O’quv-uslubiy majmuaning tarkibi


Is gazi bilan zaharlanish



Download 4,93 Mb.
bet155/282
Sana31.12.2021
Hajmi4,93 Mb.
#235378
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   282
Bog'liq
2 5208896367623146779

Is gazi bilan zaharlanish.


Odam organizmiga is gazi nafas yo’llari orqali kiradi. Zaharlanishning klinik ko’rinishi is gazining havodagi kontsentratsiyasiga, ta’sir qilish ekspozitsiyasiga va jismoniy zo’riqishning intensivligiga bog’liq. Zaharlanishning 3 darajasini farqlash mumkin.

Engil zaharlanishda boshlang’ich belgilar kuchli bosh og’rig’i, chakka arteriyalarining pulsatsiyasidir. Zararlangan hududdan chiqqanda bu belgilar yo’qolishi mumkin. Aks holda yuqoridagi belgilarga qo’shimcha aritmiya, puls va nafasning tezlashishi, hansirash, bezovtalik, qo’rquv hissi, teri va shilliq pardalari och qizil rangga kiradi, muskullarning bo’shashishi, ko’ngil aynashi, harakat koordinatsiyasining buzilishi, eshitishning kamayishi, bosh aylanishi kuzatiladi.

Agar is gazining ta’siri kamaymasa, o’rtacha og’irlikdagi zaharlanish rivojlanadi. Bu darajadagi zaharlanishlar uchun hushning yo’qolishi, qorachiqlarning kengayishi, klonik va tonik tutqanoqlar xos. Tana harorati 38-400 gacha ko’tariladi, ba’zi hollarda siydikning va axlatning beixtiyor kelishi kuzatiladi. Agar zararlanganni o’choqdan olib chiqilsa, tutqanoqlar kamayadi, nafas va qon aylanishi tiklanadi. Hushi sekin-asta o’ziga keladi, ba’zi hollarda ruhiy o’zgarishlar saqlanib qoladi.

Agar zararlanganga o’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa, og’ir zaharlanish yuz beradi. Bu darajadagi zaharlanishni uzoq vaqtli hushni yo’qolishi xarakterlaydi. Tutqanoqlar sekin-asta kamayadi, mushaklar bo’shashadi, nafas sekinlashadi, to’xtaydi. 50% hollarda o’lim nafas markazining falaji oqibatida yuz beradi.



Birinchi tibbiy yordam is gazini organizmga kiritilishini to’xtatishdan iborat. Buning uchun zaralanganni toza havoga olib chiqiladi. Uning burni oldiga nashatir spirti bilan xo’llangan paxta bo’lagi keltiriladi, ko’krak qafasining oldingi yuzasi

ishqalanadi, oyoqlarga grelka qo’yiladi, ko’krakka va orqaga xantalma qo’yiladi, issiq choy yoki kofe ichishga beriladi. Nafas to’xtaganda o’pkalarning sun’iy ventilyatsiyasi o’tkaziladi, kislorod beriladi, nafas stimulyatsiyasi uchun lobelin yoki tsititon qilinadi. Nafas markazining faoliyatini yaxshilash maqsadida kordiamin yoki kofein, tutqanoq mahalida xloralgidrat(davolovchi klizma bilan), fenobarbital tavsiya qilinadi. Asosiy davolash chorasi oksigenoterapiyadir.




Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish