O`quv ustaxonasi” Fani



Download 16,09 Mb.
bet76/87
Sana31.12.2021
Hajmi16,09 Mb.
#243177
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
Bog'liq
O'quv ustaxonasi uslubiy qo'llanma

Asosiy malumotlar

Mazkur ipni qayta o‘rash avtomatida barcha turdagi tabiiy va kimyoviy tolalardan yigirilgan yakka va pishitilgan iplarni qayta o‘ray oladi. SHuningdek, avtomatda Siro deb nomlanuvchi ip, chirmoviqli ip, kanop ipi, rami iplari va krep iplarini o‘rashdan oldin bu iplarni qanday o‘ralishini aniqlash uchun iplarni namuna qismini o‘rab ko‘rish tavsiya etiladi, o‘rash jarayoni mo‘‘tadil kechsa katta hajmda o‘rashni amalga oshirish mumkin. Avtokoner jut, jun ipi, tukli va shakldor iplarni qayta o‘rashga mo‘ljallanmagan. CHiziqiy zichligi 667 teks (Nm 1,5) dan 3,5 teks (Nm290) gacha bo‘lgan iplar qayta o‘raladi. CHiziqiy zichligi 330 teks (Nm3) dan past va 5,9 teks (Nm120) dan yuqori iplarni qayta o‘rashdan oldin biroz uzunlikda sinov o‘rashini o‘tkazib, qayta o‘rash jarayoni normal kechgandagina katta hajmda qayta o‘rash tavsiya etiladi.

Avtokoner ipni qayta o‘rash mashinasi biryoqlama bo‘lib unda 60 o‘ringacha kalava o‘ralishi mumkin, u estetik jihatdan chiroyli, konstruktiv jihatidan biroz murakkab bo‘lib, uni boshqarish juda oddiy va oson, u kam joyni egallaydi, elektr quvvatini ham ko‘p sarflamaydi. Mashina texnologik chizmasining aksinometrik ko‘rinishi 1.2-rasmda keltirilgan.

Ma’lumki, kalavani shakllanishida ipni tarangligi muhim ahamiyatga ega ekanligidan ip tarangligi Autotense FX moslama 6 yordamida qayta nazorat etilib rostlanadi.





1-datchik

2-zaslonkali so‘ruvchi truba

3-elektromagnitli taranglikni rostlovchi mexanizm

4-splayser

5-elektronli ip tozalagich

6-Autotense FX ip tarangligini rostlovchi moslama

7-parafinlash moslamasi

8-ip so‘ruvchi soplo

9-ipni tutib oluvchi richag

10-o‘rash kallagini boshqarish sistemasi

11-Proposk FX

12-Varioposk FX

13-boshqaruvchi element

14-ip o‘ralishini nazorat qiluvchi moslama

15-o‘rovchi baraban

16-bobina tutgich




120- rasm. Autoconer 338 RM ipni qayta o‘rash mashinasining tuzilishi.

Ip taranglikni rostlagichdan parafin roligi 7 dan o‘tadi. Pastki ip ipni so‘rib turgich soplo 8 ga yo‘naladi. YUqorigi ipni nazorat etib turuvchi datchik xabariga ko‘ra ipni tutib oluvchi richag 9 yordamida har ikkala ipni uchlari havo yordamida titilib, ximarilib ulanadi, ipni uzganimizda ip ulangan eridan uzilmaydi, aksincha butun eridan uziladi.

Demak iplarni uchlarini ulash yuqori darajada sifatli bajarilar ekan. Ulangan ip o‘rash kallagiga (golovkasiga) uzatiladi, uni ishini korobkada joylashgan 10, 11 va 12 moslamalar boshqaradi. Proposk FX 11 va Varioposk FX 12 lar ip tarangligini rostlovchi moslamalar bo‘lib ular yuqori aniqlikda ishlaydilar. Ip tarngligining qiymati ip o‘ralishi sifati, kalava shakliga, ipni o‘ralishi samaradorligiga ta’sir etuvchi omil bo‘lib uni aniq boshqarilishi nazorat etilishi katta ahamiyatga egadir.

Schlafhorst firmasi ipni qayta o‘rashni eng muqobil sistemasi Autotense FX sistemasini yaratib, kalavani o‘ralishi sifatiga bo‘lgan talabni yangi standart bilan puxtaladi hamda bu sistemani iqtisodiy jihatdan foydali ekanligi isbotladi. 13 tartib nomerida ipni qayta o‘rashni boshqaruvchi element va uni indensiyasi joylashgan. O‘rovchi barabanda ip qavatlarini o‘ralishini nazorat etuvchi moslama 14-barabandan harakat olayotgan plastmassa.

Avtokoner 338 RM ipni qayta o‘rash avtomati buyurmachi talabi va sharoitiga ko‘ra turli kallaklar bilan jihozlanishi mumkin. Masalan, yigiruv mashinasida ishlangan naychadan ip qayta o‘ralishi kerak bo‘lsa D/V rusumli kallak bilan avtomatni jihozlash mumkin. (121. rasm «a»). Agar buyurtmachiga kalavadan ip qayta o‘ralishi kerak bo‘lsa, u xolda avtomat E tipidagi kallak bilan jihozlanadi (121. rasm «b»).

Buyurtmachini talabiga ko‘ra kimyoviy ip yoki chala o‘ralgan kalavadan qayta o‘ralishi lozim bo‘lsa avtomat «K» tipidagi kallak bilan ta’minlanadi (121. rasm «v»). SHuningdek kimyoviy iplarni qayta o‘rashda avtomat bir necha o‘rinli «RC» tipidagi kallak bilan jihozlanishi ham mumkin ( 121. rasm «g» ).



a) naycha



b) kalava



v) chala o‘ralgan kalava



g) kimyoviy



121- rasm. Turli xil tipdagi o‘rash kallaklarining umumiy ko‘rinishi.


Download 16,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish