O‘quv-uslubiy


-mavzu: Islom ta’limoti. (2 soat)



Download 1,05 Mb.
bet25/74
Sana03.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#481379
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 18-18. 2018

6-mavzu:
Islom ta’limoti. (2 soat)
Reja:

  1. Kalom ilmi.

  2. Moturidiylik va ash’ariylik.

  3. Moturidiylik kalom maktabi vakillari.

  4. Islomda imon masalasi.

Kalom ilmi«Kalom» so‘zi arab tilida gap, suhbat, til, so‘zlaShuv, nutq va bayon ma’nolarini anglatadi. Istilohiy ma’noda esa, musulmon kiShining e’tiqodi, aqidasi va dunyoqaraShini belgilab beradigan ta’limotga aytiladi. BoShqacha aytganda, balog‘atga etgan kiShining e’tiqodi, imon keltiriShi, islom dinining talablari Shaklida tasdiqlaShi Shar’iy e’tiqodiy hukmlarga aytiladi. Islom ta’limoti bo‘yicha barcha payg‘ambarlarning Allohga imon keltiriShga da’vatlari eng asosiy vazifalari deb qaralgan. SHunday bo‘lsa-da, ularning tutgan Shariat yo‘llari turlicha bo‘lganini alohida ta’kidlaSh kerak.
Islom ta’limotini Muhammad (alayhis-salom)dan bevosita sahobiylar o‘rganib, o‘zlaridan keyingi tobeiylarga etkaziShgan. O‘z navbatida ular ham o‘zlaridan keyingilarga etkazgan. SHu tariqa islom ta’limoti sof holda hozirgi kungacha etib kelgan. Biroq tarix mobaynida odamlar mavjud diniy matnlarni turlicha talqin qiliShlari natijasida turli oqimlar va toifalar paydo bo‘lganini ko‘ramiz. Ayni din masalasida Yuzaga kelgan noto‘g‘ri tasavvur va tuShunchalar xato ekanini ko‘rsatib beradigan olimlar ham paydo bo‘lib, ular islom ta’limotini to‘g‘ri tuShuntirib beradigan fanga asos soldilar. Mazkur fanni turli davrlarda «al-fiqh al-akbar», «tavhid», «aqida», «kalom», «usul ad-din» kabi bir qancha nomlar bilan ataldi. SHundan ma’lum bo‘ladiki, nomlar turlicha bo‘lsa-da, ularning hammasi bir mavzuni, ya’ni aqida ilmini o‘rganiSh va tadqiq etishga qaratilgan.
«Al-Fiqh al-akbar» atamasini birinchi bo‘lib imom Abu Hanifa qo‘llab, ayni Shu mavzuga bag‘iShlab bir risola yozadi. CHunonchi, «fiqh» so‘zi biror narsani har tomonlama o‘rganib, uning daqiq qirralarigacha fahmlab etish ma’nosini bildiradi. SHuningdek, namoz, ro‘za, haj, nikoh va boShqa amaliy hukmlarni o‘rganuvchi ilmni ham fiqh deb ataladi. SHuning uchun aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi ilmni «Al-Fiqh al-akbar», ya’ni «katta fiqh», amaliy fiqh ni esa kichik fiqh deb Yuritiladigan bo‘lgan. YAna bir «usul ad-din»da Shariat va dindan olingan e’tiqodiy hukmlarni o‘rganilib, dindagi asl hukmlarni tadqiq etiladi. Bir qator olimlar Shu nom ostida o‘z kitoblarni ta’lif etganlar. «Tavhid» ilmida Allohning yagonaligini va Uning sifatlarini o‘rganiShga e’tibor beriladi. Bu ilm asosida Alloh taoloni yakkaYu yagona deb bilib, Uning sifatlarini Sharhlab tuShuntiriShga ko‘proq ahamiyat beriladi. Zero, musulmon kiShi aqida borasida o‘ziga zarur bo‘lgan dastlabki bilimga ega bo‘liShi kerak. Bu dastlabki ilm Alloh taoloning vahdoniyati, ya’ni yakkayu yagonaligiga imon keltiriSh va uni o‘rganiShdan iborat. YAna bu atama «kalom ilmi» deb Yuritiladi. Islom diniga oid manbalarda uni aqida ilmining eng maShhur nomlaridan biri sifatida keltiriladi.
Islom ta’limotini o‘rganiShda eng ko‘p qo‘llangan atama «aqida» (ko‘p. aqoid) bo‘lib, bu nom boShqalaridan keyinroq, X asrda paydo bo‘lgan. «Aqida» so‘zi bir narsani ikkinchisiga «mahkam bog‘laSh» ma’nosini beradi. Islom aqidasi musulmon kiShini muayyan tuShunchalar bilan mustahkam bog‘lab turadigan aqidalar yig‘indisi hisoblanadi. YA’ni, biror narsaga e’tiqod qiliSh uchun uni hech qanday Shubha qoldirmaydigan darajada juda yaxShi biliSh kerak. Muayyan bir fikrni inson fikriga aylanib, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini boShqaradigan holga etgandagina aqidaga aylangan, deb tan olinadi. Aqida ilmi to‘g‘ri, sog‘lom va sof e’tiqodda bo‘liShni ta’minlaShga qaratilgan. Dindagi ayrim Shar’iy hukmlar makon va zamon taqozosiga ko‘ra, muayyan darajada o‘zgariShga uchraShi mumkin. Ammo musulmon olimlar o‘z asarlarida sof va mustahkam e’tiqod hech qachon o‘zgariShga uchramasligini ta’kidlab o‘tganlar. CHunonchi, Alloh taoloning yakkaYu yagonaligi, fariShtalar, jannat va do‘zaxga imon keltiriSh kabi e’tiqodga oid qaraShlar zamon va makonga qarab hech qachon o‘zgarmaydi. Inson aqidasi to‘g‘ri bo‘lmasa uning insoniy fazilatlari ham to‘g‘ri hisoblanmaydi. SHu nuqtai nazardan aytiSh kerakki, musulmon kiShining tutgan aqidasi pok bo‘lsa, uning tutgan yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari ijobat bo‘ladi va bandalik tufayli sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Biroq kiShining aqidasi sof bo‘lmasa, unda biron xatolik bo‘lsa, tutgan yo‘li ham noto‘g‘ri bo‘ladi, hayot davomida qilgan amallari behuda ketadi. Aqida ilmi islom dinining asosini tashkil etadi. Shu bois ham So‘fi Allohyor:

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish