Sinishning alomatlari:
Mahalliy belgilar – og’riq, suyak bo’laklarining siljishi hisobiga shu sohada deformatsiya kuzatiladi. Sog’lom tomon bilan zararlangan soha solishtirilganda, bu belgi aniq ko’rinadi. Zararlangan soha funktsiyasini buzilishi singan sohada harakat, ya’ni patologik harakatni paydo bo’lishi kuzatiladi. Singan sohani sog’lom sohaga nisbatan kaltalanishi, singan soha paypaslab ko’rilganda, shu sohada g’irchillash(krepitatsiya) eshitiladi.
Umumiy belgilar – kuchli og’riq hisobiga shok belgilari rivojlanishi mumkin, jarohatlangan to’qimada hosil bo’lgan zaharli moddalar qonga so’rilib, buyrak funktsiyasining buzilishi, tana haroratining ko’tarilishi kuzatiladi. Rentgenologik belgilariga ko’ra tashhis qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |