O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan



Download 6,48 Mb.
bet16/379
Sana06.01.2022
Hajmi6,48 Mb.
#324048
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   379
Bog'liq
2020-2021 FALSAFA MAJMUA

IV.Bilish- voqelikning in’ikosi, Insonning dunyoni va o’zini amaliy va nazariy o’zlashtirishidir. Bilish va u bilan bog’liq yuzlab va miglab masalalar hamisha odamzod oldida turgan.

«Gnoseologiya» (yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot). SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham qo’llaniladi, «episteme» so’zi «pistis» - e’tiqod so’zi bilan uzviy bog’liq.

Bilish dunyoni ma’naviy o’zlashtirilishidir. Bilish odamning dunyoga ijtimoiy-bilvosita tarixiy rivojlanishdagi munosabatidir. Bilish moddiy olamning inson ongida in’ikos etish jarayonidir.

Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o’rganadi.

Subyekt – bu bilish faolligining manbai. Subyekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to’g’ri emas. Subyekt – bu, albatta, avvalo bilish qobiliyatiga ega bo’lgan individ.

Obyekt – bu subyektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob ham (o’rganilayotgan va ta’mirlanayotganida), boshqa individ ham, individ bilan bog’liq narsa va hodisalar ham obyekt bo’lishi mumkin. «Obyekt» tushunchasini obyektiv borliq bilan aralashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning hujayralaridagi xromosomalar ular tsitologiya va genetikada o’rganish «obyekti»ga aylanishidan oldi ham obyektiv mavjud bo’lgan, biroq kashf etilganidan keyingina o’rganish «obyektlari»ga aylangan.

Bilish faoliyatida subyekt obyektsiz, obyekt esa – subyektsiz mavjud bo’lmaydi. Bilish predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o’rin olgan muayyan jihatlar.

Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir.



Sezgi va idrok. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o’ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Har qanday predmet juda ko’p har xil jihatlar va xossalarga egadir. Masalan, qand bo’lagini olaylik: u qattiq, oq, shirin, ma’lum shakl, hajm va vaznga ega. Bu xossalarning barchasi bir predmetda mujassamlashgan. Biz bu xossalarni alohida-alohida emas, balki yaxlit holda - qand bo’lagi sifatida idrok etamiz va tushunamiz.

Sezgi – obyektiv dunyoning subyektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni birlamchi va ikqilamchiga mexaniq tarzda ajratishga qarshi yo’nalgan.

Garchi sezish va idrok etish insonning barcha bilimlari manbai sanalsa-da, hissiy bilish ular bilangina kifoyalanmaydi. U yoki bu predmet insonning sezgi a’zolariga ma’lum vaqt mobaynida ta’sir ko’rsatadi. So’ngra bu ta’sir barham topadi. Biroq predmetning obrazi izsiz yo’qolmaydi. U xotirada gavdalanadi va saqlanib qoladi.



Xotira o’tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o’tishini ta’minlaydi.Tashqi ta’sirlarning idrok etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg’onadi.

Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo’yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.

Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in.

Xayol insonning muhim xossasi. Xayol tafakkur oqimida etishmayotgan ko’rgazmalilik o’rnini to’ldiradi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog’laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar darajasiga ko’taradi.


Download 6,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish