Ruhiy-kimyoviy zaharli moddalardan zaharlanish.
Ruhiy-kimyoviy zaharli moddalar–o’simlik yoki sintetik psixotrop vositalar bo’lib, odamda ruhiy o’zgarishlarni chaqiradi. Kimiyaviy o’choqda harbiy maqsadlarda meskalin, psilotsibin, psilotsin, BZ, DLK-25 kabi moddalar ishlatiladi. Hamma psixogen moddalar organizmga ingalyatsion, enteral yo’llar bilan kiritiladi.
Klinik belgilari. Psixoximiyaviy moddalar bilan zararlanganda og’iz bo’shlig’ida quruqlik, nutqning buzilishi, terining qurishi, qo’llarning titrashi,
puls chastotasining tezlashishi, qorachiqlarning kengayishi, tana haroratining ko’tarilishi, qayd qilishi kuzatiladi. Engil darajali zaharlanishda fikrlash sekinlashadi, diqqat susayadi, xotira pasayadi.
Keyinchalik zaharlanish belgilari rivojlanib, karaxtlik holati paydo bo’ladi
– bemor kuchsiz ta’sirotlarga javob qaytarmaydi, nutq noaniq, fikrlashning sekinlashishi, harakat koordinatsiyasining buzilishi, vaqtda va bo’shliqda orinetir qilish buziladi, qo’rquv va xavotir hissi paydo bo’ladi. Karaxtlik holati gallyutsinatsiyalar, deliriy va komaga o’tish bilan tugallanadi.
Bemorga tibbiy yordam ko’rsatganda zaharlanish belgilari teskari yo’nalishda qaytadi: koma holati deliriyga o’tadi, deliriy karaxtlikka o’tadi, karaxtlik hushning tiklanishi bilan tugallanadi.
Zaharlanish miqdoriga qarab, psixotik holat bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Psixoz tugallangach, bir necha haftagacha og’ir astenik holat rivojlanadi. Birinchi tibbiy yordam.Organizmga ZM ning kirishini protivogaz kiyish yo’li bilan to’xtatiladi. Zararlanganlarni shikastlanish o’chog’idan olib chiqiladi. Maxsus antidotlardan rezerpin, barbituratlar, meksamin, glutamin kislota, galantamin yoki fizostigmin tavsiya qilinadi.31
Zaharli moddalarning zaharlilik darajasi yoki zaharlovchi ta’sir kuchi- zaharlilik deyiladi. Zaharlilik zaharli modda tarqalgan territoriya va undagi binolar, suv manbalari, odamlar, hayvonlar - ximiyaviy zaharlanish o’chog’i deyiladi. Uning xarakteri va katta- kichikligi zaharli moddaning turiga, qo’llanish usuliga va meterologik sharoitlarga bog’liq. Zaharlovchi moddalar organizmga nafas yo’li, teri qoplamlari, yaralar, ko’zning shilliqqavati va me’da ichak yo’llari orqali kiradi. Ingalyatsion zaharlanishda zaharlilik zaharli moddaning havodagi kontsentratsiyasi bilan teri, yara va oshqozon orqali zararlangandagi zaharliligi organizmga kirgan dozasi bilan aniqlanadi. Respublikamiz hududida ko’plab kimyo sanoati rivojlangan shaharlar hamda ishlab chiqarish(oziq - ovqat, sut mahsulotlari) jarayonida ishlatish uchun ammiak va xlor (suv tozalash tizimi, uy- joy kommunal xo’jaliklari) saqlanadigan sanoat korxonalari keng tarqalgan va ular kimyoviy xavfli ob’ektlar hisoblanadi. Kimyoviy xavfli ob’ektlarda avariya sodir bo’lganda shu ob’ekt atrofida yashovchi aholiga birinchi navbatda shu ob’ektning lokal xabar berish tizimi yordamida xabar beriladi. Avariya sodir bo’lganda elektrosirenalar, ishlab chiqarish korxonalarining gudoklari va boshqa signal berish manbalari ishlatiladi. Bu «DIQQAT HAMMAGA» signalidir. Kimyoviy xavfli ob’ektlarda sodir bo’lgan avariyalar natijasida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish yo’llari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |