HISOBOTI
Yangi oy boshida kalendar ish rejaga muvofiq ushbu oyda bajariladigan ishlar rejasini tuzib oldik.
O’quv metodik ilmiy tadqiqot pedagogik amaliyot bo’yicha kalendar ish reja asosida ish olib bormoqdamiz. Jumladan kafedrada olib boriladigan fanlarning o’quv dasturlari bilan tanishib ularni ishlab chiqish mexanizmi bilan tanishmoqdamiz. Belgilangan fanlardan o’quv reja ishlab chiqib dastur asosida fan mavzulari bo’yicha kalendar ish reja tuzdik va o’quv reja bilan bilan solishtirdik. “Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix) fakulteti Tarix o’qitish metodikasi kafedrasi magistratura va bakalavr darajalari o’quv rejasi bilan tanishildi. O’quv rejadagi mutaxassislik fanlari va ularning ishchi dasturlari, maqsad va vazifalari, tadqiqot obekti, predmetini aniqlash bo’yicha kafedra mudiri kafedra mudiri t.f.n(PhD) F.E.Toshboyev va boshqa o’qituvchilar bilan tanlangan mavzu bo’yicha mavjud bo’lgan bilimlar, ma’lumotlar, axborot resusrlari, kutubxona fondlari, enternet va ekektron resurslari bilan tanishdik.Magistrlik dissertatsiyasi tayyorlash bo’yicha kalendar reja asosida tadqiqot o’tkazishga tayyorgarlik ko’rilmoqda. Tadqiqot obyekti va mavzusini aniqlash, tadqiqot mavzusi bo’yicha bibliografiya va axborot resurslari, kutubxona fonlari, internet va elektron resurslar bilan tanishib chiqmoqdamiz. Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirmoqdamiz. O’quv huquqiy- me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda dissertatsiya mavzularimiz va tadqiqotlarimiz qo’l kelmoqda.
Magistrant: M.Boltayev
A.Qodiriy nomidagi JDPI “Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix) fakulteti Tarix o’qitish metodikasi kafedrasi” 2- kurs magistranti Boltayev Muroddilo Shuxrat o’g’lining 2021-2022-o’quv yili uchun magistratura talabasining kalendar ish rejasi yuzasidan noyabr oyi uchun
HISOBOTI
Biz ushbu oyda kalendar rejaga muvofiq o’quv metodik, ilmiy tadqiqot, pedagogik amaliyot ish olib bormoqdamiz. Belgilangan fanlardan ma’ruzalar matni tayyorlanmoqda va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun uslubiy dars ishlanmalar, prezentatsiyalar, tarqatma materiallar testlar va savollar tayyorlanmoqda. Amaliy mashg’ulotlar, seminar mashg’ulotlar,olib borishga tayyorgarlik ko’rmoqdamiz. Kafedra tomonidan belgilangan guruhlar amaliy va qo’shimcha mashg’ulotlar olib borilmoqda. Professor o’qituvchilarning tajribalari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o’tish uslublarini o’rganmoqdamiz, o’rganilgan ma’lumotlar magistrlar guruhi hamda ilmiy rahbarlar bilan birgalikda tahlil qilinmoqda. Magistrlik dessertatsiyamiz mavzusidan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot mavzuyimizning dolzarbligini va ilmiy o’rganilganlik darajasini aniqlash bo’yicha ish olib bormoqdamiz. Tadqiqot mavzumizda qo’llanilgan turli xil metodlar o’rganib chiqib, ushbu metodlarni tahlil qilmoqdamiz. Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishi, kurs ishi hamda mustaqil ishlarni yozish qoidalari, yozilish tartiblari, baholash mezonlari bilan tanishib ularning bir-biridan farqli tomonlarini bilib oldik. O’quv huquqiy-me’yoriy hujjatlarda amalga oshirishda dissertatsiya mavzularimiz va tadqiqotlarimiz qo’l kelmoqda. Biz tadqiqot mavzumizni ustida ishlab tadqiqot mavzumizga mos bo’lgan metodlarni tanlab oldik. Har birimiz o’zimizning ishlab chiqqan va tahlil qilib olgan metodlarimizni ilmiy rahbarimiz bilan birgalikda tahlil qilish bilan bandmiz. Hozirda mavzumizdan kelib chiqqan holda ilmiy rahbarimiz yordamida maqolamizning mavzusini tanlab oldik. Ilmiy rahbarimiz maqolani yozish tartibi bilan bizni tanishtirib chiqdilar. Hamma magistrlar o’z zimmasiga yuklatilgan vazifani a’lo darajada bajarishga harakat qilmoqdamiz.
Magistrant: M.Boltayev
A.Qodiriy nomidagi JDPI “Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix) fakulteti Tarix o’qitish metodikasi kafedrasi 2- kurs magistranti Boltayev Muroddilo Shuxrat o’g’lining 2021-2022-o’quv yili uchun magistratura talabasining kalendar ish rejasi yuzasidan dekabr oyi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |