Vaziyatga huquqiy baho bering.
JAVOB.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib taomillari to’g’risida”gi 701-sonli qonunning 29-moddasiga talablariga ko’ra:
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga doir hujjatlarni berish uchun zarur bo’lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to’liq bo’lmagan hajmda taqdim etilganligi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega bo’lgan hujjat berishni tegishli davlat organi tomonidan rad etilishiga asos bo’ladi.
Bunday vaziyatda tegishli organ talabgor tomonidan so’ralayotgan litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega bo’lgan hujjatning ahamiyati, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish usullari va boshqa sabablarni inobatga olgan holda manfaatdor shaxsga muddat beradi.
Kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risidagi xabarnoma talabgor shaxsga elektron tizim orqali bir ish kunida yuboriladi. Xabarnomada ko’rsatilgan muddat mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga mutanosib bo’lishi lekin ushbu muddat 30 ish kunidan oshib ketmasligi darkor.
Vakolatli organ talabgor shaxsga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun o’z vakolatlari doirasida zarur va yetarli yordamni ko’rsatishi darkor, talabgorning ushbu yordamni rad etish holatlari bundan mustasno.
Xabarnoma yuborilgan muddatda litsenziya va yoki ruxsat berish xususiyatidagi hujjatni so’rab talabgor tomonidan berilgan arizani ko’rib chiqish muddatlari to’xtatib turiladi.
Xabarnomada ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki ko’rsatilgan muddat o’tgandan so’ng hujjatlar taqdim etilgan taqdirda maxsus vakolatli organ litsenziya yoki ruxsat berishni rad etish to’g’risida qaror chiqarishga haqli.
Bunda litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talabgor litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan oshmaydigan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Talabgorlarning arizalarini takroran ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organlar tomonidan talabgorga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi mustasno.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, davlat organing ushbu harakatlarida bir qator qonun buzilishi holatlalri mavjud. Birinchidan, litsenziya berish 29-modda 1-qism 2-xatboshi bilan rad etilgan bo’lsa va talabgor o’ziga berilgan muddatda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni taqdim etgan bo’lsa qayta yig’im undirilmaydi. Ikkinchidan, avval keltirilmagan asoslar bo’yicha bir marta hujjatlarni to’la hajmda taqdim etishi uchun litsenziya berish rad etilgan shaxsni arizasini yangi kamchiliklar bilan rad etishning noqonuniy ekanligi qonunda o’z aksini topgan. Shunday qilib davlat organining harakatlari noqonuniy.
Do'stlaringiz bilan baham: |