14-MARUZA SHAHARSOZLIK XUJJATLARINI ISHLAB CHIQISH VA KELISHISH.
Tegishli lisenziyasi bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar shaxarsozlik xujjatlarini ishlab chiquvchilar bo’lishi mumkin.
Shaxarsozlik xujjatlarini ishlab chiquvchi:
ishlab chiqiladigan shaxarsozlik xujjatlarining tarkibi va xajmini qonun xujjatlariga muvofiq belgilash;
shaxarsozlik xujjatlarini ishlab chiqishga doir tanlovlarda ishtirok etish;
shaxarsozlik xujjatlari amalga oshirilishi bo’yicha mualliflik nazoratini olib borish;
qurilish, montaj va maxsus ishlar tasdiqlangan loyixa-smeta xujjatlari va normativ talablardan fuqarolar hayoti va sog’lig’iga taxdid soladigan, madaniy meros obyektlari shikastlanishi va yo’q qilinishi xavfini tug’diradigan, shuningdek jamiyat, daalat, yuridik aa jismoniy shaxslarning manfaatlariga zarar keltiradigan tarzdagi chetga chiqishlar bilan bajarilganda qurilish, montaj va maxsus ishlarni to’xtatib qo’yish yoki tugatish haqida takliflar kiritish;
zarurat bo’lgan taqdirda shaharsozlik xujjatlariga belgilangan tartibda o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish;
qonun xujjatlariga muvofiq boshqa xarakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
O’zR 30.04.2004 y. 621-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism quyidagi uchinchi va to’rtinchi qismlar bilan almashtirilgan, Oldingi taxririga qarang
Shaxarsozlik xujjatlarini ishlab chiquvchilar:
qonun xujjatlariga muvofiq shaxarsozlik xujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlashlari;
o’zlari ishlab chiqqan shaxarsozlik xujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishib olishlari shart. (O’zR 30.04.2004 y. 621-II-son Qonuni taxriridagi qism), (Oldingi taxririga qarang)
Shaxarsozlik xujjatlarini ishlab chiquvchilar zimmasida qonun xujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar xam bo’lishi mumkin. (O’zR 30.04.2004 y. 621-II-son Qonuni taxriridagi qism), (Oldingi taxririga qarang)
15-MARUZA XUDUDLARNI ZONALASHTIRILISH.
Xududlarning zonalashtirilishi yashash va faoliyat ko’rsatish uchun qulay muxitni ta’minlashga, xududlarni tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muxofaza qilishga, axoli va ishlab chiqarish xaddan tashqari zich joylashishi, atrof muxit ifloslanishi oldini olishga, aloxida muxofaza etiladigan tabiiy xududlarni, shu jumladan tabiiy landshaftlarni, shuningdek madaniy meros obyektlarini, qishloq xo’jaligi yerlari va o’rmonzorlarni muxofaza qilishga va ulardan foydalanishga qaratilgandir.
Quyidagi zonalarda xududlardan shaxarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar belgilanadi:
madaniy meros obyektlarining muxofaza zonalari, qo’riqxona zonalarida;
aloxida muxofaza etiladigan tabiiy xududlar zonalarida; sanitariya zonalarida;
muxofaza zonalarida;
sanitariya-muxofaza zonalarida;
suvni muxofaza qilish va soxil bo’yi mintaqasi zonalarida;
suv ta’minoti manbalarini sanitariya yo’li bilan muxofazalash zonalarida;
foydali qazilmalar joylashgan zonalarda;
tabiiy va texnogen xususiyatdagi vaziyatlarning ta’siriga uchragan zonalarda;
favqulodda ekologik xolatlar va ekologik ofat zonalarida; tabiiy-iqlim sharoiti ekstremal zonalarda.
Xududlardan shaxarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda qonun xujjatlariga muvofiq cheklashlar boshqa zonalarda xam belgilanishi mumkin.
Xududlarning funksional maqsadi va ulardan foydalanish jadalligi xududlardan foydalanishdagi cheklashlar xisobga olingan xolda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |