23 nafar ijodkor tarjimai holi, ularning asarlari, shuningdek, xalq og`zaki ijodi namunalari va boshlang`ich nazariy ma’lumotlar haqida bilimga ega bo`lish, mаtnni ifodali о‘qish, mаtn mаzmunini о‘z sо‘zlаri bilаn bаyоn etа оlish, аsаr qаhrаmоnlаri хаtti-hаrаkаtlаrigа mustaqil munоsаbаt bildirish ko`nikmasini egallash, bаdiiy аsаrdа tаsvirlаngаn аsоsiy vоqеаni, lirik shе’rlаrdа ifоdаlаngаn his-hаyajоnni bir qadar tuyish, maqol, topishmoq, rubоiy, hikоya, qаsidа haqida dаstlabki tushunchаlаrni bilish, dаsturdа tаvsiya etilgаn 6-7 she’riy аsаrni yоdlash malakasiga ega bо‘lishi kеrаkligi belgilangan.

Bosquchli nazorat uchun savollar Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib, o`qib - o`rganilgan asarlar, nazariy ma’lumotlar hamda yod olingan asarlar bо‘yicha ikki qismdan iborat qilib tuzildi.

O`quvchi о‘zi tanlagan bilet bо‘yicha savol va topshiriqlarga javob beradi.

Og`zaki sinovni baholash quyidagi bilim, ko`nikma, malaka elementlari va me’yorlardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

1. Ijodkorlarning asarlari mazmunini tushungan bo`lsa, fukrlarini asardan parcha keltirib, isbotlasa, nutqi aniq, lo`nda va ravon bo`lsa, nazariy ma’lumotlarni bilsa, fikrini mustaqil bayon qilsa, nasriy yoki she’riy matnni talaffuz me’yorlariga( urg`u va mantiq qoidalariga) amal qilgan holda o`qisa – 5 ball qo`yiladi.

2. Asar va uning qahramonlariga mustaqil munosabat bildirsa, asarlar mazmunini tushungan bo`lsa, fukrlarini mustaqil, ijodiy bayon etsa, asardan parcha keltirib, asoslasa, asar mazmunini to`liq ifodalashga harakat qilsa – 4 ball qo`yiladi.

3. Asarni to`liq o`qimaganligi sezilsa, asar va uning qahramonlariga munosabat bildirshda mustaqil fikrlash malakasi, nutq ravonligi etish masa, nasriy va she’riy matnni o`qishda talaffuz me’yorlari biroz buzilsa – 3 ball qo`yiladi.

4. Asar haqida to`liq tushunchaga ega bo`lmasa, nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilmasa, nasriy yoki she’riy matnni o`qishda talaffuz me’yorlari buzilsa, fukrlarini mustaqil, ijodiy bayon etolmasa – 2 ball qo`yiladi.

5. Asar bo`yicha umumiy ma’lumotnigina bilsa, asar qahramonlari haqida tushunchaga ega bo`lmasa, nutqi adabiy til me’yorlariga javob bermasa, nasriy yoki she’riy matnni talab darajasida o`qimasa, fukrlarini mustaqil, ijodiy bayon etolmasa, matnni yoddan o`qish ko`nikmasini egallamagan bo`lsa – 1 ball qo`yiladi.


Download 98,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish