Hindomalay biogeografi k viloyati. Hindiston, Hindixitoy, Seylon, Yava, Sumatra, Tayvan, Filippin orollaridan tashkil topgan. Barcha orollarda o‘rmonlar juda ko‘p. Faqat Hindistonning g‘arbiy qismi cho‘l zonasidan iborat. Hayvonlar orasida primatlardan – orangutan (odamsimon maymun), gibbon, chala maymunlar – tupaylar, hind fi li, yo‘lbars, bambuk ayig‘i, antilopalar, tapir, nosoroglar, qushlardan yovvoyi bankiv tovuqlari, qirg‘ovullar, tovuslar, sudralib yuruvchilardan – zaharli ilonlar, har xil kaltakesaklar, timsohlar ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |