Mehnat faoliyatiga ob-havo muhitining ta’siri.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari (texnosfera) havo muhiti quyidagi ko’rsatkichlar orqali belgilanadi:
havo harorati, °C; (18-220S)
havoning nisbiy namligi, %; (50-60%)
havo bosimi, mm. simob ust. yoki Pa; (50-60 mm.sim. ust)
Bulardan tashqari metereologik sharoitga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish omillari ham mavjud bo’lib, ulardan ishlab chiqarish korxonalaridagi har xil qurilma-uskunalar va ishlov berilayotgan materiallar, moddalar yuzasidan tarqaladigan issiqlik nurlari havo haroratining oshishiga olib keladi. Aynan mana shu omillar ish joylaridagi mikroiqlimni tashkil etadi.
Mikroiqlim omillari insonning mehnat faoliyatiga, sog’lig’iga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Chunki, mikroiqlim omillarining bir vaqtda hammasi deyarli ta’sir qiladi. Masalan, sovuq sharoitda isituvchi omillar hamda shu bilan birga texnologik jarayonlardan ajralib chiqadigan bug’ va parlar hisobiga nisbiy namlik ortib ketganida, uni normallashtiruvchi omil bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda bu omillarning bir-biriga qo’shilib ketishi natijasida zararli ta’sirlar ortib ketishi mumkin.
Masalan, nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi inson uchun og’ir sharoitni vujudga keltiradi. Bundan tashqari ish joylaridagi havo harakatining oshishi harorat yuqori bo’lgan vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past bo’lgan vaqtda esa salbiy natijaga olib keladi.
Organizmning issiqlik boshqarilishi fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36-37,6 0C) saqlab turish demakdir. Tana haroratining ko’rsatilgan darajadan ortib ketishini «issiqlash», sovushini esa
«sovish» deb ataladi. Issiqlash va sovush mehnat faoliyatini buzuvchi halokatli holatni vujudga keltirishi mumkin.
Shu sababdan ham inson organizmining tashqi muhit bilan moslashuvi (fiziologik mexanizmi) markaziy nerv sistemasining nazorati ostida bo’ladi.
Bunday fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda
modda almashuvi natijasida issiqlikning ortiqchasini tashqariga chiqarib, issiqlik balansini ushlab turadi.
Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi 3 yo’l bilan o’tishi mumkin:
odam tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya) havo almashinuvi;
tanani o’rab turgan havo muhitini isitish (konvektsiya);
-terining terlab, bug’lanishi va nafas olish yo’llari orqali suyuqliklarning bug’lanishi natijasida.
Terning bug’lanishi havoning harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimning materialiga bog’liq.
Agar issiqlik yo’qotilishi faqat terlash orqali amalga oshirilayotgan
sharoitda havoning nisbiy namligi 75-80% dan ortiq bo’lsa, terning bug’lanishi qiyinlashadi va organizmning tashqi muhitga moslashuvi buzilib, organizmda issiqlik ko’tariladi.
Kuchsiz issiqlik ko’tarilishi tana haroratining engil ko’tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, sovuq qotish, nafas olish va qon tomirlar urushining tezlashishi bilan xarakterlanadi.
Agar kuchli issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi, qattiq bosh og’rig’i kuzatiladi, bosh aylanadi, nutq qiyinlashadi. Inson tanasida issiqlik ko’tarilishi uning terlashi orqali ko’p miqdorda kerakli tuzlarning kamayishiga olib keladi. Bu holatda teri hujayralaridagi tuz miqdorining kamayishi, terining namlikni (suvini) ushlab turish xususiyatining susayishiga olib keladi. Bunda inson organizmi tinmay ichilayotgan suvni chiqarib yuborib, kuchli chanqoqlikni keltirib chiqaradi. Bu esa organizmning suv bilan zaharlanishiga olib keladi. Bunday holatlarda organizm paylarida qaltirashlar paydo bo’lishi, qonning quyuqlashishi va kuchli terlash hamda tana haroratining 40-41 °C ga ko’tarilishi kuzatiladi.
Qaltirash kasalligi va tana harorati ko’tarilishining oldi olinmasa, o’lim bilan yakunlanishi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinayotgan gigienik shart-sharoitlar yuqoridagi qaltirash va issiqlik urish kasalliklarining oldini oladi.
Inson organizmiga past haroratli ta’sirlar ham uning fiziologik jarayonlarining buzilishiga, ish qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi .
Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayadi, uzoq vaqt ta’sir qilishi natijasida qon-tomirlari faoliyati buzilib, organizmning sovuq qotishi seziladi. Asab tizimlarining sovuq qotishi natijasida suyak, qo’l, oyoq va bel bo’g’imlarida kuchli og’riq, o’pkaga suv yig’ilishi (plevrit), bronxit va boshqa shamollash bilan bog’liq kasalliklar yuzaga keladi.
Inson organizmiga sovuqning ta’siri, ayniqsa, havo harakati kuchli bo’lib, havoning nisbiy namligi yuqori bo’lgan vaqtda kuchli bo’ladi. Chunki, sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |