2.2. Chiziqli kodlash
RUT chiziqli trakti bo‘yicha uzatish uchun ishlatiladigan kod quyidagi asosiy talablar qoniqtirishi kerak:
- chiziqli signalning spektri o‘zgarmas tashkil etuvchiga ega bo‘lmasligi kerak, bu simmetriyalovchi transformatorlarni ishlatilishiga imkon beradi va regeneratorlarni o‘zgarmas tok bilan masofadan ta’minotini ta’minlaydi;
- signalning energetik spektri iloji boricha tor polosani egallashi kerak, binobarin, yaxshisi bu spektrning maksimumi nisbatan past chastotalar sohasida bo‘lsin, bu regeneratsiyalash oraliqlarining katta uzunliklarini olishga imkon beradi, chunki pastroq chastotalar sohasida kabeldagi so‘nish va o‘tish ta’sirlari kamayadi;
- regeneratorlarning normal ishlashi uchun zaru bo‘ladigan takt chastotasi signalini ajratilishi imkoniyati ta’minlanishi kerak;
- kodning tuzilmasi shunday bo‘lishi kerakki, regeneratsiyalash jarayonida xatoliklarni vujudga kelishi hisobiga uning buzilishi holatida ekspluatatsiya jarayonida xatoliklar koeffitsiyentini nazorat qilishni amalga oshirish mumkin bo‘lsin.
Aloqa liniyasiga beriladigan signal spektrini optimallashtirish uchun chiziqli kodlash deyiladigan kodlash ishlatiladi. U quyidagilarni ta’minlashi kerak:
- nolinchi chastotada minimal spektral zichlikni va uni past chastotalarda cheklanishini;
- spektrning uzluksiz qismi fonida oson ajraladigan diskret tashkil etuvchi ko‘rinishidagi uzatiladigan signalning takt chastotasi haqidagi ma’lumotlarni;
- aloqa kanali orqali signalni buzilishlarsiz uzatish uchun yetarli tor polosali uzluksiz signalni;
- aloqa kanalidagi nisbiy uzatish tezligini kamaytirish uchunkam ortiqchalikni;
- takrorlanadigan simvollar (“1” yoki “0”) bloklarining minimal mumkin bo‘lgan uzunliklarini va disparitetlikni (kodli kombinatsiyalardagi “1” va “0”sonlarining tengsizligi).
Kodlarni ishlatilishida ularning simvollarini keyingi operatsiyalarning bajarilishi va aloqa liniyalari bo‘yicha uzatish uchun qulay u yoki bu shakldagi diskret signal elementlari ko‘rinishida taqdim etish zarur. Signallar shakllari kodning simvollari bilan qat’iy biriktirilishi shart emas. Kodning bir simvoli shakllarning almashishi, ikkinchi simvol esa oldingi elementning shakli bilan aks ettiriladigan nisbatan kodlash qoidalari keng tarqalgan. Signalning shaklini tanlash eng to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarzda energetik spektrni (egallanadigan chastotalar polosasini), sinxronlashtirish signallarini ajratilishi imkoniyatini, chastotalar polosasi birligiga hisoblanganda uzatish tezligini (solishtirma uzatish tezligini) aniqlaydi. Aloqa liniyalari bo‘yicha uzatishga mo‘ljallangan raqamli signallarning shakllari chiziqli kodlar (ChK) nomlarini oldi. ChK noldan boshlanadigan birlamchi chastotalar polosasida modulyatsiyalashsiz ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda, raqamli uzatish tizimlarining shakllantirilgan va oddiy ikkilik ketma-ketliklaridan iborat bo‘lgan kadrlari liniyaga berilishidan oldin chiziqli koderda mos o‘zgartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |