2019-2020-o‘quv yili uchun 7-, 11-sinflarda Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha
QO‘SHIMCHA TAVSIYАLAR
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirining 2018-yil 29-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2019-2020-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja va takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 266-sonli buyrug‘iga muofiq 7-sinfda Informatika va axborot texnologiyalari fani haftada 1 soat, o'quv yili davomida 34 soat (chuqurlashtirilgan sinflarda haftada 2 soat, o'quv yili uchun 68 soat) o‘qitilishi belgilangan. Shuningdek 11-sinflarda haftada 2 soat, o'quv yili davomida 68 soat (chuqurlashtirilgan sinflarda haftada 3 soat, o'quv yili uchun 102 soat) ajratilgan. Mazkur soatlarni belgilanishi o‘tgan o‘quv yili uchun ajratilgan soatlardan farq qilib, joriy o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinflarida 17 soatga qo‘shimcha hamda 11-sinflarda 34 soat uchun qo‘shimcha mavzular kiritish lozim.
2019-2020-o‘quv yilida mazkur sinflar uchun quyidagi tartibda qo‘shimcha soatlar va mavzular kiritildi. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘qitish yuzasidan RTM hamda o‘quv dasturi ishchi guruh tomonidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
7-sinfga kiritilgan mashg‘ulotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
7-darsdagi amaliy mashg‘ulotda ikkilik sanoq sistema bo‘yicha qo‘shish amallarini bajarilishi mumkin.
8-darsdagi amaliy mashg‘ulotda ikkilik sanoq sistema bo‘yicha ayrish amallarini bajarilish o‘quvchilarga yaxshi natija beradi.
10-dars Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash mavzusini o‘tkazmalar haqida to‘liq ma’lumot berish (takrorlash) o‘quvchilarga mavzuni yaxshi tushunishiga zamin yaratadi.
11-darsda ikkilik sanoq sistemasidan turli sanoq sistemalarga o‘tkazish amalini bajarish lozim.
12-darsda o‘nlik sanoq sistemasidan turli sanoq sistemalarga o‘tkazish amalini bajarish o‘quvchilarga yaxshi natija beradi.
13-darsda o‘n oltilik sanoq sistemasidan turli sanoq sistematlarga o‘tkazish amali murakkab bo‘lganligi sababli ko‘proq misollar ishlash lozim.
15-darsda ASCII KODLASH JADVALIdan foydalangan holda kodlash amallarini bajarish mumkin.
16-darsda Axborot hajmi va uzatish tezligi bo‘yicha tushunchalar berish va misollar tuzish tavsiya etiladi.
20-darsda Internetdan foydalanish va www tushunchasini amaliy mashg‘ulot yordamida kompyuterda ishlash mumkin.
21-darsda www tarkibi web-sahifa va gipermurojaatlar haqida tushunchalar berish va keng ma’lumotlar internet saytlaridan foydalanish.
23-darsda web-brauzerlardan foydalanib amaliy mashg‘ulot olib borish.
24-darsda Internet Explorer dasturining uskunalar panelidan foydalanishda amaliy yondashish.
26-darsda qidiruv tizimlaridan foydalanishda amaliy mashg‘ulotlar olib borish.
27-darsda Google qidiruv tizimi haqida kompyuterda amaliy mashg‘ulot bajarish mukin.
31-darsda Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida to‘liq ma’lumot berish (takrorlash) yaxshi natija beradi.
32-darsda Viruslar klassifikatsiyasi haqida tushuncha berilib, amaliy mashg‘ulotlar yordamida tushuntirilsa kompyuterni himoyalash kompetentligi oshadi.
33-darsda Viruslardan himoyalanish, turli viruslar haqida ma’lumotlar berish va amalda o‘rnatish ishlarini kompyuterda amalga oshirish mukin.
Do'stlaringiz bilan baham: |