1-MA’RUZA. SIGNALLAR, ULARNING TURLARI, PARAMETRLARI VA XOSSALARI
1.1. Signallarni qayta ishlash tizimlarining tarkibi va tuzilishi Signallarga raqamli ishlov berish (SRIB) telekommunikatsiya, raqamli
televideniya, ovoz yozish, biometrika, mobil aloqa va video tizimlar kabi texnologiyalar sohasiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatib bormoqda. Bu aloqa muhandisligi, hisoblash texnologiyalari va elektronika bo‘yicha barcha kurslarda asosiy yo‘nalish hisoblanadi [1, 2, 3].
Signal – bu foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, yozib olinadigan yoki qayta ishlanadigan (o‘lchov, shaklni o‘zgartirish, parametrlarni hisoblash, namoyish etish, tashuvchi vositalariga yozish) raqamli qiymatlaridir.
Haqiqiy signallarga misollar [1, 5]:
– ovoz, nutq va musiqa signallari (mikrofon, telefon);
– datchiklardan qabul qilingan bio signallar (ensefalogrammalar, kardiogrammalar, impuls va bosim signallari, ultratovush signallari);
– texnologik jarayonlarning sensorlaridan qabul qilingan signallar (harorat, oqim tezligi, bosim, kuchlanish, daraja, tezlik);
– radiotexnik nazorat va kuzatuv tizimlarining signallari (aviatsiya radarlari, gidroakustika, havo hujumidan mudofa tizimlari).
Biz tabiatda uchraydigan signallarning aksariyati analog shaklga ega. Analog signallarvaqtning uzluksiz funksiyasiniifodalaydi. Analogsignalgamisol tariqasida tovushbo‘lishimumkin. Bizningsezgiorganlarimizsignallarninganalogshakllariga aniq sezgir hisoblanadi: quloqlar tovushga, ko‘zlar nurga, terimiz haroratga, burun hidni sezish uchun. Bizning sezgi organlarimiz fizik signallarni (tovush, yorug‘lik, harorat, hidlar) o‘lchaydi va o‘zgartiradi, shuningdek ularni miyaga qayta ishlash va qaror qabul qilish uchun yuboradi. Signallar dinamik jarayonlarning o‘z vaqtida ishlash modeli hisoblanadi, shuning uchun bunday signallarni qayta ishlash jarayonlarning o‘zi signallar orqali o‘rganish imkonini beradi. Atrofimizdagi dunyo
18
analog (vaqt, masofa, harorat) hisoblanadi, ammo mutaxasislar signallarga aniqroq
ishlov berish uchun analog-fizik parametrlarni o‘lchash va ularni raqamli shaklga aylantirishni o‘rgandilar.
Analog signallarga raqamli ishlov berish va saqlash qiyinroq bo‘lib, ularga raqamli texnologiyalarni qo‘llash mumkin emas. Signallarning raqamli shakli, ya’ni ikkilik ko‘rinishi raqamli ishlov berish uchun qulay hisoblanadi. Bunday holda nafaqat signallarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ularni kompyuterlarda saqlash va qayta ishlash mumkin.
Signallarga raqamli ishlov berishning asosiy vazifalari:
-signal parametrlari - amplituda, faza, chastota, spektrni o‘lchash orqali obyekt haqida ma’lumot olish;
-shovqinli muhitda foydali signal komponentlarini ajratib olish; -signallarni siqish;
-noma’lum signallarni tahlil qilish va belgilangan parametrlarga ega signallarni sintez qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |