O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan



Download 6,3 Mb.
bet21/244
Sana23.06.2022
Hajmi6,3 Mb.
#697086
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   244
Bog'liq
2 5215596452180399442

Ayrimlik. YAkkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi hisoblanadi. Ayrimlik tushunchasi zikr etilgan kategoriyalar mazmunini ochib beruvchi asosiy tushunchadir. Ayrimlik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya’ni borliqning nisbatan mustaqil, sifat jihatidan muayyan parchasi. U xossalar to’plamiga ega.
Umumiylik.. Ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan o’xshashligini belgilovchi xossalar umumiylik kategoriyasi bilan ifodalanadi. YAkkalik – faqat mazkur obyektga xos bo’lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya. YAkkalik ayrim narsalar nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi.
Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq predmet, yakkalik tushunchasida esa – bitta predmet tushuniladi. Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – atoqli ot bilan ifodalanadi. Falsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o’xshashligi va farqlarini belgilovchi xossalardir.
Umumiylik va yakkalikning birligi o’ziga xosdir, chunki ularning har bir obyektdagi ko’rinishi, uyg’unligi, birining ikkinchisidan ustunligi betakrordir. SHu sababli har bir ayrim hodisa, narsa – xususiydir.
Xususan, «yakkalik» kategoriyasi narsada, hodisada faqat shu narsaga, hodisaga xos bo’lgan jihatni aks ettiradi. «Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar o’rtasida muayyan sifat jihati doirasida amalda mavjud bo’lgan ayniylikdir. YAkkalik ham, umumiylik ham mustaqil mavjud bo’lmaydi. Ayrim narsalar, hodisalar, jarayonlar mustaqil mavjud bo’ladi. Umumiylik ham, yakkalik ham faqat ayrim narsa yoki hodisadagina mavjuddir. Har qanday ayrim narsa yoki hodisa qarama-qarshiliklar birligi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida u ham yakkalik, ham umumiylikdir. Har qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi, elementi hisoblanadi, chunki u ayrim narsa yoki hodisani to’liq emas, balki bir yoqlama – narsalarda mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. YAkkalik o’z mohiyatiga ko’ra mavhum hisoblangan umumiylikdan boyroqdir. Ammo umumiylik narsaning mazmuni, mohiyatini chuqurroq yoritadi.
Xususiylik. «Xususiylik» yakkalik va umumiylik o’rtasidagi oraliq kategoriya hisoblanadi. Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo’lgan va umumiyga nisbatan yakka bo’lgan narsa yoki hodisa. YAkkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari bilish jarayonida uning tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o’ynaydi.

Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish