Foydalanilganadabiyotlarro`yxati.
1.ШермуҳаммедоваН. Фалсафавафанметодологияси. Т., 2005
2.ТуленовЖ, Валиева С. “Илмий тадқиқот методологияси”. Т., 2020
ШермухаммедоваН. «Философияиметодологиянауки» Т., 2003й
3. Саифназаров И. Методология научного творчества. Т., 2004й
4. З.Давронов. Илмий ижод метологияси .Т., 2006й
5.Саифназаров И, Қосимов В, Никитченко Г.“Фаннинг фалсафий масалалари”. Т., 2006й
6.В.П.Кохановский. Философия и методология науки- Москва, 1999 йил
3- MAVZU: MAGISTRLIK DISSERTASIYASI ILMIY TADQIQOT TURI SIFATIDA.
Magistrlik dissertasiyasi va uning belgilari.
Mavzuni tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash. Ilmiy rahbarning majburiyatlari.
Magistratura talabasining magistrlik dissertasiyasi ustida ishlashi.
“Magistr” - (lotincha, magister) mohiyatan “o‘z ishining ustasi” ma’nosini anglatadi2. Qadimgi Rimda magistr yuqori lavozimli shaxs bo‘lsa, Vizantiyada esa, magistr oliy tabaqadagi xizmatchilarning eng yuqori darajasi hisoblangan. Keyingi davrlarda “magistr” tushunchasi, masalan, Evropa universitetlari falsafa fakultetlarida, ilmiy daraja sifatida qo‘llanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistr bakalavr darajasidan keyingi oliy ta’lim bosqichi hisoblanadi. Xususan, magistr akademik darajasiga ega bo‘lgan shaxs sifatida ilmiy-tadqiqot uslubiyoti, ilmiy axborotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni biladigan, chuqur bilimli, iqtidorli, raqobatbardosh darajadagi kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lgan mutaxassisdir.
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida talaba: ilmiy zlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni ko‘ra olishi va ularni echishning umumiy usullari va yo‘llarini o‘rganishi;
o‘quv-tadqiqot davomida olingan axborotlarni matn, jadval yoki tasvirlar (chizma, rasm) shaklida mujassamlantira olishi;
tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslashi;
soha bo‘yicha echilayotgan ilmiy masala-muammolarni tahlil qilishi;
qo‘yilgan masalani echish uslublarini ko‘rib chiqishi va eng samara-lisini aniqlashi;
eng samarali muqobil echimni ilmiy jihatdan asoslab berishi;
ilmiy masala echimining natijalari bo‘yicha xulosa va takliflarni shakllantirishi hamda iqtisodiyotning tegishli tarmoq va sohalarida qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashi lozim.
1.2. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bosqichlari
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish bosqichlari va bajarish muddatlari “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da aniq belgilab qo‘yilgan. Mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan magistrlar tayyorlashni tashkil etish sxemasining V-VI va VIII bosqichlarida3 magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan talablar va uni tayyorlash quyidagilardan iborat:
magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash (birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyi davomida);
magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash (magistratura talabasining kalendar ish rejasi bo‘yicha);
magistrlik dissertatsiyasining dastlabki va rasmiy himoyasi (jadval asosida) mantiqiy ketma-ketlikda amalga oshirilishi qat’iy belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |