O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan



Download 6,3 Mb.
bet30/244
Sana23.06.2022
Hajmi6,3 Mb.
#697086
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   244
Bog'liq
2 5215596452180399442

Jamiyatning siyosiy tashkiloti davlatlar, xalqlar, ijtimoiy qatlamlar o’rtasidagi siyosiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi va jamiyat rivojiga amaliy rahbarlik qiluvchi davlat, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy muassasa va tashqilotlardir. Bu muassasa va tashqilotlar harakteriga ko’ra, ikkiga bo’linadi:
a) siyosiy (davlat, siyosiy partiyalar);
b) ijtimoiy (kasaba uyushmalari, diniy tashqilotlar, turli
uyushma va ittifoqlar) tashqilotlar.
Davlat - jamiyatning asosiy siyosiy tashqiloti bo’lib, jamiyat hayotini boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, uning iqtisodiy va ijtimoiy tarkibini qo’riqlashni amalga oshiradi. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir.
Belgilari:
a) fuqarolarning hududlarga bo’linganligi;
b) xalqdan ajralgan maxsus ijtimoiy hokimiyatning
mavjudligi;
v)soliqlar.
Davlat o’zining muhofaza qiluvchi tashqilotlariga (sud, proko’ratura, militsiya, armiya kabi) ega bo’lib, o’zining ichki va tashqi siyosatini yurgizadi.
Davlatni boshqarish shakllari: monarxiya, demokratiya, aristokratiya, respublika.
Monarxiya (mutloq, cheklangan, konstitutsion).
Respublika (prezidentlik, parlamentar respublika).
O’zbekistonda milliy davlatchilik shakllantirildi. Davlat hayotining yangi demokratiq huquqiy asoslari yaratildi. "Davlat tushunchasi, uning ma’no-mohiyati tubdan o’zgardi. U islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi" (I.A.Karimov).
O’zbekiston, o’zbek xalqining tarixiy vazifasi-ijtimoiy yo’nalishdagi bozor iqtisodiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining V bo’limi «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi»da, jumladan, Oliy Majlisi funktsiyalari, Prezident - davlat boshlig’i, Vazirlar Mahkamasi Davlatning ijro etuvchi hokimiyat, Vazirlik va Davlat ko’mitalari boshqaruvning markaziy organlari, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlari sifatidagi vazifalari belgilab berilgandir.
Davlat organlari tizimi: davlat boshlig’i bo’lgan Prezident (Prezidentlik instituti), qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlisi), ijro etuvchi hokimiyat (Vazirlar Mahkamasi).
Vakillik hokimiyati organlari: oliy organ - Oliy Majlisi, mahalliy organ-xalq noiblari viloyat, tuman, shahar kengashlari; qishloq, ovul, mahalla aholisi yig’inlari.
Oliy va mahalliy vakillik hokimiyat organlari xalq irodasini ifodalaydi, unga umumiy majburiy tus beradi. Davlat organlari tizimidagi vaqillik hokimiyat organlari etakchi ahamiyatga ega, chunki ular davlat hayotining barcha masalalarini hal qiladi.
Hozirda ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi avvalgi rejalash - taqsimotlash vazifalaridan holi bo’lib, iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish va tartibga solish rolini bajarmoqda. Bu jarayon ayniqsa Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni izchillik bilan amalga yorqin namoyon bo’lmoqda.
Ko’rinadiki, mustaqillik yillarida davlatning ma’no-mohiyati tubdan o’zgardi. Davlat jamiyatni yangilashning eng faol kuchiga aylangani holda, islohotlarning bosh tashabbuskori va yo’naltiruvchisi, ijtimoiy hayotdagi yangi g’oyalarning asosiy amalga oshiruvchisi bo’lib qoldi.
Davlat hayotining yangi demokratik huquqiy asoslari yaratildi va takomillashtirilmoqda.
Harakatlar strategiyasida “Xalq Davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga hizmat qilishi kerak” degan tamoyil davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylangani albatta bejiz emas (O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. “Yoshlar ovozi” gaz-si, 2017 yil 1-sentabr).

Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish