Visual DSP++ muhiti. Analog Devices protsessorlari uchun ishlab chiqish va sozlash dasturiy vositalari, xuddi protsessorlar kabi, uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan. O‘n besh yillar oldin ular DOS buyruq satridan bajarilishi kerak bo‘lgan fayllarni yaratish uchun ketma-ket chaqiriladigan alohida uzilishlar va simulyator va emulyator bilan ishlash uchun matnli interfeys bilan ishlovchi ikkita dastur to‘plamidan iborat edi. 90-yillar so‘nggida ularning o‘rniga OC WINDOWS uchun Visual DSP deb ataluvchi grafik interfeysli ishlab chiqish muhiti keldi. Joriy asrning boshida uning nomi Visual DSP++ deb o‘zgartirildi. Dastlab ushbu paket ikkita
variantda: 16 bitli va 32 bitli protsessorlar uchun ishlab chiqarilar edi. 4. 0 197
versiyadan boshlab ADSP 21XX oilasining 16 bitli protsessorlarini qo‘llab-
quvvatlash to‘xtatildi,Blacktin16 bitli protsessorlariva SHARC va TIGER SHARC 32 bitli protsessorlar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish vositalari esa yagona dasturiy mahsulotga integratsiya qilindi [13].
Bugun Visual DSP++ ishlab chiqish va sozlash integrallashtirilgan muhiti bo‘lib, Analog Devices protsessorlari uchun dasturiy ta’minotni yaratishning asosiy vositasi hisoblanadi va loyihalashtirishning quyidagi bosqichlarida zarur bo‘ladigan barcha komponentlarni o‘z ichiga oladi:
− foydalanuvchining grafik interfeysi;
− bajariluvchi fayllar, yuklangan obrazlar va yordamchi fayllar: assembler, protsessor, kompilyator C/C++, komponovkachi, yuklanadigan obrazlarni yaratish dasturi, arxivator uchun zarur utilitlar;
− protsessorlar modellari bilan simulyator;
− emulyatorlar va sozlashli platalar bilan o‘zaro ishlash uchun dasturiy komponentalar (drayverlar);
− VDK (Visual DSP++ Kernel) real vaqt operatsion tizimning yadrosi; − dasturlar namunalari.
Protsessor turi va sozlash vositasidan (EZ KIT/DBGAGENT platasida simulyator, emulyator yoki sozlash agenti) qat’iy nazar Visual DSP++ muhitida loyihalar yaratish va ularni boshqarishning yagona metodologiyasidan foydalaniladi. Loyiha ustida ishlash jarayoni yagona grafik interfeys doirasida amalga oshiriladi. Visual DSP++ tarkibiga kiruvchi Project Wizard utilitasi bajariladigan fayl komponovkasi yoki yuklanadigan obraz generatsiyalashish uchun zarur bo‘lgan yangi loyihalarni yaratish, uning parametrlarini sozlash va fayllarini shakllantirishni soddalashtiradi. C/C++ samarali kompilyatorlari, shuningdek ko‘p sonli standart va ixtisoslashtirilgan bibliotekalar yuqori darajali dasturlash tillaridan foydalanib ilovalarni yaratish imkonini beradi, bunda assembler kodning faqat eng muhim qismlarida qo‘llaniladi, ko‘p vazifalikni qo‘llab-quvvatlash talab qilinadigan murakkab ilovalar ustida ishlashda foydalanuvchi xohishiga ko‘ra, operatsion tizim
198
yadrosi loyihasiga apparat realizatsiyasi detallardan abstraklashish imkonini
beruvchi VDK (OS) ni qo‘shish va signallarni boshqarish va ularni ishlash algoritmlariga diqqatni jamlash mumkin.
Visual DSP++ tarkibida Blackfin oilasi protsessorlari uchun ichki va tashqi periferiya modullarining ko‘p sonli drayverlari yetkazib berilib, ular VDK bilan birgalikda, shuningdek, avtonom rejimda qo‘llanilishi mumkin. Dasturiy ta’minotni sozlash jarayonini maksimal soddalashtirish uchun Visual DSP++ da stek, lokal o‘zgaruvchilar va ifodalar, registrlar va xotira tarkibini aks ettirish uchun ko‘plab oynalar, shuningdek, dasturda tor joylarni topish imkonini beruvchi chiziqli va statistik profillash vositalari va qator qiziqarli imkoniyatlar mavjud. Ushbu instrumentda Background Telemetry Channel sozlash texnologiyasi joriy qilingan bo‘lib, u dasturning bajarilish jarayonini kuzatish va muhit va dastur o‘rtasida ma’lumot almashlashni protsessorni to‘xtatmay amalga oshirish imkonini beradi. Sozlash muvaffaqiyatli yakunlanganda fayl yuklanadigan obrazga o‘zgarish va bu obrazni o‘z navbatida, platadagi xotira mikrosxemasiga emulyator (yoki EZ KIT/EZ BOARD platasi bilan ishlanganda sozlovchi agent) va Visual DSP++ ga integrallashtirilganda Flash Programmer ilovasi yordamida yozish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |