Umumiy degeneratsiya tarixiy jarayonda murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o‘tish demakdir. Organik olam evolutsiyasining bu yo‘nalishi organizmlarning o‘troq yoki parazit holda hayot kechirishiga moslashuvi uzviy aloqador. Masalan, assidiy lichinkasida xordali hayvonlarga xos nerv sistemasi xorda, ko‘z rivojlangan bo‘ladi. Keyinchalik lichinka o‘troq hayot kechirishga o‘tib, voyaga yetish jarayonida organizmda regressiv metamorfoz ro‘y beradi. Xorda nerv sistemasining asosiy qismi yo‘qolib qolgani tugunchaga aylangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |