O`quv vaqti: 80 minut Talaba sоni



Download 312 Kb.
bet3/10
Sana20.06.2022
Hajmi312 Kb.
#681764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15-mavzu

Iste’dod. «Barcha iste’dodlar kabi shoirlik iste’dodi ham tugʻma boʻladi va bolalikdan oʻzini namoyon etadi. Bu kunduzdek ravshan, haqiqatning oʻzidek ayon...
... Shoirona iste’dod — bir qaraganda olamga hayrat koʻzi bilan boqish san’ati va oʻzgalami hayratga solish san’ati boʻlib koʻrinadi, yana bir qaraganda el dardiga oshno boʻlish qobiliyati boʻlib tuyuladi.
Iste’dod — bu avvalo did, yaxshi did egasi boʻlish qobiliyati, deguvchilar ham bor. Iste’dod — bepoyon tushuncha. U ta’rifga siqqanda edi, uni ma’lum xususiyatlar doirasida chegaralash mumkin boʻlganda edi, odamlar yoʻq iste’dodni tarbiyalab bor qilgan boʻlardilar. Gorkiy, iste’dodning 99 foizi mehnat deganini tugʻma iste’dodi boʻlmagan odam mehnat bilan chinakam shoir yoki bastakor boʻlishi mumkin deb tushunmaslik kerak. Har qalay 99 degani 100 emas. Suv normal sharoitda 100 gradusda qaynaydi. 99 gradus isigan suv-qaynagan suv emas. Fors tilida qaynashni «joʻshidan» deydi, ya’ni joʻshmoq. She’riyat ham joʻshmoqdir. Joʻshmoq uchun esa 99 foizdan tashqari oʻsha kamtarin bir foiz – ya’ni tugʻma iste’dod kerak.
Shu ma’noda «kunlarning sozini chertib yuruvchi»larning taskini — biz ulugʻ emas, bizga shu ham boʻlaveradi deb koʻngilni tinchitishi adabiyot uchun falokatdir. Shoirmi, adibmi, bu qutlugʻ dargohga qadam qoʻygan, anglamogʻi kerakki, bunda Nizomiylar, Navoiylar, Shekspir va Pushkinlar qalam surgan. U shu ulugʻ siymolar davrasiga kiradi. Oʻz qalbi, vijdoni oldida, bu ulugʻ zotlar oldida andisha qilmogʻi kerak.
Kim bilsin, bizlar ham kunlarning sozini chertib yurgan nozimlardirmiz – bu masala elning va fursat deb atalgan buyuk hakamning hukmiga havola. Lekin men ishonamanki, oʻzi har qancha kamtar va hokisor boʻlmasin, shoir ilhom chogʻida oʻzini Pushkindan kam sezmaydi va u toʻgʻri qiladi, tamoman haqli. (H.Umurov)
Albatta, el-yurt muhabbatini qozonish uchun tugʻma iste’dodning oʻzi kamlik qiladi. Shoir ruhan, fikran zamon darajasida boʻlmogʻi, xalq hayoti toʻlqinlari ichida keng quloch otmogʻi kerak.
Yana oʻsha gap, toʻqson toʻqqiz yuz boʻlmaganidek, bir ham yuz emas».
Erkin Vohidovning ushbu mulohazalari katta-yu kichikka tushunarli. Lekin «hech bir odam mukammal, ya’ni toʻla shakllangan holda dunyoga kelmaydi, ammo uning butun hayoti betinim harakatdagi oʻsish va doimiy shakllanishdan» (V.G.Belinskiy) iborat ekan, oʻsha zarur bir foiz — iste’dod hamma kishilar bilan birga tugʻiladi. Tabiat hech kimdan bu saxiyligini ayamaydi. Faqat u «urugʻ» shaklida yashirin namoyon boʻladi. Gap ana shi «urugʻ»ning unib-oʻsishi uchun yaxshi yer, havo, suv, quyosh zarui boʻlganidek, qobiliyat «urugʻi»ning harakati oilada, maktabda, jamiyatda. ta’lim-tarbiyada yaratilgan aniq sharoitga, insoniy munosabatlarga bogʻIiq Uning kuzatuvchanligini, havasini, qiziqishini, bilimini oʻstirishga, mustaqil ijodiy fikr yuritish koʻnikmasini egallashiga, goʻzallikni koʻra va his qils bilishiga erishish va shu singari munosabatlarda izchil va tinimsiz mehi bilan qilingan mehnat orqali «urugʻ»ni iste’dodga, yaratuvchi kuchga aylantirish mumkin. Shunday xususiyatga ega boʻlgan shaxs oʻz qobiliyatini namoyon qilgan sohada oʻzligini izlab topadi, buyuk ishlami insoniylik nuqtai nazaridan va osonlik bilan zavqu shavqqa toʻlib bajaradi. Busiz tabiat bergar iste’dod «urugʻi» ijtimoiy munosabatlar va vaqtning besamarligidan «urugʻ shaklida oʻlib ketaveradi. Tugʻma iste’dod egasi boʻlmagan kishidan shoii chiqmaganidek, mehnatdan, oʻqish-oʻrganishdan, mahorat sirlarini egal- lashdan qochgan, oʻzligiga, oʻz avlodining qismatiga yarashadigan SOʻZni ayta bilmagandan ham SHOIR chiqmaydi. Tugʻma iste’dod bilan uzluksiz mehnat oʻrtasidagi dialektik aloqa mohiyatini chuqur anglagan va bor hayo- tini — «xalqning, davrning xotiroti»ni dunyoga yoyishga bagʻishlagan, uni yoniq qismat deb tushungandan Shoir tugʻiladi. Ikkalasidan birontasi boʻImasa yoki birontasiga amal qilinmasa, nomi – shoir-u, umri boʻyi havaskor qalamkash boʻlib qolaveradi.
«Iste’dod — bu did» degan tushunchani yoqlagan, «Talant — hech qachon yangiligini yoʻqotmaydigan yagona yangilikdir», xulosasiga kelgan Abdulla Oripov goʻyo yuqoridagi fikr-mulohazalarni davom ettirib, loʻnda qilib deydi:
«... Ha, adabiyotda hamisha ikki toifa ijodkorlar davr surib kelganlar, Ulardan birinchisi, ta’bir joiz boʻlsa, kosiblardir. Kosiblar kimlar? Ulai she’riyatda umuman qanday maqomda namoyon boʻladilar? Adabiyotda kosib faqatgina oʻz istak va orzulariga koʻra, balki tirikchilik taqozosi tufayli yoxud nom qozonib yashash ishtiyoqida qoʻliga qalam oladi. Ba’zilari esa bu sohaga mutlaqo tasodif tufayli aralashib qolgan omadsiz mehnatkashlar boʻlifc chiqadi. Nima boMgan taqdirda ham, qanchalik yashovchan boʻlsa-da, adabiyotda kosiblik uning sohibiga obroʻ keltirgan emas. Ikkinchi toifa esa, qalb amri bilan ijod qiluvchi, oʻzi yoqqan alangada qovriluvchi, cheksiz mashaqqatli mehnatdan huzur va halovat oluvchi, qisqasi, ijodni qismat deb bilguvchi shaxslardir. Ularni koʻpincha tugʻma iste’dod egalari deb ham atashadi» (A.Oripov, 82-bet).
Xuddi shu fikrlarga yaqin mulohazalarni boshqa ijodkorlarda ham uchratamiz. Oʻtkir Hoshimov «Talantning birinchi belgisi — chidab boʻlmas dard demakdir», deydi. «Ijodkor odamning qalbida zarurat degan gʻalati tuygʻu boʻladi. Bu koʻngildagi «dard»larni faqat oʻz shaxsiy dardi emas, xalq dardini — ezgulikka mehr, razolatga qahrni odamlarga aytish, toʻkib solish ehtiyoji» (Oʻ.Hoshimov, 200-bet) deya baholaydi.
Xullas, yozuvchi va shoirga Parvardigor tomonidan berilgan tugʻma talantni qanday tushunish lozim?
Ma’lumki, san’atkor toʻppa-toʻgʻri hayotdan nusxa koʻchirmaydi, balki, unga haqiqatdan oʻxshash qilib yangi bir dunyo yaratadi, kashf etadi. Boshqacha aytganda, hayotiy haqiqatdan badiiy haqiqat yaratadi; hayotiy fakt va hodi- salarni oʻzining ruhiy laboratoriyasida «qaynatishi», ishlashi, sintezlatirishi, ya’ni tasavvuri, xayoli, orzusi, tajribasi, qalbi, tabiati, dunyoqarashi bilan boyitgan va muayyan gʻoyaga xizmat qiluvchi xarakterli va zaruriy detallarni, fakt va hodisalarni tanlagan holda tugallik kasb etgan (obrazli) badiiy hayotni yaratishi zarur; Yaratganda ham bu hayot kitobxon koʻz oʻngida jonli va real, ishonchli va goʻzal, ta’sirchan va yaxlit boʻlib gavdalanishi shart.
Bu holatni Erkin Vohidov shunday isbotlaydi:
Qirq sentnerdan olding har gektar yerdan,
Yurtimiz minnatdor sendek mard erdan. (Noma ’lum shoir)
Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin koʻngtim pisand etmas. (Alisher Navoiy)
Bu ikki bayt oʻsha gektaridan oiingan qirq sentnerdan hosil koʻtargan mardga oʻqilsa, aminmanki, unga keyingisi ma’qul boʻladi. Chunki, keyingi misralarda chinakam badiiyat bor, inson qalbining holati bor. Uni oʻqiganda har kim undan oʻz holatiga mos tuygʻu topadi...» (E. Vohidov, 144-bet).
Darhaqiqat, birinchi baytga e’tibor bersangiz, goʻyo she’riyatga xos hamma narsa bor: bayt ravon, boʻgʻin, turoqlari, qofiyasi joyida, bugungi hayot aksi bor. Lekin unda hayrat yoʻq; unda dard yoʻq; unda did yoʻq; unda san’atkoming oʻzligi yoʻq; unda yangilik yoʻq; unda obrazliiik, badiiylik yoʻq; unda qalbga koʻchuvchi, qalbni harakatga soluvchi holat tasviri yoʻq. Ikkinchi baytda esa hayot bor; hayrat bor; did bor; yangilik bor; samimiyal bor; poklik bor; har yurakning tuygʻusini uygʻotuvchi jonli ruh bor.
Birinchi bayt havaskor, kosib shoirlaming «chizmalariga» namunaviy misol boʻlsa, ikkinchi bayt tugʻma iste’dodga, she’riyatni qismat deb tush- ungan shoirlaming kashfiyotlariga jonli dalildir.
Xullas, iste’dodni oʻstirmasdan, unga «kun sayin mehnat bilan jilo ber- masdan» (A.Qahhor), yashashda va ijodda ichki va kuchli intizomga boʻysunmasdan, ilhom bilan yozmasdan kitobxon qalbini zabt etish, badiiy talant sohibi boʻlish mumkin emas ekan...
Mayli, oila a’zolari va oʻqituvchilar she’r va hikoya yoza boshlagan oʻquvchilami qoʻllab-quvvatlasinlar, adabiyot sirlariga oshno qilsinlar. Ular koʻpchilikni tashkil etsinlar, she’riy iqtidor sehrini boshdan kechirsinlar. Ana shundagina yuzlab havasmandlardan haqiqiy san’atkor — xalq mulki boʻlgan talant tugʻiladi.
Ijodkor ahli tafakkur, aql, kuchli ruhiy taassurot asosida hayot haqidagi xulosalarni qogʻozga tushiradi. Shuning uchun har bir tirik asarga yozuvchining dunyoqarashi, ruhiy quvvati singib ketadi. Hamma narsa shaxsning imkoniyatlarini amalga oshirish uchun atrof-muhit qanday imkoniyatlar bera olishiga bogʻliq. Albatta, ijodkor uchun ham ijodiy erkinlik muhim masalalardan biri sanaladi. “Ijod uchun birlamchi navbatda zarur boʻlgan narsa erkinlikdir. Erkinlik boʻlmasa, har qanday isteʼdod ham juda tez soʻnib qolishi mumkin”, deb taʼkidlaydi adabiyotshunos O. Sharafiddinov. Yozuvchi oʻz ijodi davomida insonning eng oliy tuygʻularini, uning ruhiyati, hayot soʻqmoqlaridagi qiyinchiliklarni yenga olish xususiyatlariga ega boʻlishi lozim.
Har birimizda butun odamzod shu vaqtgacha boshidan kechir- gan insoniy xususiyatlarning kurtagi yashirin tarzda mavjud. Ular har bii qalbning chuqurida yota beradi. Lekin, ulardan birortasini uygʻotish zarurati tugʻilsa, shunga tashqi talab, ehtiyoj boʻlsa, tasavvurimizda jonlanishi mumkin. Xuddi ana shu sababli yozuvchi xohlagan qiyofaga, yoshga, holatga kira bilishi mumkin. Xohlagan kechinma, hissiyot, ruhiyatni tasavvur eta olishi mumkin. Shunday ekan, yozuvchi-san’atkorxasislikvajinoyatni ham, qoʻrquv va mardlikni ham, oʻlim va jasoratni ham, ayol va yigitni ham, chol va kampimi ham... muhabbat va oriyatni ham tushunarli va yorqin tasvirlay olish qudratiga egadir.
Lekin, bu qudrat samimiy va ta’sirchan, ishonarli va «yuquvchan» boʻlishi uchun yozuvchi oʻz xalqining farzandi, Vatanining fidoyisi, qaynoq hayot- ning faol ishtirokchisi, ilgʻor dunyoqarashning egasi sifatida katta shaxsiy va ijodiy tajribaga ega boʻlishi lozim. Chunki yozuvchining shaxsiy tajribasi, biografiyasi «oltin fond» (A.Muxtor) boʻlib, u hayotda, shu jumladan, asarda roʻy berayotgan voqea va hodisalarni tushuntiruvchi kalitdir. Shu bois, Gʻ.Gʻulom: «Yozuvchi kishining ichki dunyosini tasvirlar ekan, oʻz tajriba- siga suyanadi. Shuning uchun ham bu tajriba qanchalik keng boʻlsa, qahramonning ichki dunyosi ham shu qadar boy boʻladi», deb yozgan edi. Darvoqe, shaxsiy tajriba — oʻzgalar qalbini toʻgʻri anglashning yoʻlchi yulduzi- dir.
Garchi, insoniyatga tegishli hamma narsa har bir shaxsga ham tegishli boʻlsa-da, har bir inson oʻzicha his qilib, oʻzicha oʻylaydi, oʻzicha yashaydi, oʻzicha oʻrtanadi, oʻzicha mulohaza qiladi, oʻzicha gapiradi... Shu sabab «Bir shoiming «sir»i boshqa shoir uchun sira ham ish bermaydi. Uni hamma qulfga tushadigan kalitdek deb oʻylash mumkin emas.
Poetik ijodning «sir»ini faqat shoiming oʻzigina topa olishi, shunda ham faqat oʻzidan topa olishi mumkin. Har bir yangi shoir bu «sir»ni oʻzi uchun yangidan «ochishi» kerak, deb aytsak toʻgʻriroq boʻladi.
Poetik «sirni» bilib olish — bu hammadan oldin ijodda mustaqil boʻlish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, sen bir she’r yozginki, bu she’ming yozilishi faqat oʻzingga, boshqa shoirga emas, faqat sening oʻzinggagina xos boʻlsin, ya’ni bu she’rda oʻzingga xos ovozing boʻlsin, biror temada mustaqil oʻzing nima ayta olsang, faqat shuni, oʻz fikringni ayt. Chunki turmushdan olgan bir voqeani oʻzing koʻrgansan, oʻylagansan, uni oʻzing his qilgansan, oʻzing anglagansan va oʻzing undan xulosa chiqargansan. Shuning bilan birga bu voqea, faqat shoir va ma’lum doiradagi odamlar uchungina ahami- yatli boʻlmay, balki, eng muhimi, keng o quvchilar ommasi uchun ahami- yatli bo lishi kerak».
Shoir M.Isakovskiyningyuqorida keltirgan soʻzlaridan xulosa shuki, «kimki yozuvchi boʻlmoqchi boʻlsa, albatta, oʻzidan oʻzligini topishi zarur». Chunki, u tasvirlamoqchi boʻlgan hayotning maftunkorligi yozuvchi shaxsidan qoʻshiladigan ma’naviy, poetik «boylik»ning darajasiga bogliqdir. U oʻzigagina tegishli ana shu «boylik»ni — insoniy sifatlarni, ruhiy kuchlami yaratayot- gan qahramonlariga «ulashganda», berganda buning sifati qandayligini — fikriy doirasi, ichki dunyosining teran, boy yoki cheklangan va qashshoq- ligini kitobxon baholaydi. Ana shu bahosining natijasiga qarab yozuvchiga, uning asariga boʻlgan munosabatini belgilaydi.
Demak, yozuvchining qahramonlar kechinmalarini birga his qilish, ularga singish («vjivaniye») iste’dodi, qahramonlarga subyektiv munosabati katta rol oʻynaydi. U oʻzini tasvirlanayotgan shaxs oʻrniga qoʻya olsagina, oʻsha shaxs qiyofasiga kira bilsagina xarakter jonlanadi.
Buning uchun yozuvchi, dastavval, obrazni koʻz oʻngida jonli shaxs qiyofasiga kirguncha oʻrganadi. Yozuvchi oʻz qahramonining tugʻilishidan tor- tib umrining oxirigacha boʻlgan hayotini va u harakat qilishi lozim boʻlgan voqelikni — sharoitni tasavvur qila bilishi kerak.
Agar Oybek: «Buning uchun, albatta, Navoiyning barcha asarlari, Navoiy yashagan davming tarixi, u davrning sotsial qiyofasi, u davr faoliyati- ning xarakteri, urf-odatlari, xulq-atvori bilan tanishishiga toʻgʻri keldi. Koʻp tarixiy faktlar, materiallarni yigʻdim, ularni tahlil etib, magʻzini chaqish uchun chuqur his etishga, oʻylashga boshladim. Bu ishga shu qadar gʻarq boʻlgan edimki, romanning ish plani qogʻozda yoʻq edi, u mening koʻnglimda, yodimda edi, butun borligʻimni band etgan edi. Yur- sam-tursam hamisha Navoiyni oʻylar edim. Uning ma’nodor, aqlli koʻzlari, xushfe’l, rahmdil, olijanob qiyofasi, asl, pok, ulugʻ qalbini his etardim, koʻz oʻngimda koʻrardim», — deb yozsa, S.Ahmad «Ufq» qahramonlari haqida: «Romandagi har bir personaj bilan xayolan gaplashganman, yigʻlaganman. Ular xuddi qaysar, bebosh bolalardek meni qancha qiynashgan.
Xasis, yaramas Inoyat oqsoqolni qandoq qilib yomon koʻray. Axir uni yaratguncha qancha azob tortganman. Uning eski bir soʻmliklarni samovaming qomiga yopishtirib dazmollashidan tortib militsioner bilan uchrashu- vigacha menga qadrli», — deb ta’kidlaydi.
Ushbu iqrornomalardan koʻrinayaptiki, Oybek qahramonlarini koʻz oʻngida koʻrganday tasavvur qilsa, Said Ahmad ular bilan xayolan gaplashib, suhbatlashadi. Bu xususiyat, ya’ni yozuvchining asarda tasvirlanayotgan olamda yashashi, shu olam kishilari bilan munosabatga kirishishi, ularning yaxshi- sini sevishi, yomonini qoralashi hamma san’atkorlarga xosdir. A.Tolstoy yozganidek, «Tasvirlagan narsalami his-tuygʻular yordamida koʻra bilib, asar yaratish yozuvchi uchun qonundir».
Ilhom bepoyon ijodiy jarayonning bir parchasi, badiiy asar yaratish tizi- midagi san’atkorning muayyan bir holati. Lekin ilhomsiz yaxshi asar yaratish mumkin emasligi ham ayon boʻldi.
Adabiyotshunoslikda ilhomning ikki darajasi borligi qayd etilgan: Biz birinchisini — motadil ilbom (vdoxnoveniye-skritoye, «skromnoye») va ikkinchisini — zavqu shavqqa toiiq ilhom (vdoxnoveniye-affekt) deb ata- dik. Birinchisiz asar yozish mumkin emas, ikkinchisisiz har qalay mumkin. Birinchisi juda oddiy kechadi, ya’ni san’atkor ilhom hayajonini sezsa-da, tashqi koʻrinishidan oʻzini juda xotiijam tutadi, hamma holatini ongli idrok etadi. Ma’lumki, ilhom yozuvchi fikr-mushohadasining chuqurliklarida tugʻiladi va yetiladi. Ba’zan u birdaniga vulqondek otilib chiqadi: san’atkor yaratayotgan olamiga shunchalik ehtiros va hayajon bilan beriladiki, reallik- ni sezmaydi. Uning tomirlarida shiddat bilan qon yugura boshlaydiki, oʻsha tasvirlayotgan qahramonining holatiga tushadi.
Jumladan, kitobxon Surayyo Xoʻjayeva yozuvchi A. Muxtordan «Badiiy asarni oʻqiyotganda qahramonlar hayotining eng hayajonli daqiqalari tasviri paytidagi yozuvchi holati masalasi meni juda-juda qiziqtiradi. Men «Tugʻilish» romanini oʻqiyotganimda Luqmonchaning oʻlimi tasviriga kelganda oʻzimni qoʻyarga joy topolmay qolgan edim. Asqad aka, oʻsha hayajonli daqiqalar tasviri paytida qanday holatga tushgansiz, eslay olasizmi?» — deb soʻraganida A.Muxtor quyidagicha javob beradi:
«Asarning kitobxon uchun ta’sirli joylari yozuvchining oʻzini ham shunchalik ta’sirlantiradimi? Bu haqda har xil afsonalar bor. Mikelanjeloga oʻzi yaratgan haykal tirikday koʻrinib, qoʻrqib ketganmish; Balzak qahramoni oʻlganda infarkt boMib qolganmish... «Oʻtkan kunlar»dagi Kumush oʻlimi tasviri paytida Abdulla Qodiriyning yigʻlagani haqida ham gaplar bor...
Bular — ijod psixologiyasi nuqtayi nazaridan haqiqatan ham afsona.
Ijodkor bunday ta’sirli tasvirlar paytida zahmat chekadi. Toʻgʻri, ilhom bilan zahmat chekadi, lekin uni koʻpincha hayajon emas, qanoatsizlik hissi qiynaydi. Chunki, qogʻozga tushgan narsa odatda yozuvchi oʻyida tugʻilgan oʻziga xos murakkab munosabatlar olamiga nisbatan juda kichik boʻladi. Yozuvchi tasavvuridagi ajoyib dunyo qogʻozga hech vaqt toʻlaligicha tushmaydi. Tasavvur soʻzlardan boy. Shuning uchun oʻsha Surayyoxon aytgan tasvirlarda ham meni birinchi galda qanoatsizlik hissi qiynagan. Charchaganman, maza qilib uxlaganman. Nazarimda, shu his boʻlmasa; bordi-yu yozuvchi oʻzi yozganidan oʻzi mamnun boʻlib zavqlansa, asar yaxshi chiqmaydi».
Demak, A.Muxtorning asosli fikriga koʻra, yozuvchi qahramon hissiyotini, kechinmasi va iztiroblarini tasvirlash paytida uning qiyofasiga kiradi, lekin butunlay, yuz foiz emas, oʻzining «men»ini, yaratuvchi shaxs-yozuvchi ekanligini unutmaydi. Darhaqiqat, Mikelanjelo, Balzak, Qodiriylar boshidan kechirgan yuqoridagi «afsona»lar yuz berganda ham, u san’atkorlar yaratilgan yoki yaratilayotgan obrazlardan ustun turganlar; oʻzlarini asar qahramoni emas, balki «uydirmalar ijodkori» (M.Gorkiy) ekanlarini unutmaganlar. Shunday ekan, H.Qodiriyning «Otam haqida» xotirasida quyidagicha yozgani yolgʻonmi?
«Bobom vafotidan soʻng edi. Shahar hovlida yashar edik. Bir kuni uyimizda shunday voqea roʻy berdi, oyim, odatimizcha, ertalabki choyni bibimning uyiga hozirladi-da, erta turib, yozib oʻtirgan dadamni choyga chaqirgani kirib ketdi. Biz dasturxon tevaragida uning chiqishini kutamiz... Bir vaqt oyim negadir indamay chiqdi-da, oʻtirib bizga choy quyib bera boshladi:
— Abdullani chaqirdingmi, Rahbar, — dadam chiqavermagach, oyim- dan soʻradi bibim.
— Yoʻq.
— Nega?
— Oʻgʻlingiz yigʻlab oʻtiribdilar, — dedi oyim.
Bibim bechora sakrab turib dadamning uyiga yoʻl oldi. Kap-katta kishining yigʻlashidan hayratga tushib men ham bibim ortidan ergashdim. Kirsak, u yum-yum yigʻlar, kursiga tirsaklanib olib toʻxtovsiz yozar edi. Bibim dadamning bu holiga bir oz qarab turdi-da, bir narsani tushundi shekilli, indamay, meni boshlab orqasiga qaytdi va oʻtirib choyini icha boshladi. Men bibimdan soʻradim: — Ona, dadam nega yigʻlayaptilar?...
— Dadang jinni boʻlib qolibdi... — javob qildi bibim va boshqa soʻz aytmadi.
Keyinchalik anglasam, oʻshanda dadam oʻz sevikli qahramoni Kumush- ning oʻlimi payti tasvirini yozayotgan ekan».
Bu kabi hodisalar badiiy ijod uchun yot narsa ham, yozuvchi A. Muxtor aytganidek, afsona ham emas. San’atkor oʻzi yaratgan, oʻylab chiqargan obrazini obyektivlashtirar ekan, uni xuddi birga yashayotgan kishisidek, real, hayotiy odam tarzida tasavvur qiladi. Natijada, qahramon qalbida sodir boʻlayotgan kechinma, iztirob, ogʻriqni oʻz boshidan kechirayotgan shaxs holiga tushadi. Qahramonning oʻzigagina tegishli olamning eng chuqur sirlarini toʻliq his qilishga imkon beradi.
Shu sabab S.Ahmad yozadi:
«Ogʻir yuk koʻtargan kishini tasvirlaganimda, oʻzim oʻsha yukni koʻtargandek kuchanib, terlab ketaman. Oʻlim manzarasini tasvirlaganimda eng yaqin kishimning jasadi tepasida turgandek yigʻlagim keladi.
Xullas, nimani tasvirlasam, oʻzim oʻsha voqeaning ishtirokchisiga ay- lanaman. Shuning uchun ham, har bobni yozganda qattiq charchab, toliqib qolaman».
Agar qahramon kechinmasi bilan birga azoblanish A.Qodiriyni yum-yum yigʻlatsa, S.Ahmadni charchatsa, toliqtirsa, yozuvchi H.Gʻulomni beixtiyor koʻzlaridan yosh chiqib ketishiga olib keladi.
Mа’lum bir tаriхiy dаvrdа oʻz mаfkurаsi vа tаjribаsi bilаn bir-birigа yaqin turgаn bir nеchа yozuvchilаr ijоdidа mаvzu, gʻоya, bаdiiy tаsvir usullаrining oʻzаrо yaqin boʻlishi аdаbiy yoʻnаlishni kеltirib chiqаrаdi. Аdаbiy yoʻnаlish mа’lum bir dаvrdа pаydо boʻlib, mа’lum dаvrdаn kеyin yoʻqоlishi mumkin.
Аdаbiy yoʻnаlishning tоrrоq tushunchаsi аdаbiy оqim boʻlib, u umumаdаbiy dоirаdа hаrаkаt qilа оlmаydi. Birоr dаvr аdаbiyotidа bir nеchа аdаbiy оqim boʻlishi mumkin.
Har bir yozuvchining oʻziga hоs uslubi boʻlishidan tashqari, bir nеcha yozuvchi, turli davr va mamlakat yozuvchilari uchun haraktеrli boʻlgan umumiy хususiyatlar ham mavjud boʻladi. Masalan, Balzak, Dikkеns, Gоgоl, Turgеnеv, L.Tоlstоy kabilar oʻziga хоs uslublariga ega boʻlishlaridan tashqari, ularni birlashtirib turuvchi umumiy хususiyatlar ham mavjud boʻlishi mumkin, bu narsa hayotni boʻyamasdan, idеallashtirmasdan, toʻgʻri va ishоnarli оbrazlarda koʻrsatishlarida, hayotning eng muhim masalalarini оchishga intilishlarida koʻrinadi.
Yana bir masala: adabiyotshunоslikda "mеtоd", "badiiy mеtоd" va "ijоdiy mеtоd" atamalari ishlatiladiki, bular, asоsan, bir-birining sinоnimi ekanligini inоbatga оlmоq kеrak. Ammо adabiyotshunоslikda qo`llanilayotgan "yozuvchining badiiy mеtоdi" ("Оybеk rеalizmi", "Abdulla Qodiriy rеalizmi"...) va "yozuvchilarning muayyan guruhini birlashtiruvchi badiiy mеtоd" tushunchalari bir-bi­rining sinоnimi emas. Bu o`rinda badiiy tafakkur taraqqiyotining muayyan bоsqichida yozuvchilarni bir guruhga uyushtirib turadigan ijоdiy mеtоd haqida fikr yuritmоqdamiz.
Ijоdiy mеtоd dunyoqarash, estеtik idеal, badiiy ma­hоrat kabi masalalar bilan uzviy alоqda bo`ladi. Badiiy mеtоdni o`rganish jarayonida mеtоdni uslub bilan qiyoslash usulidan fоydalanish mumkin. Chunki, bu usul badiiy mеtоdni ham, individual uslubni ham aniqrоq va оsоnrоq, tushunib оlishga qulaylik tug`diradi. Mеtоd va uslub, birinchidan, bir-biriga o`zviy bоg`liq, ikkinchidan, ular aynan bir narsa ham emas. Prоf. L.I.Timоfеyеv yozadi: "Mеtоdda eng avvalо, yozuvchini bоshqa, o`ziga yaqin yozuvchilar bilan bоg`laydigan umumiy narsalar ko`zga tashlanadi, uslubda esa ularni bir-biridan ajratib turadigan tоmоnlar: uning shaхsiy tajribasi, istе’dоdi, nutq оhangi va hоkazоlar ko`zga tashlanadi"1. "Mеtоd uslubga nisbatan umumiy хaraktеrga ega, — dеb yozishgan N. Shukurоv va Sh.Хоlmatоv-lar, — mеtоdni оbrazli ma’nоda sahna dеb faraz qiladigan bo`lsak, uslub shu sahnada qo`yiladigan spеktakldir. Spеktakllar bir-biriga hеch qachоn o`хshamaganidеk, uslublar ham hech vaqt bir-biriga o`хshamaydi"2.
Ijоdiy mеtоd vоqеalarni ifоda etish tamоyili yoki tamоyillar tizimidir. Ijоdiy mеtоd gʻоyaviy estеtik katеgоriyadir.
Mеtоd dunyoqarashga bоgʻliqdir. Ijоdiy mеtоd bir emas, bir nеcha yozuvchi uchun umumiy boʻlgan bоrliqni koʻra bilish, uni qayta jоnlantirish, hayot matеrialini tanlash va umumlashtirish, undagi muhim tоmоnlarni ajratib koʻrsatish tamоyilidir. Adabiy оqim va yoʻnalish ijоd usuli (printsipi) emas. Balki ijоdiy mеtоdning san’at-kоr dunyoqarashi blan bоgʻliq хususiyatlaridir. Adabiy оqim bir ijоdiy mеtоd ichida ana shu mеtоdga mansub yozuvchilar oʻrtasidagi gʻоyaviy yaqinlikdir. Adabiy оqim bir qatоr yozuvchilarda namоyon boʻladigan gʻоyaviy-badiiy yaqinlik, ana shu хususiyatlarning birligidir.
Rоmantizm (frans. romantisme - rоman tilida yozilgan asar) - Оvrupо va Amеrika mamlakatlarida XVIII asr охiri va XIX asr bоshlarida ijоdiy mеtоd sifatida shakllangan. Sеntimеntalizm asоsida yaratilgan rоmantizm bu davrdagi inqilоbiy siljishlarning mahsuli, uning badiiy tafakkurdagi in’ikоsi sifatida paydо bo`lgan.
V.G.Bеlinskiy aytganidеk, rоmantizmning ildizlari qadim zamоnlar (antik adabiyot)ga bоrib taqaladi. Hayotni tasvirlashning rоmantik va rеalistik usullari, ibtidоiy tarzda bo`lsada, Aristоtеlga ham ma’lum edi. Birоq qadimgi rоmantizm mеtоd sifatida emas, balki unsur, tеn­dеnsiya tarzidagi rоmantizm (to`g`rirоg`i rоmantika) bo`lgan. Badiiy adabiyotdagi rоmantika nеcha-nеcha asrlik tariхga ega. Rоmantizm Оvrupо va Amеrika mamlakatlari adabiyotlaridagina emas, balki rus adabiyotida, Sharq хalqlari adabiyotlarida, shu jumladan, o`zbеk adabiyotida ham chuqur ildiz оtgan. O`zbеk mumtоz adabiyotining asоsiy ijоdiy mеtоdi, оlimlarimiz aniqlaganlaridеk, rоmantizmdir. Birоq, bu fikrdan o`tmish adabiyotimizda rеalistik unsurlar butunlay yo`q ekan-da dеgan yanglish хulоsa kеlib chiqmasligi kеrak.
Rоmantizm san’ati хazinasiga jahonning ko`pgina хalq­lari o`z hissalarini qo`shgan ekan, bundan uning birinchidan, hayotiyligi, badiiy tafakkur tariхida o`ynagan ijоbiy rоli sеzilsa, ikkinchidan, tabiatan g`oyatda murakkabligi, o`ziga хоsligi, ziddiyatliligi ham anglashiladi. Har bir хalq adabiyotidagi rоmantizm kоnkrеt ijtimоiy-tariхiy muhit taqozоsiga ko`ra, o`ziga хоs milliy хususiyatlarga ega bo`ladi va ayni chоqda, barcha хalqlar adabiyotlaridagi rоmantizmni хaraktеrlоvchi mushtarak хislatlar ham mavjuddir. Chunоnchi:
1. Rоmantizm, dastavval shu bilan tavsiflanadiki, bu hayotni badiiy tadqiq etganda, uni sоtsial tariхiy kоnkrеtligi bilan ko`rsatishga nisbatan hayot haqidagi kоnsеpsiyalarga tayanib ish tutadi. Rоmantik yozuvchi qandaydir go`zal va mukammal hayotni оrzu qiladi, ammо o`z оrzusidagi turmush tarzini mavjud vоqеlikdan tоpa оlmaydi. O`z atrоfidagi muhitdan nоrоzi bo`ladi, uni tasvirlashdan ko`ra hayolidagi go`zal hayotni aks ettirishni afzal dеb biladi. Rоmantizmning yirik vakillaridan biri Jоrj Sand rеalist yozuvchi О.Balzak bilan qilgan suhbatida shunday dеgan: "Siz insоnni hayotda qanday ko`rsangiz shunday, aynan tasvirlaysiz. Mеn bo`lsam insоnni qanday ko`rishni хоhlasam shu taхlitda tasvirlayman"1. Rоman­tizm va rеalizmning asоsiy farqi — ana shunda!
Dеmak, rоmantizmda insоn qanday bo`lsa shundayligicha emas, aksincha, qanday bo`lishi kеrak bo`lsa (ijоdkоr nazarida) o`shanday ko`rsatilar ekan. Masalan, Alishеr Navоiy "Saddi Iskandariy" dоstоnida Iskandar Zulqarnayn оbrazi (prоtоtipi Alеksandr Makеdоnskiy, mil. avv. 356—323-yillar)ni yaratar ekan, uni tariхda qanday bo`lsa shundayligicha emas, balki butunlay bоshqacha — adоlatli, ma’rifatparvar shоh sifatida tasvirlaydi. Bundan rоmantik qahramоnlar sоtsial-tariхiy muhitdan butunlay uzilib qоladi, dеgan хulоsa kеlib chiqmasligi kеrak. Chunki, bu хil оbrazlar muayyan davrning estеtik idеallarini aks ettiradi. Chunоnchi, Navоiy Iskandar Zulqarnayn оbrazi оrqali, birinchidan, o`z zamоnasining markazlashgan davlat tuzish, adоlatli va ma’rifatparvar shоh haqidagi оrzularini ifоdalagan bo`lsa, ikkinchidan, o`z davridagi pоdshоlar (Husayn Bоyqarо va uning o`g`illari)ga Iskandar Zulqarnaynni namuna qilib ko`rsatadi. Shu tariqa rоmantik idеal оbrazlar muayyan sоtsial-tariхiy sharоitning ehtiyojlariga (u yohud bu darajada) javоb bеradi, hayot bilan bеvоsita emas, bilvоsita bоg`lanadi: hayotni go`zalrоq qilishga хizmat etadi.

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish