O’quv-uslubiy majmuaning tarkibi


Odam organizmining turli sharoitlarga moslashuvining umumiy qonuniyatlari



Download 4,93 Mb.
bet15/282
Sana31.12.2021
Hajmi4,93 Mb.
#235378
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   282
Bog'liq
2 5208896367623146779

Odam organizmining turli sharoitlarga moslashuvining umumiy qonuniyatlari.


Inson hayoti jarayonida uni o’rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo’ladi, shuningdek, har doim uni o’rab turgan muhitga bog’liq bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolaveradi. Chunki inson o’zini o’rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.

Tashqi muhit omillari inson organizmiga sezgi organlari orqali ta’sir etib, markaziy nerv sistemasida bu ta’sirlar analiz-sintez qilinadi. So’ngra ta’sir to’qima va organlarga berilib, ulardagi fiziologik jarayonlar muayyan sharoitga moslashadi. Yuksak darajada rivojlangan mavjudotlar organizmida tashqi muhitning noqulay ta’siriga qarshi to’qima va organlarning fiziologik doimiy bo’lishi uchun moslanishlar yuzaga kelgan. Bunday ko’rsatkichlarga tana harorati, puls, qon bosim, osmotik bosim, qonda qand miqdorining doimiyligi kabilar kiradi. Bu doimiylik nisbiy hisoblanadi, chunki tashqi muhitning noqulay ta’siri ostida ichki muhit doimiyligi o’zgarib turadi, lekin nerv-gumoral sistemasining boshqaruvchanlik vazifasi orqali bu doimiylik yana tiklanadi. Tashqi muhitning iqlim sharoitidan tashqari, odam organizmiga havo, suv, tuproq hamda oziq mahsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddalar ham ta’sir ko’rsatadi. Yashash muhiti kamroq o’zgarganda organizm o’z funktsiyalarini qayta quradi, yangi sharoitga moslashadi. Masalan, havo harorati ko’tarilganda nafas olish, yurak ishi kuchayadi, ter ko’p ajralib chiqadi. (tana haroratining nisbiy doimiyligi saqlanadi.) Odam yashaydigan havo haroratining o’zgarishi 120 darajagacha etadi (Q50 dan – 70 darajagacha).

Odam tug’ilganidan boshlab, o’zi uchun umuman yangi sharoitlarga duch keladi va o’zining hamma a’zo va sistemalarini shu sharoitlarga moslashtirishga majbur bo’ladi. Keyinchalik, individual taraqqiyot davomida odam organizmiga ta’sir etuvchi omillar doimiy ravishda o’zgarib turadi. Bu esa doimiy funktsional o’zgarishlarni talab qiladi. Adaptatsiya yoki moslashuvchanlik-bu inson organizmining tug’ma va orttirilgan moslashuvchanlik faoliyatidir. Bu faoliyat hujayra, a’zo, sistema va organizm darajasida yuz beradigan aniq fiziologik reaktsiyalar tomonidan ta’minlab beriladi. Adaptatsiyaning mohiyati-tashqi muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashish uchun organizmning funktsiyalarini qayta tashkil etib, uning yashashi va rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Adaptatsiya mexanizmlarini 1- bo’lib, Kanadalik olim Gans Sele asoslab berdi. Uning fikriga ko’ra, organizmda sodir bo’ladigan adaptatsiya mexanizmlari gumoral tabiatga ega bo’lib, buyrak usti bezlari adrenalin va noradrenalinning faoliyati

ta’sirida shakllanadi. Organizmning moslashuv imkoniyatlarini takomillashtirishda markaziy asab tizimi faoliyati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Adaptatsiyaning himoya moslashuvchanlik, ruhiy, ijtimoiy va fiziologik turlari farqlanadi.




Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish