O`quv yili 4-choragida Mamatqulova Xilola Burxonjonovnaning



Download 0,91 Mb.
bet20/29
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#216537
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
10biologiya tezis

Mezozoy erasi 175 mln yil davom etgan. Trias davrida iqlim quruq kelgan. O‘rmonlar ignabargli o‘simliklar, sagovniklar, sporali o‘simliklardan iborat bo‘lgan. Quruqlikda sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi oshgan. Ularning keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hozirgi vaqtda yashab turgan kaltakesak, toshbaqalarning ajdodlari ham shu davrda paydo bo‘lgan. Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish natijasida ba’zi bir yirtqich sudralib yuruvchilar tarixiy jarayonda o‘zgarish tufayli tanasi kalamushdek dastlabki sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha, ular hozirgi o‘rdakburun va yexidnalar singari tuxum qo‘yib, ko‘paygan.

Yura davrida o‘rmonlarda ochiq urug‘lilar hukmronlik qilgan. Ularning ba’zilari, ya’ni sekvoyalar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Dastlabki gulli o‘simliklarning tuzilishi ibtidoiy bo‘lgan. Sporali va ochiq urug‘li o‘simliklarning gurkirab rivojlanishi natijasida o‘txo‘r sudralib yuruvchi hayvonlar tanasi nihoyatda yiriklashgan. Ba’zilarining tanasi 20–25 m ga yetgan. Sudralib yuruvchi hayvonlar faqat quruqlikda emas, balki suv, havo muhitiga ham tarqalgan. Arxeopterikslar shu davrda paydo bo‘lgan.

Bo‘r davrida iqlim keskin o‘zgargan. Osmonni qoplagan bulutlar juda kamayib, atmosfera quruq va shaff of bo‘lgan. Quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘simlik barglariga tusha boshlagan. Iqlimning bunday o‘zgarishi ko‘pgina qirqquloqlar va ochiq urug‘lilar uchun noqulay bo‘lgan va ular kamaygan. Yopiq urug‘li o‘simliklar esa aksincha, ko‘paya boshlagan. Bo‘r davrining o‘rtalariga kelib yopiq urug‘li o‘simliklarning bir urug‘ pallali, ikki urug‘ pallali sinfl arning ko‘p oilalari rivojlangan. Ularning xilma-xilligi, tashqi qiyofasi ko‘p jihatdan hozirgi zamon florasiga yaqinlashgan. Bo‘rning ikkinchi yarmida sutemizuvchilarning xaltali va yo‘ldoshi kenja sinf vakillari paydo bo‘lgan. Kaynozoy erasi 70 mln yil davom etgan. Iqlim iliq, mo‘tadil bo‘lgan. Kaynozoy erasida gulli o‘simliklar, hasharotlar, qushlar, sutemizuvchi hayvonlar avj olib rivojlangan.

Uchlamchi davr o‘rtalarida iqlim quruq va mo‘tadil, oxirida esa kes kin sovigan. Iqlimdagi bunday o‘zgarishlar o‘rmonlarning kamayishiga, o‘tsimon o‘simliklarning keng tarqalishiga olib kelgan. Hasharotlar avj olib rivojlangan. Quruqlikda, havoda qushlar, sutemizuvchilar, suvda esa baliqlar, ikkinchi marta suv muhitida yashashga moslashgan sutemizuvchilar ko‘paygan. Yo‘ldoshli sutemizuvchi hayvonlarning qadimgisi hasharotxo‘rlar turkumi bo‘lib, ularning tuzilishi nisbatan sodda bo‘lgan, ulardan dastlabki yirtqichlar va primatlar kelib chiqqan. Davrning oxiriga kelib odamsimon maymunlar rivojlanadi. O‘rmonlarning qisqarishi bilan ba’zi odamsimon maymunlar ochiq yerlarda yashashga majbur bo‘ladi. Natijada janubiy «maymunlar» – avstralopiteklar kelib chiqqan.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish