Toshko‘mir davrida iqlim nam, havoda karbonat angidrid ko‘p bo‘lgan. Quruqlikdagi pasttekisliklarda botqoqli yerlar ko‘p uchragan. Ularda balandligi 40 m ga yetadigan qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlar o‘sgan. Bulardan tashqari ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan. Daraxtsimon o‘simliklarning yoppasiga halok bo‘lishi o‘sha joylarda keyinchalik ko‘mir qatlami hosil bo‘lishiga olib kelgan. Suv hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki vakillari hisoblangan stegotsefallar nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘lgan. Uchuvchi hasharot – suvaraklar, ninachilar rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |