16-rasm. DIRECTFEED tizimining sxemasi
1-bunkerning ustki seksiyasi;
2-havo oqimini integral taqsimlagichi;
3- tarash mashinasi bilan elektr tarmog‘i orqali ulangan ta’minlovchi valik
4- tolani ishonchli siquvchi ta’minlash moslamasi
5- tolali mahsulotga ohista ta’sir ko‘rsatuvchi tituvchi valik
6- Ventilyator o‘rnatilgan havo aylanadigan yopiq kontur.
7-o‘zini tozalovchi taroqli havo chiqish joyi.
Directefeed bunkerli ta’minlagichi yuklash, yuqori va quyi seksiyalardan iborat. Yuqori seksiyada mahsulot titib tozalanadi, quyi seksiyada esa bir tekis qatlam hosil qilinadi. Ushbu qatlam sensofeed tizimi orqali dastlabki tarash zonasi webfeed – qabul barabani uzeliga uzatiladi. Sensofeed tizimi takomillashgan qurilma bo‘lib, mahsulot ta’minlovchi silindr ustidan uzatiladi. Tola tutamlari bir tekis uzatilib uchta qabul barabanida ketma - ket taraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |